Adsorbtsiya


Adsorbtsion muvozanat. Adsorbtsiya issiqligi



Yüklə 332,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix23.09.2023
ölçüsü332,38 Kb.
#123052
1   2   3   4   5   6   7
Adsorbtsiya

2. Adsorbtsion muvozanat. Adsorbtsiya issiqligi. 
Adsorbtsion muvozanat.
Adsorbtsiya xodisasi ham xuddi suyuqlikning bug’lanishi, 
moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir. Bu erda bir-biriga qarama -qarshi ikki jarayon 
bo`ladi: 
biri moddaning yutilishi bo`lsa, ikkinchisi yutilgan moddaning adsorbent sirtidan chiqib ketishidir. 
Adsorbtsiya xodisasida ham yutilish jarayoni avval tez boradi, So`ngra yutilish va ajralib chiqish 
jarayonlari tenglashib sistema adsorbtsion muvozanat xoliga keladi. Adsorbtsion muvozanat juda 
tez qaror topadi. Agar muvozanat uzoq vaqt davomida qaror topmasa, adsorbtsiya boshqa xil 
jarayonlar bilan dinamik murakablashgan deyish mumkin.
Adsorbtsion muvozanat ham dinamik muvozanatdir. Adsorbtsion muvozanat xolati 
temperatura o`zgarganda o`zgaradi.
Adsorbtsiya jarayoni issiqlik chiqarishi bilan boradi. Adsorbtsiya jarayonida ajralib chiqqan 
issiqlikni adsorbtsiya issiqligi deyiladi. Adsorbtsion muvozanatning siljishi ham Le-SHatel’e 
printsipiga bo`ysunganligi uchun temperatura ko`tarilganida muvozanat, modda kam yutiladigan 
tomonga qarab siljiydi. Desorbtsiya jarayoni aksincha, issiqlik yutilishi bilan boradi. SHu sababli 
temperaturani oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani ko`proq qaytadan chiqarish mumkin. 
Agar adsorbent bilan absorbtiv o`rtasida kimyoviy reaktsiya sodir bo`lsa, adsorbtsion muvozanat 
qaror topmaydi. Bu xolda adsorbtsiya qaytmas jarayon xarakteriga ega bo`ladi.
Adsorbtsion muvozanatni tez yoki sekin qaror topishi adsorbent yuzasining g’ovakli yoki 
g’ovaksiz bo`lishiga bog’liqdir. g’ovaklar katta bo`lsa, adsorbtsion muvozanat tez, kichik bo`lsa 
sekin qaror topadi. Buni quyidagi jadvalda ko`rish mumkin.



Ko`mir g’ovagining radiusi 
Muvozanatning qaror topishi 
Propion kislota 
Geptil kislota 

> 1 soat 
2 soat 
II 
sutka 
32 sutka 
III 
10 sutka 
Adsorbtsion 
muvozanat 
qaror topmagan 
IV 
30 sutka 
> 31 sutka 
Jadvalda keltirilgan adsorbent g’ovagining radiusi I- IV qadar kamayib borish tartibida 
joylashtirilgan.

Yüklə 332,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə