Adsorbtsiya



Yüklə 332,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix23.09.2023
ölçüsü332,38 Kb.
#123052
  1   2   3   4   5   6   7
Adsorbtsiya



 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
 
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
TABIIY FANLAR VA GEOGRAFIYA FAKULTETI
KIMYO YO`NALISHI
402-GURUH TALABASI ABDURAZZOQOVA NARGIZANING 
KALLOID KIMYO
FANIDAN YOZGAN
 
 
 
Mavzu: 
ADSORBSIYA
Topshirdi:
 
 
Abdurazzoqova. N. 
Qabul qildi:
 
 
Abdullayev. N
 
 
 
 



 
Reja: 
1. Adsorbilanish xaqidagi umumiy tushunchalar.
2. Adsorbtsion muvozanat. Adsorbtsiya issiqligi 
3. Qattiq jims sirtidagi adsorbilanish.
4. Freyndlix tenglamasi.
5. Lengmyurning monomolekulyar adsorbtsiya nazariyasi.
6. Adsorbentlar va ularning tavsifi. 



Ma`lumki, kolloid sistemalarning barcha xossalarini geterogenlik va disperslik yoki bu ikki 
asosiy belgilarning oqibatlari deb, qarash mumkin. CHunki, dispers sistemalarning geterogenligi 
yoki ko`p fazalik belgisi kolloid kimyoda fazalararo sirtlar, sirt qavatlar, ya`ni sirt xodisalar 
mavjudligini ta`minlovchi belgi sifatida namoyon bo`ladi. SHunga ko`ra kolloid kimyoda sirtda 
sodir bo`ladigan jarayonlarni o`rganish eng muxim vazifa deb qaraladi. Sirt xodisalarning eng 
muximlaridan biri adsorbtsiya jarayoni bo`lib, xatto dispers sistemalarning xosil bo`lishi ham shu 
jarayonlar bilan chambarchas bog’liqdir.
Barcha dispers sistemalarda, dispers faza zarrachalari sirtida katta sirt energiya zapasi 
bo`ladi. Bu sirt energiya doim kamayishga intiladi, shuning uchun ham kolloid sistemalari 
beqarordir. Sirt energiyasini kamayishga olib keluvchi jarayonlardan biri suyuqlik yoki qattiq jism 
sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari va ionlarining yig’ilish xodisasidir.
Ikki faza chegara sirtida moddalarning kontsentratsiyalarini o`zgarishini adsorbtsiya 
deyiladi. Adsorbtsiya jarayonida qattiq yoki suyuq jism sirtida boshqa moddalar yig’iladi. O`z 
sirtiga boshqa modda zarrachalarini yutgan suyuqlik yoki qattiq jism adsorbent, yutilgan moddalar 
esa adsorbtiv deyiladi. Umuman qattiq jismga moddalarning yutilishi sorbtsiya deyiladi.
Agar modda qattiq jism sirtiga yutilsa, bu xodisa adsorbtsiya (yoki o`zaro kimyoviy ta`sir 
ro`y bermasa, fizikaviy adsorbtsiya deb), uning ichki qismiga (butun xajmi bo`yicha) yutilganda esa 
absorbtsiya deyiladi. Agar modda geterogen sistemada bo`ladigan kimyoviy reaktsiya tufayli 
yutilsa, bu xodisa xemosorbtsiya deyiladi. Xemosorbtsiya jarayonida yangi faza vujudga keladi. 
Xemosorbtsiya ko`pincha qattiq jismning hamma xajmiga tarqaladi. Natron oxak bilan sul’fat 
angidridi orasidagi xemosorbtsiya bunga misol bo`la oladi. Xemosorbtsiya odatda qaytmas jarayon 
jumlasiga kiradi. Bu xolda adsorbtsiyaning issiqlik effekti kimyoviy birikmalarning xosil bo`lishi 
issiqliklariga yaqin keladi.
Fizik adsorbilanishda quyidagi xollar kuzatiladi: 
1) Adsorbtsiya deyarli katta tezlik bilan boradi.
2) Adsorbtsiya qaytar tarzda boradi.
3) Temperatura oshganda adsorbilanish kamayadi.
4) Adsorbtsiyaning issiqlik effekti, qiymat jixatdan suyuqlanish yoki bug’lanish 
issiqliklariga yaqin bo`ladi.
Ba`zan o`z kritik temperaturasidan past temperaturada gaz sorbtsiya vaqtida qattiq jism 
g’ovaklarida kondensatlanib, suyuqlikka o`tadi. Bu xodisani kapillyar kondensatlanish deyiladi. 
Adsorbilanuvchi modda bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo`lishi mumkin. SHunga ko`ra 
adsorbilanish monomolekullyar yoki polimolekulyar deb nomlanadi.
Adsorbtsiya xodisasi qattiq jism bilan suyuq jism o`rtasida, qattiq jism bilan gaz o`rtasida, 
suyuqlik bilan gaz o`rtasida va bir-birida kam eriydigan ikki suyuqlik o`rtasida sodir bo`lishi 
mumkin.



Adsorbent va adsorbtiv orasida ta`sir fizikaviy adsorbtsiya jarayonida adsorbtsion kuchlar 
natijasida vujudga kelishi mumkin:
a) dispersion kuchlar 
b) induktsion kuchlar 
v) elektrostatik kuchlar va vodorod bog’lar natijasida vujudga keluvchi kuchlar.
Umuman adsorbtsiya jarayoni yutuvchi va yutiluvchi moddalarning tabiatiga, 
temperaturaga, gazning bosimiga, adsorbentning solishtirma sirtiga bog’liq bulish bilan birga 
adsorbtivning eritmadagi kontsentratsiyasiga ham bog’liq.
Fizik adsorbilanish izotermasi ham monomolekulyar, ham polimolekulyar bo`ladi. 
Kimyoviy adsorbilanish izotermasi esa monomolekulyar bo`ladi. Adsorbilanish qiymati 
adsorbilanuvchi moddaning sirtidagi kontsentratsiyani o`zgarishi bilan aniqlanadi va G-xarfi bilan 
belgilanadi. G-1 sm
2
adsorbent sirtiga to`g’ri keladigan adsorbtivning mol’ miqdori bilan 
xarakterlanadi. Adsorbtsion muvozanat xolatida gaz fazadagi moddani kontsentratsiyasi muvozanat 
kontsentratsiyasi deyiladi.
Eritmadagi erigan moddaning adsorbilanishini aniqlash uchun 
quyidagi formuladan foydalaniladi.
n(N
0
-N) 
G

------------- 
mS
sol
bu erda G-adsorbtsiya, n-eritmadagi moddaning umumiy mol’ soni, No-moddaning eritmadagi 
adsorbilanishga qadar mol’ qismi, N-adsorbilanishdan keyingi mol’ qismi, m-adsorbent massasi.
Gaz va suyuqliklarning qattiq jismga adsorbilanishini o`lchash uchun adsorbentni tajribadan 
avval va keyin bevosita tortiladi, So`ngra adsorbtsiya xisoblab topiladi.
Adsorbtsiyaning ikkinchi tavsifi adsorbtsiya vaqti bilan belgilanadi. Adsorbilangan 
molekulani adsorbent sirtida turish vaqtini adsorbtsiya vaqti deyiladi. Agar molekula bilan sirt 
orasida xech qanday tortishish kuchlari mavjud bo`lmasa, bu vaqtda molekulaning tebranish davri, 
ya`ni 10
-12
- 10
-13
sekund chamasida bo`ladi, vaqt to bilan belgilanadi. Agar molekula sirt orasida 
tortishish kuchlar mavjud bo`lsa, molekula sirtida tutib turgan kuchni engish uchun zaruriy energiya 
olingandagina molekula sirtdan ajralib ketadi. Molekula bu energiyani issiqlik xarakatining 
flyuktuatsiyasi tufayli olish mumkin. 1924 yilda S. YA. Frenkel’ adsorbilanish vaqti bilan 
temperatura orasidagi bog’lanish uchun tenglama taklif qildi: 
t

 t
0
.
 
e
Q/RT
 
Adsorbtsiya vaqti Frenkel’ tenglamasiga muvofiq o`zgaradi. Bu erda Q-molekula bilan 
sirt orasidagi o`zaro ta`sir energiyasi (adsorbtsiyaning molyar issiqligi); to=10
13
-10
12
sek, ya`ni 
molekula bilan sirt orasida xech qanday tortishish kuchlari mavjud bo`lmagan vaqtidagi 
adsorbtsiya.



Adsorbtsiya xodisasiga oid dastlabki ishlar XVIII asrning ikkinchi yarmida boshlangan. 
1973 yilda SHele ko`mirni, xar xil gazlarni yutishini kuzatgan. So`ngra 1785 yilda T. E. Lovits 
suvli eritmalarni turli qo`shimchalardan tozalashda ko`mirdan foydalangan. Adsorbtsiya xodisasi 
faqat ko`mirda kuzatilmay balki, boshqa g’ovak moddalarda ham kuzatiladi. Adsorbtsiya xodisasi 
turmushda juda keng qo`llaniladi. Bo`yash jarayoni tabiiy oqava suvlarini, soklarni, yog’larni 
tozalash jarayonlari, hamda getrogen katalizator ham adsorbtsiya xodisasi bilan bog’liqdir.

Yüklə 332,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə