Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
islom huquqi

1) fiqh to‘plamlarini yaratish. 
Dastlabki davrda ulamolar fatvolar 
berish va huquqiy qoidalarni o‘rnatish uchun hadislar va osarlarni 
(sahobalar va ular shogirdlarining aytganlari va qilganlari) yig‘ish ilinjida 
islom davlatlarining turli chekkalariga safarlar qilib, ko‘p vaqt va kuch 
sarflashga majbur bo‘lar edilar. Bu davrda Muhammad (s.a.v.)ning 
sunnati tartibga solinib, hadislar to‘plami yaratilgan edi. Shu tariqa 


67
ulamolar diqqatlarini hadislarni tushunish va qo‘llashga qaratish 
imkoniyatiga ega bo‘lganlar. 
Bu davrda fiqhni to‘plash ham keng miqyosda va tartibli amalga 
oshirildi. Ba’zi ulamolar o‘z fatvolari to‘plamlarini yaratganlar
boshqalari, masalan, imomlar Abu Hanifa va Ahmad shogirdlariga turli 
muammolarni hal etishning yo‘llarini ko‘rsatganlar. Shogirdlar esa ularni 
tanlab, to‘plamlarga kiritganlar. Imom Molik «Al-Muvatto» to‘plamiga 
hadislar va sahobalarning fikrlari bilan birga, o‘z fatvolarini ham kiritgan. 
Imom ash-Shofi’iyning «Al-Umm» nomli kitobiga o‘z fatvolari va ular 
uchun keltirgan dalillari kiritilgan
2) fiqh to‘plamlarining turlari. 
Dastlabki fiqhga oid kitoblarning 
tuzilishi hadislar, fatvolar, shuningdek sahobalar va ularning 
shogirdlarining turli nuqtai nazarlaridan iborat bo‘lgan. Bu davrda 
yaratilgan to‘plamdan biri imom Molikning qalamiga mansub «Al-
Muvatto»dir. Ba’zi fiqh kitoblari asosiy tamoyillarga bag‘ishlangan, 
ulardagi hadislar esa muallif xulosalarining to‘g‘riligini isbotlash 
maqsadida kiritilgan. Masalan, imom Abu Yusufning (imom Abu 
Hanifaning shogirdlaridan biri) «Kitob al-Xiroj» va imom Shofi’iyning 
«Al-Umm» asarlari ana shunday yozma manbalar sirasiga kiradi. 
Qolgan fiqh kitoblari esa butunlay fiqh tamoyillarini qo‘llashga 
bag‘ishlangan bo‘lib, ularga hadislar juda kam kiritilgan. Bunday asarlar 
imom Muhammad ibn Hasanning (imom Abu Hanifaning shogirdlaridan 
biri) oltita kitobi, imom ibn al-Qosimning (imom Molikning yetuk 
shogirdi) «Al-Mudovvana»sidir. Dastlabki asarlarda turli masalalarga oid 
fatvolarning har qaysisi uchun dalil tariqasida ularning roviylari zanjiri 
(isnadi) keltirilgan hadis matnlari joy olgan. Vaqt o‘tishi bilan isnod 
keltirish yo‘qolib, tegishli hadisning matni berilgan yoki o‘sha hadisni 
topish mumkin bo‘lgan to‘plamlarga havola berish bilan cheklanilgan. 
Hadislarni to‘plash davrida ularning to‘plamlarini tuzuvchi 
mutaxassislar va tanqidchilar o‘rtasida fiqh masalalarini mazhablarning 
an’anaviy normalariga qat’iy rioya qilmay hal etishdek qarshi yo‘nalish 
paydo bo‘lgan. Boshqacha aytganda, ular avvalgi davr fatvolariga 
mashhur ulamolar tomonidan chiqarilsa-da, ko‘r-ko‘rona amal qilma-
ganlar. Dastlabki ulamolarning moslashuvchanlik yondashuvlarini 
qo‘llab, mumkin bo‘lgan o‘rinlarda o‘z fikrlarini sahih hadislar bilan 
asoslashga harakat qilganlar. Imom Buxoriy (810–870-yillar) va imom 
Muslim (817–875-yillar) kabi hadis ilmining mashhur bilimdonlari fiqh 
masalalarini hal etishda asosiy e’tiborni hadislarga qaratib, imkoni 
boricha barcha manbalardan foydalanganlar. Muhammad (s.a.v.)ning 


68
sahih hadislari va izdoshlarining osarlarini to‘plashga bor kuchlarini 
sarflaganlar.  
Fiqhning tizimga solinishi,
shuningdek islom ulamolarining 
Yunoniston, Rim, Eron va Hindistondagi tabiiy fanlar hamda falsafaga 
oid yirik asarlarni tarjima qilish jarayonlarida (tarjimalarning aksariyati 
shu davr (750–830-yillar)ning birinchi yarmida paydo bo‘lsa-da, biroq 
ularning ta’siri mazkur davrning ikkinchi yarmida sezila boshladi) 
tafakkur, deduksiya va xulosalashning yangi tizimlari bilan tanishganlar. 
Ushbu bilimlar ularning fiqhga bo‘lgan munosabatlariga ham ta’sir 
ko‘rsatgan. Natijada ular fiqhdagi asosiy (usul) va qo‘shimcha (furu’) 
manbalarni ajrata boshlaganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu ta’sir natijasida 
tafsir (Qur’onni sharhlash), hadislar va nahv (grammatika) tadqiqotning 
ixtisoslashgan tarmoqlariga aylangan. 
Fiqh yetakchi ulamolarining fikrlari yozib borilgan, islom 
qonunchiligining manbalari esa ahamiyatiga qarab birlamchi yoki boshqa 
o‘rinlardagi manbalar sifatida belgilangan va tasnif qilinadigan bo‘lgan.  
Musulmon huquqi manbalari tahlili davrining oxiriga kelib, ko‘plab 
ulamolar tomonidan manbalar ahamiyatiga ko‘ra, quyidagi tartibda tan 
olina boshlangan: 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə