Ахборот – комуникация технологиялари воситасида ўқувчиларнинг ўқув – билув мотивларини шакллантиришнинг илмий – назарий асослари



Yüklə 7,76 Mb.
səhifə15/40
tarix20.06.2022
ölçüsü7,76 Mb.
#89782
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

Bilish motivlari darajalari:

  • Keng ko‘lamli bilish motivlari(yangi bilim, fakt, hodisa va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga qaratilgan);

  • O‘quv-bilish motivlari(bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llarini hamda mustaqil ta'lim olish usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan);

  • Mustaqil ta'lim motivlari (qo‘shimcha bilimlarni egallash asosida o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish borasida o‘z shaxsiy dasturiga ega bo‘lish).

Ijtimoiy motiv darajalari:

  • keng ko‘lamli ijtimoiy motivlar (burch va majburiyat, ta'limning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish);

  • tor doiradagi yoki xususiy ijtimoiy motivlar (atrofdagilarga nisbatan ma'lum bir tarafga mansub bo‘lishlikka intilish hamda ularning e'tiborini qozonishga harakat qilish);

  • ijtimoiy hamkorlik motivlari(boshqa insonlar bilan hamkorlik qilishning barcha vositalarini ishga solishga intilish).

A.K.Markova ta'kidlaganidek, ta'lim jarayonida turli motivlar namoyon bo‘lishi bir xil xususiyatga ega emas. Masalan, keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar ma'lum bir qaror qabul qilish jarayonida, o‘qituvchidan qo‘shimcha ma'lumotlar olish chog‘ida, o‘quv-bilish motivlari masalaning yechimini topishga qaratilgan mustaqil faoliyat, savollarga javob berish yoki o‘qituvchiga savol berish jarayonida, mustaqil ta'lim motivlari esa bevosita mustaqil ta'lim faoliyati chog‘ida, shuningdek, o‘quvchining ta'lim tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan takliflarini ifodalash paytlarida namoyon bo‘ladi46.
Keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar o‘quvchining o‘z burch va mas'uliyatini his qilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. Ijtimoiy hamkorlik motivlari jamoat ishlaridagi faollikka intilishi va uni samarali tashkil qilish yuzasidan bergan takliflaridan bilinib turadi.
Ta'lim motivlarining tasnifi va vazifalari.
Ta'lim motivlari o‘quv motivlarining kuchi va ishonchli-mustahkamligi bilan tasniflanadi. Ta'lim motivlari kuchi o‘quvchining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishilari, motivning ehtiyoji, uning davomiyligi bilan belgilanadi. Motiv kuchi ham fiziologik, ham psixologik omillarga bog‘liq. Fiziologik omillarga motivatsion qo‘zg‘atish kuchi kirsa, psixologik motivlarga o‘quv-anglash faoliyatining natijalari, uning mohiyatini anglab yetish, ma'lum ma'nodagi ijod erkinligi kabilar kiradi. Bundan tashqari, motivlarning kuchini bolalikda kuchliroq namoyon bo‘ladigan emotsiyalar ham belgilab beradi.
O‘quv motivlarining mustahkamligi deyilganda butun ta'lim faoliyati jarayonida o‘quvchining turli ta'limiy topshiriqlarni bajarishda namoyon bo‘ladigan iroda kuchi hamda uning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, esda saqlab qolish va amalda ulardan foydalana olish qobiliyatlari nazarda tutiladi. Mohiyatan olib qaraganda, o‘quvchining o‘zini ta'lim olishga ongli yo‘naltira olishi, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilay bilishi va ularga amal qilishi anglaniladi.
O‘quv motivlarining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
a) qo‘zg‘atuvchi funksiya o‘quvchi motivlari energetikasi, boshqacha aytganda, motiv o‘quvchining faoliyati va o‘zini tutishidagi faolligini ta'minlab beradi.
b) yo‘naltiruvchi funksiya o‘quvchi energiyasi, maqsad va vazifalarining yo‘naltirilgan obektini ko‘rsatadi, chunki o‘quvchi ta'lim jarayonida o‘z faoliyatini konkret bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga yo‘naltiradi. Yo‘naltiruvchi funksiya motiv mustahkamligi bilan chambarchas bog‘liq.
v) tartibga soluvchi funksiya bolaning xulqi va faoliyatini tartibga solish, ularning xarakterini belgilash vazifasini bajaradi. Bunda mazkur funksiya ijtimoiy motivlar bilan xususiy motivlar orasidagi muvozanatni tartibga soladi. Vazifa (funksiya) ning bu shaklida barcha motivlar baravar ishtirok etadi. Tartibga solishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad qay bir motiv aynan qaysi o‘rinda ko‘proq samara berishini belgilab berishdan iborat.
Yuqorida e'tirof etilgan funksiyalar bilan bir qatorda motivning rag‘batlantiruvchi, boshqaruvchi hamda tashkillashtiruvchi47, tarkibli, ma'no anglatuvchi, mazmun kasb etuvchi, nazorat qiluvchi, himoyalanuvchi funksiyalari ham mavjud48.

Yüklə 7,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə