Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 «Meros» tushunchasi  va uning taqsimoti



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
islom huquqi

7.3. «Meros» tushunchasi  va uning taqsimoti 
Islom meros huquqi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi
1
. Meros huquqi 
islomda Qur’oni karimning «Niso» surasi, payg‘ambar (s.a.v.)ning 
sunnatlari
2
 hamda olimlar ijmosi orqali tartibga solingan. Meros ilmi 
islomda eng mo‘tabar ilmlardan hisoblanib, Qur’onda bu haqda «meros 
ilmi ilmlarning yarmini tashkil qiladi», deyilgan. Hanafiy mazhabi 
olimlari meros huquqini qonun va vasiyat bo‘yicha ajratib o‘rganganlar. 
Qonun bo‘yicha vorislik quyidagicha ifodalangan, ya’ni eng avvalo, 
musulmon huquqida inson dunyodan o‘tgach, undan qolgan mulkni meros 
sifatida taqsimlashdan avval mol-mulkka nisbatan to‘rt xil haq aniqlanadi: 
kafanlash; yuvish-ko‘mish xarajatlarini qilish; mayitning moliyaviy 
qarzlarini uzish; vasiyatni amalga oshirish.  
Bunda, agar merosxo‘rlari bo‘lmasa, farz va vojib amallariga ko‘ra, 
vasiyat hamma moldan amalga oshiriladi. Ammo vasiyat muayyan bir 
shaxsga qilingan bo‘lsa-yu, u shaxs merosxo‘rlardan bo‘lmay, o‘z 
merosxo‘rlari mavjud bo‘lsa, bu vasiyat merosning uchdan birigacha 
bo‘lgan qismidan amalga oshiriladi. 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
Ɍɭɪɫɭɧɨɜ Ⱦ
.
Ɇɟɪɨɫ ԟɭԕɭԕɢ
. — 
Ɍ
., 2004.
2
Ɇɭԟɚɦɦɚɞ ɒɚɜɤɨɧɢɣ ʆɬɬɢɡɝɚ ɹԕɢɧ ԟɚɞɢɫ ɤɟɥɬɢɪɝɚɧ
.
Ԕɚɪɚɧɝ
:
ɆɭΣɚɦɦɚɞ
ɒɚɜɤɨɧɢɣ
.
ɇɚɣɥɭɥ ɚɜɬɨɪ ɦɢɧ ɚԟɨɞɢɫɢ ɫɚɣɣɢɞɢɥ ɚԟɺɪ
  (
ɉɚɣԑɚɦɛɚɪɢɦɢɡɧɢɧɝ
ԟɚɞɢɫɥɚɪɢɞɚɧ ɤʆɡɥɚɧɝɚɧ ɦɚԕɫɚɞɝɚ ɟɬɢɲɢɲ
). 
ɀ
. 6. – 
Ȼɚɣɪɭɬ
-
Ʌɭɛɧɨɧ
,  1973.          

Ȼ
. 168–198. 


110
Qur’oni karim «Niso» surasining 8-oyati mazmuniga ko‘ra, 
merosxo‘rlar uch guruhdan iborat: 
farzgirlar 

Qur’onda ulushlari bayon 
qilingan qarindoshlar; 
asaba 
– bular ota tomondan qarindoshlar bo‘lib, 
farzgirlardan qolgan mulkning hammasini, agar farzgirlar bo‘lmasa, 
hamma molni oladilar; 
zav ul-arhom 
– bular farzgir ham, asaba ham 
bo‘lmagan qarindoshlar bo‘lib, birinchi va ikkinchi guruhdagi 
merosxo‘rlar bo‘lmaganlarida, merosni olishga haqli bo‘ladi. 
Meros olmaydigan qarindoshlar 
to‘rt guruhga bo‘linadilar: qul; 
dinsiz; meros qoldiruvchisini merosni tezroq qo‘lga kiritish uchun nohaq 
yo‘l bilan qasdan o‘ldirgan merosxo‘r. U ham merosdan mahrum etiladi. 
Ammo tasodifiy holatlar bundan mustasno. Masalan, quduq qazisa-yu, 
shu quduqqa qarindoshi tushib o‘lsa yoki jinni o‘z otasini o‘ldirsa, 
shunday holatlarda meros olinadi; 
ixtilofi dorayn
, ya’ni din jihatidan 
farqlanadigan ikki mamlakatda (islom va nomusulmon mamlakatlarda) 
yashaydigan qarindoshlar bir-birlaridan meros olish huquqidan mahrum 
bo‘ladilar. Ammo ota islom mamlakatida bo‘lib, bola esa g‘ayridin 
mamlakatda yashasa-da, musulmon bo‘lsa, meros oladi.  
Farzgir ota 
uch xilda meros oladi: mayitning farzandi yoki nabirasi 
bo‘lsa, molning 1/6 qismini oladi; mayitning qizi yoki o‘g‘lining qizi 
bo‘lsa, farzgir sifatida merosning 1/6 qismini oladi. Ayni paytda ulardan 
qolganini asaba sifatida ham oladi; mayitning farzandi yoki nabiralari 
bo‘lmasa, asaba sifatida hamma molni oladi. 
Bobo 
ikki xil bo‘ladi: otaning otasi — sahih bobo; onaning otasi — 
fosid bobo (fiqhiy adabiyotda onaning otasi sahih boboning ziddi 
tariqasida fosid bobo, deb keltirilgan). 
Bobo ham otaga o‘xshaydi, lekin ikki masalada otadan farq qiladi: 
birinchi masala
: mayitning onasi mayitning otasi bilan birga yashaganida 
(mayitning eri yoki xotinining ulushidan) qolgan molning 1/3 qismini, 
bobosi bilan birga yashaganida esa, hamma molning 1/3 qismini oladi. 
Ona 
ham uch xil meros oladi: mayitning avlodi bo‘lmasa, merosning 
1/3 qismini oladi; agar avlodi bo‘lsa yoki ikkita aka-uka, opa-singlisi 
bo‘lsa, 1/6 qismini oladi.  
Momolar 
qancha bo‘lsalar ham, ikki yoki uch tarafli bo‘lsalar ham, 
merosning 1/6 qismiga o‘zaro sherik bo‘ladilar. Uzoq qarindoshlar yaqin 
qarindoshlar mavjudligi sababli merosdan mahrum bo‘ladilar (masalan, 
ota yoki onaning hayotligi sababli momolar (katta onalar) merosdan 
to‘silib qoladilar). 


111
Er
ikki holatda meros oladi: xotinning avlodi mavjud bo‘lmaganida, 
merosning yarmini; o‘lgan xotinning avlodi mavjud bo‘lsa, ularning otasi 
kimligi yoki noma’lumligidan qat’i nazar, merosning 1/4 qismini. 
Xotin 
ham ikki xil meros oladi: agar erning avlodi bo‘lmasa, molning 
1/4 qismini; ammo erning farzandi bo‘lsa, molning 1/8 qismini. 
Xotinlar nechta bo‘lsalar ham, yuqoridagi ulushda o‘zaro sherik 
bo‘ladilar.  
Qiz 
uch holatda meros oladi: yolg‘iz qiz hamma molning yarmini 
oladi; qizlar ikkita yoki undan ortiq bo‘lsalar, molning 2/3 qismini 
bo‘lishib oladilar; qizlar aka-ukalari bilan birga hisoblanganida, o‘g‘illar 
ularni ham asaba qiladi. Bunda qiz o‘g‘il farzand ulushining yarmini 
oladi. 
O‘g‘ilning farzandi,
 ya’ni nabira, o‘g‘il bo‘lsa — o‘g‘il o‘rnida, qiz 
bo‘lsa — qiz o‘rnida bo‘ladi. Ammo ular mayitning o‘g‘li bo‘lmaganida 
meros oladilar, aks holda, merosdan to‘silib qoladilar. 
(Ota-ona bir) opa-singillar.
 Agarda mayitning qizi ham bo‘lmasa, 
opa-singillar merosxo‘rlikda qiz kabi bo‘ladilar. Bir nafar bo‘lsa — 
hamma molning yarmini, ikki nafar yoki undan ko‘p bo‘lsalar, molning 
2/3 qismini, agar aka-ukalari bilan birga bo‘lishsa, ikki qiz bir o‘g‘ilning 
ulushi barobarida meros oladi.  
Mayitning ota bir opa-singillarining ulushlari quyidagicha: ular ota-
ona bir opa-singillar bo‘lmay, yolg‘iz bo‘lsa, hamma molning yarmini, 
ikki va undan ortiq bo‘lsalar, 2/3 qismini, opa yoki singil bo‘lganida esa, 
1/6 qism ulush oladilar.  
Asaba ota tarafdan qarindosh bo‘lib, farzgirlardan ortib qolgan molni 
bo‘lib oladi; agar yolg‘iz bo‘lsa, hamma molni oladi. Asaba ikki xil 
bo‘ladi: a) asabai nasabiyya; b) asabai sababiyya. 
Asabai nasabiyya uch xil bo‘ladi: 
a) 
asaba binafsih 
— o‘z-o‘zidan asaba bo‘lib, u bilan mayit orasidagi 
nasab nisbatida ayol zoti kirmagan kishidir;  
b) 
asaba big‘ayrih 
— boshqa birovning (masalan, akasining) vositasi 
ila asaba bo‘ladigan ayollar;  
d) 
asaba ma’a g‘ayrih 
— boshqa biror qiz qarindoshi bilan birgalikda 
asabaga aylanadigan ayollar. 
Asabai sababiyya ikki xildir: 
1) 
qulni ozod qilgan xo‘jayin 
(quldor);  
2) 
mavlal muvolah
, ya’ni nasabi ma’lum bo‘lmagan kishi boshqa 
kishi bilan «Men o‘lsam merosxo‘rim bo‘lasan, jinoyat qilsam, xunini 
to‘lashga yordam qilasan», deb ahd-paymon qilgan do‘st. 


112
Asabalarning avlosi (afzali) o‘g‘il, keyin uning o‘g‘li (va uning 
zurriyotlari), ota, bobo (qancha yuqori ketsa ham), so‘ngra ota-ona bir 
aka-uka, keyin ota bir aka-uka, keyin uning o‘g‘li, keyin esa ona bir aka-
ukaning o‘g‘li, keyin ularning o‘g‘illari. Asabaning eng oxiri ham zav ul-
arhomdan oldin turadi. 
Zav ul-arhom. 
Bu toifaga mayitning farzgir ham, asaba ham 
bo‘lmagan qarindoshlaridir. Ularga mayitning ammasi, xolasi, opa-
singillarining qizi, onasining otasi, tog‘asi va qizining bolalari kabi 
qarindoshlari kiradi. Ular mayitning farzgir va asaba qarindoshlari 
bo‘lmagan taqdirdagina, meros olishga haqli bo‘ladilar. Farzgir mavjud 
bo‘lganida, ular meros olmaydilar. Lekin mayitning eri yoki xotini qolsa-
yu, boshqa qarindoshi bo‘lmasa, qolgan molni zav ul-arhom oladi. 
Zav ul-arhomlar besh guruhga bo‘linadilar: 
1) mayit qizlarining bolalari; 
2) onasining ota-onalari;  
3) ota-ona bir opa-singillarining bolalari, shuningdek ota bir opa-
singillarining bolalari; o‘g‘lining qizining bolalari, amakisining bolalari 
hamda ona bir aka-ukalarining bolalari;  
4) mayitning tog‘asi, xolasi, ammalari hamda amakisining qizlari va 
ularning bolalari;  
5) ota va onaning ammalari, xolalari, tog‘alari hamda otasining ona 
bir amakisi va onaning amakilari hamda ularning bolalari. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə