Ahmad al-Farg`oniy



Yüklə 223,54 Kb.
səhifə4/5
tarix31.12.2021
ölçüsü223,54 Kb.
#81634
1   2   3   4   5
Ahmad al-Farg`oniy

Ilmiy merosi

  • Ilmiy merosi
  • Yozma manbalarda qayd etilishicha, Al-Fargʻoniy ilk oʻrta asr falakiyot, riyoziyot va geografiya ilmlari yoʻnalishida bir qancha ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. Uning asosiy astronomik asari – „Kitob al-harakot as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujum“ („Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi“). Bu asar „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ nomi bilan ham maʼlum boʻlib, 1145 va 1175-yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima etiladi. Shundan soʻng Al-Fargʻoniy nomi lotinlashtirilib, „Alfraganus“ shaklida Gʻarbda shuhrat topadi. Uning „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani boʻyicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur boʻlgan bilimlarni oʻz ichiga olgan. Uning geografiyaga oid boʻlimi Yer yuzidagi mamlakatlar va shaharlar haqidagi eng boshlangʻich va zaruriy bilimlarga bagʻishlangan boʻlib, „Yerdagi maʼlum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida“ deb ataladi. Asarda falakiyot va geografiya ilmlarining asosiy mazmuni, vazifalari va qismlari tushunarli dalillar asosida sodda qilib bayon etiladi. Xususan, Yerning dumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda koʻtarilishi, tutilishi va bu tutilishning har bir joydan turlicha koʻrinishi, masofalar oʻzgarishi bilan ularning koʻrinishi oʻzgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi.

  • Yüklə 223,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə