Ahmad al-Farg`oniy



Yüklə 223,54 Kb.
səhifə2/5
tarix31.12.2021
ölçüsü223,54 Kb.
#81634
1   2   3   4   5
Ahmad al-Farg`oniy

Horun ar-Rashid vafoti (809-yil) dan soʻng xalifalik taxtiga Muhammad al-Amin (809–813) chiqadi. Uning akasi Abdulloh bilan taxt uchun (809–813 yillarda) olib borgan kurashi (Xorun ar-Rashid oʻgʻli Abdullohni 806 yilda Movarounnahr va Xurosonning noibi etib Marvga yuborgan edi) Abdullohning gʻalabasi bilan tugaydi. Muhammad al-Amin qatl etiladi. Oʻsha yili (813-yil) Abdulloh al-Maʼmun nomi bilan taxtga oʻtiradi. Biroq u xalifalik poytaxti Bagʻdodga bormay, to 819 yilga qadar Marvda yashaydi. U oʻz atrofiga olimlaru fozillarni toʻplaydi. 819-yil al-Maʼmun barcha saroy aʼyonlari va olimlari bilan birga Maradan Bagʻdodga koʻchadi. Ular orasida al-Fargʻoniy ham boʻlgan.

  • Horun ar-Rashid vafoti (809-yil) dan soʻng xalifalik taxtiga Muhammad al-Amin (809–813) chiqadi. Uning akasi Abdulloh bilan taxt uchun (809–813 yillarda) olib borgan kurashi (Xorun ar-Rashid oʻgʻli Abdullohni 806 yilda Movarounnahr va Xurosonning noibi etib Marvga yuborgan edi) Abdullohning gʻalabasi bilan tugaydi. Muhammad al-Amin qatl etiladi. Oʻsha yili (813-yil) Abdulloh al-Maʼmun nomi bilan taxtga oʻtiradi. Biroq u xalifalik poytaxti Bagʻdodga bormay, to 819 yilga qadar Marvda yashaydi. U oʻz atrofiga olimlaru fozillarni toʻplaydi. 819-yil al-Maʼmun barcha saroy aʼyonlari va olimlari bilan birga Maradan Bagʻdodga koʻchadi. Ular orasida al-Fargʻoniy ham boʻlgan.
  • Bu davrda xalifalikda Horun ar-Rashid farmoni bilan bino qilingan ikkita rasadxona va boy kutubxona bor edi. Abu Rayxon Beruniy maʼlumotiga qaraganda, rasadxonalardan biri Bagʻdodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinida Kasiyun nomli togʻda joylashgan edi. Rasadxonalarda Horun ar-Rashid asos solgan ilmiy markaz „Bayt ul-hikmat“ („Donishmandlar uyi“) olimlari ilmiy tadqiqotlar olib borardi. Ular orasida al-Fargʻoniy ham bor edi.
  • Al-Fargʻoniy avval Bagʻdoddagi rasadxonada ish olib bordi, soʻngra al-Maʼmun topshirigʻiga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va oʻrnini aniqlash, yangicha „Zij“ yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Al-Fargʻoniy yunon astronomlari, jumladan, Ptolemeyning „Yulduzlar jadvali“ asarida berilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish hamda oʻsha davrdagi barcha asosiy joylarning jugʻrofiy koordinatalarini yangitdan aniqlash yuzasidan olib borilgan muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan arab tilidagi ilmiy atamashunoslikka doir ishlarni, xususan, falakiyot, riyoziyot va geografiyaga oid atamalarni belgilab chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni amalga oshirishda ham Al-Fargʻoniyning xizmati katta. Bulardan tashqari, u ayrim astronomik asboblarni ixtiro etish, falakiyotshunoslikka doir arab tilidagi boshlangʻich bilimlarni belgilash va tartibga solish ishlariga ham muhim hissa qoʻshdi. 832–833 yillarda Al-Fargʻoniy Shom (Suriyashimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oraligida yer meridiani bir darajasining uzunligini oʻlchashda qatnashdi.

Yüklə 223,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə