Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. Lirik janrlarning sof milliy turlari bo‘ladimi?
2. Tuyuq janri shakllanishi, tadriji haqida nimalar bilasiz?
3. Tuyuq janrining asosiy adabiy-badiiy shartlari nimalardan iborat?
4. Tuyuqda ta’sirchanlikni oshiradigan, kishiga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydigan 
asosiy badiiy vosita nima?
5. O‘zingiz mustaqil o‘qigan tuyuqlardagi tajnislar qo‘llash mahoratini tahlil 
qiling.
6. Tajnis va omonimning bir-biriga aloqador va farqli jihatlari nimalardan 
iborat? 
7. Tajnisning tuyuq janri uchun ahamiyatini tushuntiring. 


98
ALISHER NAVOIY
(1441 – 1501)
Muhtaram o‘quvchi! Oldingi sin

arda 
siz buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri, 
o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Na-
voiy tarjimayi holi, u yozgan o‘lmas asar-
lar, ulardan ba’zilarining mazmun-mohiyati
badiiy jozibasi bilan atro

icha tanishgan 
edingiz.
Yaxshi bilasizki, Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda temuriy-
lar hukmronligida bo‘lgan Xuroson davlatining poytaxti Hi-
rot shahrida saroy amirlaridan bo‘lmish G‘iyosiddin Kichkina 
xonadonida tavallud topdi. Kichik yoshidan ta’lim olib, mak-
tabda o‘qib yurgan kezlari forsiy tildagi tasavvu

y adabiyotning 
asoschilaridan biri hisoblanmish Farididdin Attorning mashhur 
«Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») dostonini sevib, berilib o‘qidi. 
Ota-onasi mazkur asarga yoshlayin bu qadar mashg‘ul bo‘lib 
ketganidan qo‘rqib, kitobni undan olib, yashirishdi. «
Biroq
, – 
deydi oltmish yoshlarida shu dostonga javob tariqasida yozgan 
«Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida shoir, –
men «Mantiq ut-
tayr» matnini to‘liq yodlab olgan edim...
»
Siyosiy vaziyatlar taqozosi bilan Navoiylar oilasi Mashhad 
shah riga ko‘chib, bir necha yil o‘sha yerda yashaganidan ham 
xabardorsiz.
1466–1469-yillari yosh shoir Samarqand shahridagi mad-
rasalarda ta’lim oldi. Davlat ishlarida xizmatda ham bo‘ldi, 
faol ijod ham qildi. 1469-yilning bahorida do‘sti temuriyzoda 
Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaganidan so‘ng shoirni yo-
niga chaqirdi.
Ulug‘ qalam sohibi bir necha yil Husayn Boyqaro saroyida 
oliy martabali lavozimlarda xizmatda bo‘ldi. U buyuk amallardan 
iste’foga chiqib, erkin ijodiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan kez-
larida ham ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan chetlashgan emas. Unga 
Husayn Boyqaro «Muqarrabi shohiy», ya’ni shohning eng yaqin 


99
kishisi martabasini bergan edi. Bu shara

i martabaning hukmdor 
oldidagi imtiyozi shu ediki, u podshohga bir masala yuzasidan 
ketma-ket yetti martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi.
1483–1485-yillari shoirning eng buyuk asari – besh doston-
dan iborat «Xamsa» yaratildi.
Umrining so‘nggi o‘n yili mobaynida ham Navoiy juda ko‘p 
badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar bunyod etdi.
Bu ulug‘ zot 1501-yilning 3-yanvari kuni Hirotda vafot etdi. 
O‘sha kuni butun mamlakat motam tutdi. Qabri – Hirot da. 
O‘zbekiston hukumati bobokalon shoirimiz qabrini obod qi lish 
rejasini tuzyapti. 1991-yilning 26-sentabr kuni mamlakatimiz 
poytaxtidagi O‘zbekiston milliy bog‘ida Alisher Navoiy ning 
ulug‘vor haykali qad rostladi. Xalqimiz vakillari, dunyoning 
turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlar shoir haykali poyiga 
guldasta-yu gulchambarlar qo‘yadi. Haykal ustida bino qilingan 
baland toq girdiga uning bir g‘azalidan olingan:
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, 
Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish, –
degan misralari yozib qo‘yilgan. U butun bashariyatga qarata 
aytilgan shior yanglig‘ jaranglaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur to‘g‘ri ta’kidlaganidek, tarixda 
hech kim turkiy tilda Navoiychalik «
ko‘p va xo‘b (yaxshi)
» 
asarlar yozgan emas.
Shoir butun turkiy adabiyotda eng katta lirik merosga ega 
qalamkash hisoblanadi.
Keyingi yillarda Tokio, Moskva va Boku shaharlarida ulug‘ 
o‘zbek shoiri haykali qad rostladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 
«Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida Alisher Navoiy 
haqida shunday deyilgan: 
«Agar bu zotni avliyo desak, u avli-
yolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafak-
kiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir»
.


100

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə