Adabiyot nazariyasi fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 308,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.01.2023
ölçüsü308,07 Kb.
#98894
  1   2   3   4
1-maruza (7)



Adabiyot nazariyasi fanining obyekti, predmeti, 
maqsad va vazifalari 
Reja: 
 
1. Adabiyotshunoslik asoslari fanining ob’ekti va vazifalari.
2. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari:
3. Fanning tuzilishi, mazmuni va vazifalari 

Adabiyotshunoslik asoslari fanining ob’ekti va vazifalari.
 
Adabiyot atamasi arabcha “adab” so‘zining ko‘plik shaklidir. U keng va tor 
ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda ishlatilganda kitoblar, risolalar, maqolalar
umuman, ko‘pchilikning o‘qishi uchun mo‘ljallangan nashrlar tushuniladi. Bunday 
adabiyotlar turli sohalarga bo‘linadi va turlicha nomlar bilan yuritiladi: “Qishloq 
xo‘jaligi adabiyoti”, “Texnika adabiyoti”, “Meditsina adabiyoti”, “Badiiy adabiyot” 
singari. Adabiyot atamasi tor ma’noda qo‘llanganda faqat badiiy adabiyotlar 
(romanlar, qissalar, hikoyalar, she’rlar, balladalar, dramalar, qasidalar) tushuniladi. 
Maxsus, tor va profetsional ma’nodagi “adabiyot” atamasi o‘zbek adabiy 
tiliga XX asrning boshlarida kirib kelgan. O‘tmishda badiiy adabiyot bilan birga 
ilmiy, tarixiy, axloqiy kitoblar ham adabiyot atamasi tushunchasi ham doirasiga 
kiritilgan. O‘rta asrlarda shunday asarlar ham yaratilganki, ulardan so‘z san’ati ilm-
fan, odob-axloq masalalari bilan qorishib ketgan (“Qobusnoma”, “Qutadg‘u bilig”, 
“Boburnoma” singari). Bundan tashqari sof badiiy asarlar ham “adabiyot” atamasi 
tushunchasi doirasiga kiritilgan. She’riy asarlar “nazm”, “manzuma”, “abyot”, 
“she’r” atamalari bilan nasriy asarlar “nasr” nomi bilan yuritilgan. She’riy 
to‘plamlar uchun “devon”, “bayoz” singari atamalar qo‘llanilsa-da, umumiy maxsus 
atama ishlatilmagan. XX asr boshlarida Hamza, Abdulla Avloniy va boshqalar 
o‘zlarining badiiy asarlarini “adabiyot” deb atay boshlaganlar. XX asrning 20-
yillariga kelib, badiiy asarlarga nisbatan “adabiyot” atamasini qo‘llash odat tusiga 
kirgan.

Yüklə 308,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə