Adabiyot nazariyasi fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari Reja


Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari



Yüklə 308,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.01.2023
ölçüsü308,07 Kb.
#98894
1   2   3   4
1-maruza (7)

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: 


Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot – so‘z san’ati haqidagi fandir. Badiiy 
adabiyotning muhim xususiyatlarini rus tanqidchisi I.Belinskiy “Adabiyot so‘zining 
umumiy ma’nosi” asarida ko‘rsatib o‘tadi. Uningcha, adabiyotning eng muhim va 
umumiy xususiyati 3 tadir:
1.
Adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, ya’ni adabiyot boy va 
kambag‘alga, erkak va ayollarga, yoshu-qariga, demak irqi, millati, dinidan qat’iy 
nazar hammaga birdek xizmat qiladi.
2.
Adabiyot ma’lum shaxslar, talant egalari tomonidan yaratiladi. Shu nuqtai 
nazardan yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodi bir-biridan farqlanadi. Og‘zaki 
ijodning bunyodkori xalq bo‘lsa, yozma adabiyot ma’lum bir shaxslar tomonidan 
yaratiladi.
3.
Adabiyotning badiiyligidir, ya’ni unda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. 
So‘z vositasida inson qalbi kashf etiladi, u orqali hayot jonli qilib, boyitib ta’sirli 
qilib tasvirlanadi.
“Adabiyotshunoslik” so‘zi kelib chiqish jihatdan “adabiyot” so‘ziga tojikcha 
“shinos” (yaxshi bilish, tayin etish) fe’li va o‘zbekcha lik qo‘shimchasini 
qo‘shilishidan paydo bo‘lgan. “Shinos” fe’li o‘zbek tili taqozosiga ko‘ra, “shunos” 
shaklini 
olgan. 
“Adabiyotshunoslik” 
atamasiga 
Qisqacha 
Adabiyot 
ensiklopediyasida shunday ta’rif berilgan: Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotni 
uning mohiyatini, kelib chiqishini va ijtimoiy aloqalarini har taraflama o‘rganuvchi 
fandir; so‘z orqali badiiy fikrlashning negizi, zamini, tuzilishi, tarixiy-adabiy 
jarayonning lokal (ma’lum joy, davrga oid) va umumiy qonuniyatlari haqidagi 
bilimlar jamidir”.
Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” fan sifatida” nomli maqolasida 
adabiyotshunoslik haqida shunday deydi: 
1.
Adabiyotshunoslikning diqqat markazida dastavval adabiyotning eng 
yaxshi namunalari, ya’ni klassik asarlar va klassik yozuvchilar ijodi turadi. Ana 
shunday asarlar va yozuvchilar ijodi tahlili jarayonida badiiy adabiyotning 
qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari kashf etiladi.



Yüklə 308,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə