Adsorbtsiya



Yüklə 332,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix23.09.2023
ölçüsü332,38 Kb.
#123052
1   2   3   4   5   6   7
Adsorbtsiya

4. Freyndlix tenglamasi. 
O`zgarmas temperaturada qattiq adsorbent sirtiga yutilgan gaz yoki erigan modda miqdori 
bilan adsorbent og’irligi orasidagi bog’lanishni xarakterlashda ko`pincha, tajribada ma`lum 
kontsentratsiya oralig’ida aniq natijalar beruvchi Freyndlix empirik tenglamasi qo`llaniladi.
n
KC
m
X
1

Bu erda, X-yutilgan moddaning gramm xisobidagi massasi yoki yutilgan moddaning mol’ 
miqdori;
m-adsorbentning gramm xisobida olingan massasi;
S-eritmaning adsorbtsion muvozanat kontsentratsiyasi; 



K va n - tajribadan topiladigan o`zgarmas qiymatlar;
K- adsorbilanuvchi modda tabiatiga bog’liq.
Agar S=1 va m=1 bo`lsa K=x bo`ladi. N ning qiymati 1,5-5,0 oralig’ida bo`ladi.
Masalan, sirka kislotasi uchun K=2,99, n=1,92 qiymatlarga teng. Agar abtsisalar o`qiga eritmaning 
kontsentratsiya qiymatlari, ordinatalar o`qiga tajribada topilgan solishtirma adsorbtsiya qiymatlari 
qo`yilsa, adsorbtsiya izotermasining grafigi xosil bo`ladi (14-rasm).
Grafikdan ko`rinib turibdiki, ya`ni eritmaning past kontsentratsiyasida adsorbtsiya tez ortib, 
kontsentratsiya ortgan sari sekinlashib boradi, nixoyat ma`lum bir kontsentratsiyadan keyin
kontsentratsiya ortsa ham adsorbilanish qiymati o`zgarmay qolar ekan.
Freyndlix tenglamasi asosida adsorbtsiyani xisoblashdan avval formuladagi K va n 
doimiyliklarining son qiymatlarini topish kerak.
K va n larning qiymatlarini topishda grafik usuldan foydalaniladi. Buning uchun Freyndlix 
tenglamasini logarifmik shaklda yozilsa, lg x/m va lgC o`zgaruvchilariga nisbatan to`g’ri chiziq 
tenglamasini xosil qilamiz.
 lgx/m=lgk+1/n·gS 
Bundan abtsissalar o`qiga tajribada topilgan LgC va ordinatalar o`qiga lgx/m qiymatlarini 
qo`yib, to`g’ri chiziqda yotuvchi Nuqtalar olinadi. Nuqtalar birlashtirilib to`g’ri chiziq xosil 
qilinadi.
OA
=
lnk 
tg

=
1/n(ctg

=
n) 
 
 
 
14-rasm. Adsorbsiya izotermasi



10 
Grafikdagi OA chiziq oralig’i lg K ning qiymatiga to`g’ri keladi. 
Grafikdan lg K topilgandan sung "K" ni topish mumkin. Grafikdagi a burchakning tangensi 
1/n (ctgaqn) qiymatiga teng bo`ladi.
SHunday qilib, bir necha kontsentratsiyalarda x/m ni aniqlab lg x/m va lg C ning grafigidan 
K va n qiymatlarini topiladi.
Freyndlix tenglamasi o`rtacha kontsentratsiyalar uchun to`g’ri keladi, lekin kichik va katta 
kontsentratsiyalar, shuningdek katta bosim uchun to`g’ri natijalar bermaydi.

Yüklə 332,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə