Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
islom huquqi

Savol va topshiriqlar 
1. «Islom davlatlarida huquqiy normalar» tushunchasining mohiyatini 
tushuntiring. 
2. Ijtihod – musulmon huquq ijodkorligining ma’nosini tushuntiring. 
3. «Islom huquqi normalari» tushunchasi, turlarini izohlang. 
4. «Tavsiya etuvchi normalar», «ruxsat beruvchi normalar» tushunchalari 
va turlarini tushuntiring. 
6-BOB. MUSULMON HUQUQINING TARMOQ VA INSTITUTLARI. 
ISLOM DAVLATI VA MOLIYA HUQUQI
6.1. Islomda «davlat huquqi» tushunchasi 
Musulmon jamoasida oliy hokimiyat, ya’ni xalifalik huquqi 
to‘g‘risidagi masala milodiy VII–X asrlarda hal etilgan bo‘lib, u 
xalifalikning ijtimoiy-siyosiy tarixida eng muhim va keskin muammo 
hisoblangan. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning vafotidan so‘ng, yangi 
xalifani saylash zarur bo‘lgan. Makka va Madinada payg‘ambar bilan 
birga bo‘lib, hadislarni yaxshi biluvchi, hayoti payg‘ambarning sunnada 
tavsiflangan hayotiga monand bo‘lgan zotgina xalifa lavozimiga munosib 


82
ko‘rilgan
1
. Bunday shaxsning farmoyishlarini musulmonlar so‘zsiz, 
zudlik bilan bajarishlari uchun u ancha katta nufuzga ega bo‘lishi shart 
edi. Dastlabki to‘rt xalifa bunday talablarga to‘liq javob berar edilar. Ular 
arab diniy manbalarida «xulafo ar-roshidin», ya’ni «to‘g‘ri yo‘ldan 
borgan xalifalar», deb ta’riflangan.   
Qur’oni karimda Odam va Dovud alayhissalomlar Allohning yerdagi 
noiblari sifatida xalifalar deb atalgan, ya’ni: 
«Eslang (ey Muhammad), 
Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa (yor-
damchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U yerda buzg‘unchilik 
qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz 
hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom 
pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 
Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni 
farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz, degan 
so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga 
bildiring!»
 («Baqara» surasi)
2
.
«
Ey Dovud, darhaqiqat, Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafs) 
xohishiga ergashib ketmagin! Aks holda, u seni Allohning yo‘lidan 
ozdirur. Albatta, Alloh yo‘lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob 
kunini (ya’ni qiyomatni) unutib qo‘yganlari sababli, qattiq azob bordir»
(«Sod» surasi). 
«Xalifa» so‘zi Abu Bakr jamoa boshlig‘i (amiri) qilib saylanganidan 
keyin terminologik ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi xalifa – Umarga «Alloh 
elchisining xalifasi», degan nom berildi, lekin keyinroq bu nom amir al-
mo‘’minin (mo‘minlar hukmdori), deb o‘zgartirildi. Ko‘plab musulmon 
mutafakkirlarining fikricha, xalifa hokimiyatining qaror topishi «zarurat» 
edi. U musulmon davlatining boshlig‘iga, xalifani saylovchi va nazorat 
qiluvchi, shuningdek unga maslahatlar beruvchi jamoa vakillariga
shuningdek barcha musulmonlarga yuklatilgan «majburiyat» sanalgan. 
Islom davlatshunoslari xalifalikning zarurligi haqidagi xulosani isbotlash 
uchun diniy aqidalar bilan birga, mantiqiy dalillarni ham keltirganlar. 
Diniy aqidalarda musulmonlarning diniy majburiyatlarni ado etishlari, 
umuman musulmon huquqi qoidalarini to‘liq bajarishlari uchun xalifa 
nazorati zarurligi ta’kidlangan.  
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
Ⱥɛɭɥ ΢ɚɫɚɧ Ⱥɥɢ ɚɥ
-
Ɇɨɜɚɪɞɢɣ
.
ɋɭɥɬɨɧɢɣ ԟɭɤɦɥɚɪ
 (
Ⱥɪɚɛ ɬɢɥɢɞɚ
). 

Ԕɨԟɢɪɚ
, 1298. 
2
Ԕɭɪɴɨɧɢ ɤɚɪɢɦ ɦɚɴɧɨɥɚɪɢɧɢɧɝ ɬɚɪɠɢɦɚɫɢ
 / 
Ɍɚɪɠɢɦɚ ɜɚ ɢɡɨԟɥɚɪ
ɦɭɚɥɥɢɮɢ Ⱥɛɞɭɥɚɡɢɡ Ɇɚɧɫɭɪ
. – 
Ɍ
., 2001. 


