Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari. Reja


-§. Maxsus testlar bo'yicha musobaqalarni tashkil etish



Yüklə 468 Kb.
səhifə3/7
tarix08.02.2023
ölçüsü468 Kb.
#100385
1   2   3   4   5   6   7
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi

1-§. Maxsus testlar bo'yicha musobaqalarni tashkil etish
16. Maxsus testlar bo'yicha musobaqalar (keyingi o'rinlarda matnda musobaqa deb ataladi) belgilangan reja va tasdiqlangan Nizom asosida o'tkaziladi.
17. Musobaqani tashkil etish va o'tkazish O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o'tkaziladi.
18. Musobaqalar quyidagi miqyoslarda tashkillashtirilishi mumkin:
a) mahallalar, mahallalararo va tumanlar (shaharlar);
b) Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar;
v) tashkilotlar;
g) respublika.
19. Musobaqalar: mahalla, mahallalararo va tuman (shahar) miqyosida o'tkaziladigan musobaqalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tasdiqlanib, mahalla va tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan nizom asosida; Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida o'tkaziladigan musobaqalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boshqarmalari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan nizom asosida; tashkilotlar miqyosida o'tkaziladigan musobaqalar (tashkilotlar hududiy joylashuviga muvofiq) Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman (shahar) bo'limlari bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan nizom asosida; O'zbekiston Respublikasi miqyosida o'tkaziladigan musobaqalar
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida tashkil etilib, o'tkaziladi.
20. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari musobaqalarini o'tkazish mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Musobaqada qatnashish ixtiyoriy bo'lib, unda qatnashish istagini bildirgan 6 yosh va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.


Yüklə 468 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə