|
![](/i/favi32.png) Adabiyot 8 (1-qism) new inddAdabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)Nazariy ma’lumot
IRSOLI MASAL
Gapda yoki she’rda xalq og‘zaki ijodida mashhur bo‘lib ket-
gan biror maqol, matal, ibora yoxud hikmatli so‘z keltirib, nutq
ta’sirchanligini oshirish usuliga
irsoli masal san’ati
deyiladi.
Bu yerdagi
irsol – keltirish, masal – misol, tamsil, maqol,
matal, ibora
ma’nolarini anglatadi. Eski o‘zbek tilida maqol,
matal va iboralar
masal
yoki
zarb ul-masal
deyilgan. Hozirgi
tilshunosligimizda maqol, matal va iboralar
frazeologizmlar
deb
yuritiladi.
Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi
namunalarida ham uchraydi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u
bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida bu
ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz.
Xususan, Mavlono Lut
y she’riyatida irsoli masal juda ko‘p
uchraydi. Shunga ko‘ra,
irsoli masal qo‘llash – shoir ijodiyoti-
ning yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri,
deyish mumkin.
Irsoli masalda muallif o‘z
kr-mulohazasini tap-tayyor maqol,
matal, ibora yo hikmatli so‘z orqali quvvatlab oladi, shu tariqa
o‘quvchini ishontirishni kuchaytiradi, ifoda ta’sirchanligini oshi-
radi.
Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’ati-
ning eng yorqin namunalari mavjud. Qalam ahli, xususan,
shoirlarimiz tilning shunday zo‘r imkoniyatidan mumkin qadar
ustalik bilan foydalanishga harakat qilishgan.
Ayni jihatdan Mavlono Lut
y ijodi o‘zigacha bo‘lgan davr
shoirlari ichida alohida ajralib turadi. Bu qalam sohibi merosida
shunday g‘azallar ham borki, ular boshdan-oxir badiiy-uslubiy
tarafdan tamoman ana shu irsoli masal san’ati asosiga quriladi.
«Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» g‘azali xuddi shunday
asarlar sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh baytning bari aynan
ana shu san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo‘shmisralarning ham-
masida maqol ikkinchi satrda kelgan. Amalda u birinchi qator-
dagi
krning tasdig‘i yanglig‘ qog‘ozga tushgan. Shu tariqa
shoir
krini ikki karra mustahkamlagandek bo‘ladi.
|
|
|