83
Musulmon huquqi qoidalariga asoslangan islomiy adolatga erishish 
uchun «oqilona» sabablardan hisoblangan jamoa a’zolari o‘rtasidagi 
nizolarni hal qilish zarurligi keltirilgan. Lekin xalifalik foydasiga ilgari 
surilgan barcha oqilona dalillarning markazida doim davlat va jamoat 
ishlarida tartibsizlik hamda o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi 
ta’kidlangan1.  
Shialik yo‘nalishi vakillari xalifalikning zarurligi g‘oyasini yanada 
qat’iyroq «himoya qilganlar». Shialar imomatni (ular davlatni shunday 
deb ataganlar) Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar da’vatining davomi va 
muqarrar yakuni, deb hisoblaganlar. Ular imomatni qaror toptirish jamoa 
burchi emas, balki Allohning huquqi, deb bilganlar. Ta’kidlash lozimki, 
shialarda musulmon davlati huquqiy institut emas, balki dinning ilk 
asoslaridan biri, islomning «tayanchi» hisoblanadi. Imomat huquq fani 
predmetini tashkil etmaydi, huquqshunoslar ta’riflagan normalar 
yordamida ta’riflanmaydi, balki Allohning hukmi bilan uzil-kesil 
belgilangan qoida, shakl hisoblanadi. Shu bois shialar imomatdan voz 
kechish yoki hatto uning muayyan shaklini tanlashni jamoaga topshirish 
mumkin emas, deb ta’kidlaydilar.  
Dastlabki to‘rt xalifani saylash tartiblari oddiy qabila boshlig‘ini 
saylashdan kam farq qilgan. Bunda hokimiyatga bo‘lgan huquqning 
birdan-bir manbai – ko‘pchilikning xohish-irodasi bo‘lgan. Muhammad 
(s.a.v.) payg‘ambar vafotidan so‘ng musulmonlarning guruhlarga 
bo‘linishiga sabab bo‘lgan jamoa rahbari xususidagi bahslarda quyidagi 
holatlar aniq-ravshan ko‘zga tashlangan:  
a) rahbar musulmonlar jamoasi (umma) tomonidan saylanishi lozim, 
degan fikrga hamma qo‘shilgan;  
b) jamoa ma’qul deb topgan, ko‘pchilik musulmonlarning e’tiborini 
qozongan odamgina saylanishi mumkin bo‘lgan.  
Kim rahbar lavozimiga da’vogar bo‘lishi mumkin, degan masalada 
ulamolar yagona fikrga kela olmaganlar. Muhammad (s.a.v.)ning 
kutilmagan vafotidan so‘ng, muhojirlar va ansorlar o‘rtasida nizo 
chiqqan. Choryorlardan biri, buyuk davlat arbobi Umar ibn Hattob al-
Farruh 
(taxminan 
585–644)ning vositachiligida bu nizoga barham 
berilgan. Aynan u Abu Bakrni xalifa etib saylash (632-y.) tashabbuskori, 
uning yaqin maslahatgo‘yi bo‘lib, o‘z kuch-g‘ayrati va qat’iyati bilan 
unga madad berib turgan.  
Muhojirlar islom dinini qabul qilgan madinaliklar – ansorlar bilan 
birgalikda musulmon jamoasining eng sara qismini tashkil qilgan. 
Allohning elchisi vafot etganidan so‘ng, muhojirlar va ansorlar o‘rtasida 


84
hokimiyat uchun kurash avj olgan. Bu kurashda muhojirlar yutib 
chiqqanlar. Shuni ta’kidlash zarurki, islomdagi barcha xalifalar 
makkaliklar avlodidan bo‘lgan. Xalifalik ulamolari Muhammad (s.a.v.) 
payg‘ambarning avlodlari (Hoshimiylar), payg‘ambar sahobalari 
(muhojirlar va ansorlar), Makkaning ayrim nufuzli qavmlari (ayniqsa, 
ummaviylar)dan va oldingi qabila oqsoqollarining bir qismidan yetishib 
chiqqanlar.  
O‘sha davrda musulmonlar jamoasi va arab davlati o‘rtasida farq 
bo‘lmagan. Jamoa Qur’on va sunna asosida boshqarilishi lozim, deb 
hisoblangan. Xalifalik hokimiyatining diniy va dunyoviy (siyosiy) 
vazifalari ham dastlab farqlanmagan, lekin keyinroq ular farqlana 
boshlandi. Barcha musulmonlarning tengligi rasman tan olingan.  
Uchinchi xalifa – Usmon davrida xalifalik to‘liq ummaviylar va 
ularning izdoshlari, boshqacha aytganda, makkalik zodagonlar firqasi 
qo‘liga o‘tdi. Keksa muhojir, payg‘ambarning kuyovi Usmon o‘ta 
taqvodor musulmon sifatida dovruq qozongan edi. U o‘z atrofiga 
ummaviylar urug‘i a’zolarini to‘pladi.  
Xalifalikdagi barcha muhim lavozimlar, chunonchi, sarkarda va 
viloyat noiblari lavozimlarini ummaviylar urug‘ining a’zolari yoki 
ularning tarafdorlari egalladilar. Ular yerlarni bosib olish va boyishda o‘z 
mavqeidan foydalandilar. Xususan, Muoviya ibn Abu Sufyon boy Suriya 
noibi etib tayinlandi. Ijtimoiy tengsizlikning kuchaygani ummaning 
ko‘pgina a’zolarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Usmon hokimiyatiga 
qarshi xalifalikda muxolifat yuzaga keldi. Qo‘shinda va viloyatlarda 
yashovchi zodagonlar o‘rtasida xalifa Usmonning siyosatiga qarshi 
norozilik kuchaydi. Aynan shu davrda Muhammad (s.a.v.)ning kuyovi, 
uning suyukli qizi Fotimaning eri Ali ibn Abu Tolib tarafdorlari guruhi 
yoki firqasi tashkil topdi. Uning tarafdorlari «Ali shiasi» yoki «Ali 
firqasi» deb nomlandi. Shialik yo‘nalishining nomi shundan kelib 
chiqqan.  

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə