Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
islom huquqi

Qozining hukmi bilan bo‘ladigan taloq
. Yuqorida aytib o‘tilgan 
ajralish turlaridan boshqa ba’zi holatlarda musulmon huquqi taloq qilishni 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
ȺΣɦɚɞ ɢɛɧ ɂɫɨ Ɉɲɭɪ
.
Ⱥɥ
-
ɮɢԕԟɭɥ ɦɭɹɫɫɚɪ ɮɢɥ ɦɭɨɦɚɥɨɬ
 (
Ɏɭԕɚ
-
ɪɨɥɢɤ ԟɭԕɭԕɢ ɛʆɣɢɱɚ ɟɧɝɢɥ ɮɢԕԟ
). – 
Ȼɚɣɪɭɬ
, 1996.


107
qozining hukmiga bergan. Abu Hanifa mazhabida erdagi jinsiy zaiflik 
aybi sababli, er taloq qilmasa, qozi taloq qilish huquqiga ega. Abu 
Hanifaning shogirdi imom Muhammad esa bunga qo‘shimcha tarzda, agar 
er majnun, moxov yoxud peslik kasaliga chalingan bo‘lsa ham, qozi taloq 
qilish huquqiga ega, degan. Lekin mazkur ayblar bilan ajratishning 
quyidagi shartlari bor: a) ayol nikohdan avval bu ayblarni bilmasligi; b) 
ayol qozidan ajratib qo‘yishni talab qilishi kerak. 
Ammo boshqa mazhab vakillari qozi hukmi bilan taloq qilishning 
chegarasini ancha kengaytirganlar. Masalan, er xotinni nafaqa bilan 
ta’minlamasa, er xotinga qasddan zarar yetkazish niyatida yomon 
muomala qilsa, er uzoq muddatga qamalgan holatlarda, xotin qoziga 
ajratib qo‘yishni talab qilgan taqdirda qozi er nomidan taloqqa hukm 
qilish huquqiga ega. 
Xala’a sababli nikohning bekor bo‘lishi.
 Ayol o‘ziga berilgan 
mahrni, uning miqdorini yoki undan ziyodrog‘ini eriga qaytarishi, berishi 
evaziga nikohini bekor qilishi mumkin. Bu jarayon albatta qozining yoki 
hokimning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Qozidan taloqni olib 
berishini so‘rab kelgan ayolga eridan olgan mahrini tamomila qaytarishi 
shart qilib qo‘yiladi. Qozining huzurida erga ayolning talabi bayon 
qilinib, er rozi bo‘lsagina bergan mahri yoki uning miqdori qaytarilib 
berilishi evaziga er o‘z xotiniga taloq beradi.  
Lion tufayli nikohning bekor bo‘lishi.
 «Lion» arab tilidagi so‘z bo‘lib, 
«la’natlash» degan ma’noni bildiradi. Qonun tilida lion erkak kishining 
aql-hushi o‘zida bo‘lgan holatida o‘z nikohida bo‘lgan pok xotinini 
boshqa erkak kishi bilan zino qilganlikda ayblashi, uni zinoga nisbat 
beruvchi so‘zlar bilan haqorat qilishi (misol uchun xotinini «sen 
fohishasan, zinokorsan», deya so‘kishi) yoki «sen tuqqan bola mendan 
emas» deb haqorat qilishi er-xotinlikning tugatilishiga asos bo‘lishi 
mumkin. Lionning huquqiy oqibatlari: 
birinchidan
, lion sababli har ikkala 
tomon ham had jazosidan qutulib qoladi; 
ikkinchidan
, lion aytilgandan 
so‘ng, o‘rtaga boin taloq tushib, qozi ularning o‘rtasini ajrim qilib, idda 
muddati davomida ayolning nafaqasini erning zimmasiga yuklaydi; 
uchinchidan
, agar er o‘z ko‘rsatmasini lion bilan tasdiqlashdan bosh 
tortsa, unga nisbatan tuhmat uchun belgilangan jazo qo‘llanadi, shundan 
so‘ng er-xotinlikni qayta davom ettirish mumkin. 
Idda muddati (ayol taloq qilingandan so‘ng yoki eri vafot etgandan 
so‘ng, uning boshqa turmushga chiqishini man etuvchi ma’lum muddat). 
Musulmon huquqida ayol uchun belgilangan iddaning bir qancha o‘ziga 
xos tomonlari mavjud:  


108
– eri vafot etgan yoki taloq qilingan ayolning o‘sha eridan homilasi 
bor-yo‘qligini aniqlash. Agar homila mavjud bo‘lsa, bo‘lajak farzandning 
nasabi – otasi ma’lum bo‘lgan hisoblanadi;  
– vafot etgan erning hurmati, ya’ni bir necha yillik birgalikdagi 
hayotning hurmati. Er vafot etgach, hech fursat o‘tmay boshqa turmush 
qurish, avvalo, turmush o‘rtog‘iga nisbatan hurmatsizlik bo‘lsa, so‘ngra 
ayolning yengil tabiatli ekanligini bildiruvchi holatdir;  
– taloq iddasida o‘tirgan ayol va taloq qilgan er uchun qilgan ishi 
to‘g‘risida yaxshilab mulohaza yuritish, taloq qilish jahl ustida, arzimas 
sababdan bo‘lgan bo‘lsa, qaytadan yarashib, birgalikda hayot kechirish 
uchun berilgan qulay fursatdir. Shuning uchun iddada o‘tirgan ayollar, 
idda muddatida eri bilan birga yashagan uydan chiqmasliklari va o‘z 
navbatida erlari ham ularni chiqarib yubormasliklari kerak. Chunki Alloh 
taolo «Taloq» surasining 1-oyatida: 
«...qachon sizlar (mo‘minlar 
ayollaringizni) taloq qilsanglar... (to iddalari tugaguncha) ularni (o‘zlari 
yashab turgan) uylaridan haydab chiqarmanglar va ular o‘zlari ham 
chiqib ketmasinlar»
,

deb buyurgan.  
Iddaning shartlari. 
Musulmon huquqining sunniylik mazhabi 
qoidalari to‘g‘risidagi asarlarda iddaning quyidagi shartlari bayon etilgan: 
– agar iddada o‘tirgan ayol, idda ichida tug‘sa, tug‘ilgan farzandning 
otasi avvalgi eri hisoblanadi;  
– agar idda ichida er yoki xotin vafot qilsalar, idda raj’iy taloqdan 
bo‘lgan taqdirda, er yoki xotin bir-birlaridan meros olishga haqlidirlar. 
Ammo idda boin taloqdan bo‘lsa, u vaqtda bir-birlaridan meros 
ololmaydilar;  
– idda vaqtida xotin boshqa erga chiqishi mumkin emas. Ammo er 
kishi uchun uylanmaslik muddati tayinlanmagan, ya’ni xotini iddada 
o‘tirgan bo‘lsa ham, eri uylanishi mumkin. 
Bolalarning huquqlari. 
Bolalarning eng birinchi huquqi nasabining 
aniq bo‘lishidir. Bolaning kelgusidagi barcha ishlariga bevosita ta’sir 
ko‘rsatuvchi haqi – uning nasabi – ota va onasining aniq bo‘lishidir. 
Emmoqlik. 
Bu huquqqa ikki jihatga ko‘ra e’tibor qaratiladi. 
Birinchidan
, bolaga beriladigan nafaqa, 
ikkinchidan
, ma’lum muddatda 
bolaning hayoti uchun munosib ozuqa – ona sutining ta’minlanishi. Shu 
talablar sababli emizishlik onaning vazifasi hisoblanadi. Zero, Qur’oni 
karim «Baqara» surasining 233-oyatida: «
Onalar bolalarini to‘la ikki yil 
emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo‘lgan kishilar 
uchun. Ularni (ya’ni, onalarni) yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning 
zimmasidadir
», 

 deya ko‘rsatma berilgan. 


109
Go‘dakni tarbiyaga olish. 
Farzand dunyoga kelishi bilan uni 
tarbiyalash, muhofaza qilish lozim bo‘ladi. Islom dini bola tarbiyasiga 
o‘ta mas’uliyat bilan yondashib, tarbiya jarayonini bir necha bosqichlarga 
taqsimlagan va har qaysi bosqichda kim uning tarbiyasi bilan mashg‘ul 
bo‘lishi zarurligini ko‘rsatgan. 
Bolalar va qarindoshlar nafaqasi
. Yuqorida bolalarning uch turli 
haqlari – nasab, emmoq, himoya quchog‘ida bo‘lishlarni aytib o‘tdik. 
To‘rtinchi haq – nafaqa haqi – bolani yedirish va kiyintirishdir. Bolaning 
nafaqa huquqini yaxshiroq tushunish uchun avval ba’zi qarindoshlarning 
ba’zi qarindoshlardagi nafaqa haqini biroz sharhlash lozim. 
Islom normalariga ko‘ra, o‘ziga to‘q va bir kasbga ega kishi, biror 
kasbni qilishga ojiz bo‘lgan qarindoshiga ham yordam qilishi zarur. Lekin 
qaysi qarindoshlarga yordam qilish lozim deganda, ulamolar turli fikrlarni 
bildirganlar. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə