Adabiyot nazariyasi fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 308,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.01.2023
ölçüsü308,07 Kb.
#98894
1   2   3   4
1-maruza (7)

2.
Adabiyotshunoslik tarixiy-adabiy jarayon – adabiyotning ma’sum bir 
davrda rivojlanish haroiti va yo‘llarini o‘rganadi, qonuniyatlarini ochadi.
3.
Adabiyotshunoslik adabiyotni yaratuvchilarning o‘zlarining adabiyot va 
tarixiy –adabiy jarayon haqida aytgan fikrlari ham hisobga oladi, ularga tayanadi. 
Demak, adabiy klassika, buyuk yozuvchilarning adabiyot haqidagi fikrlari, tarixiy-
adabiy jarayon va uning hamma arboblari faoliyati, ijodiy mahsuloti – 
adabiyotshunoslikning ob’ektidir.
Fanning tuzilishi, mazmuni va vazifalari 
Adabiyotshunoslikning asosiy vazifasi biridan, adabiy jarayonni, adabiyot 
taraqqiyoti 
an’analari, 
qonuniyatlari- 
chuqur 
o‘rganishdan 
iborat. 
Adabiyotshunoslik badiiy adabiyoti zamon talablari asosida tinimsiz rivojlanib 
borishga va xalqqa xizmat qilishga da’vat etadi. Ikkinchidan, adabiyotshunoslik 
kitobxonning estetik didini shakllantirishga, uni nazariy jihatdan qurollantirishga 
xizmat qilishi kerak”.
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari ikkiga bo‘linadi: 
I. Adabiyotshunoslikning asosiy sohalari:
1. Adabiyot nazariyasi – so‘z san’atining mohiyati, sotsial tabiati, taraqqiyot 
qonuniyatlari, kishilik jamiyati rivojidagi o‘rni va rolini, o‘ziga xos xususiyatlarini 
tahlil qiladi.
2. Adabiyot tarixi – so‘z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishini tadqiq 
etadi. Kishilik jamiyatining rivojida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini 
belgilaydi. Adabiyot tarixi adabiyot nazariyasi qoidalariga suyanib ish ko‘radi va, 
ayni chog‘da, uni yangi ilmiy xulosalar bilan boyitadi.
3. Adabiy tanqid – har bir davrning adabiy hodisalari, yozuvchilari ijodi 
haqida o‘z vaqtida muhokama yurgizadi, ularni badiiy adabiyotning vazifalari va o‘z 
zamonasining ijtimoiy talablari nuqtai nazaridan tahlil etadi, baholaydi.
II. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari:
1. Adabiyotshunoslik istoriografiyasi – adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va 
adabiy tanqidning barcha davrlardagi tarixiy taraqqiyotiga oid materiallar majmui, 


ularning umumlashmasi. Istoriografiya adabiyotshunoslik fanlari erishgan 
yutuqlarni umumlashtirish yo‘li bilan uning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2. Matnshunoslik – tadqiq etish, harhlash, ommabop yoki akademik nashrga 
tayyorlash maqsadida adabiyot va folklor asarlarini o‘rganish, ularning yaratilishi 
tarixini aniqlash, aslga yaqinroq matnini tiklash ishlari bilan shug‘ullanadi. 
Matnshunoslik badiiy asarning u yoki bu nusxasi yoxud nashri nechog‘li 
mukammal, nomukammalligi bilan shug‘ullanadi.
3. Adabiyot bibliografiyasi – badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid 
asarlar ko‘rsatkichi matnlar, maqolalar, materiallar va manbalarni aniqlaydi, tadqiq 
etilayotgan mavzuning ishlanish tarixini kuzatib borishga yordam beradi.
Bibliografiyaning ikki tipi mavjud:
A) ilmiy tadqiqot ishlariga yordam beradigan bibliografiya
B) o‘qish uchun tavsiya qilinadigan asarlar bibliografiyasi. 

Yüklə 308,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə