Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
islom huquqi

Kafillik turlari: 
1. Shaxsga kafil bo‘lishning hukmi 
– makful bihni (topib) 
keltirmoqdan iboratdir. Ya’ni qaysi vaqtda makful bihni topshirish va’da 
qilingan bo‘lsa, o‘sha vaqtda makful lah undan talab qiladi. Shunda kafil 
uni topib kelishi lozim bo‘ladi, topsa topdi, topolmasa, shunga majbur 
etiladi. 
2. Zar kafillik hukmlari.
 Da’vogar da’voda tanlash huquqiga ega: 
qarzini istasa, kafildan yoki asldan talab etadi. Biridan talab qilish 
ikkinchisidan talab qilishni soqit etmaydi. Biridan talab etib, so‘ngra 
ikkinchisidan yoki birdaniga har ikkalasidan ham talab eta olish mumkin. 
Zar kafil bo‘lgan odamning zimmasiga tushadigan mablag‘ga boshqa 
birov kafil bo‘lsa, qarz egasi qarzini kafillarning qaysisidan istasa, talab 
qila oladi. 
Hammalari mushtarak qarzdor bo‘lgan shaxslar bir-birlariga kafil 
bo‘lsalar, ularning har biri umumiy qarzga javob beradilar. Bir qarzning 
bir necha kafillari bo‘lgan holatda, agar boshqa-boshqa kafil bo‘lgan 
bo‘lsalar, har birlari umumiy qarz uchun javob beradilar. 
Agar birgalikda kafil bo‘lgan bo‘lsalar, har qaysilari qarzdagi hissasi 
miqdoricha javob beradilar. Lekin ular biri-birining zimmasiga 
tushadigan mablag‘ga ham kafil bo‘lgan bo‘lsalar, u holda har birlari 
umumiy qarzga javob beradilar. Havola qiluvchi (qarzini o‘zgaga 
o‘tkazuvchi)ning qarzdan ozod bo‘lmaslik sharti bo‘lsa, ushbu havola 
kafillikdir. Unga binoan bir odam qarzdorga: «Sendagi qarzimni sen 
(o‘zing) ham zomin bo‘lib qolishing sharti bilan falonchining ustiga 
(zimmasiga) o‘tkaz», – deb aytsa, u ham xuddi shunday tarzda havola 
etsa, da’vogar (qarz egasi) o‘z qarzini qaysi biridan istasa oladi. Bir 
odamda boshqa birovning omonatga qo‘ygan moli bo‘lsa, o‘sha molidan 


118
to‘lash sharti bilan uning qarziga kafil bo‘lsa, bo‘ladi va o‘sha moldan 
(qarzni) to‘lashga kafil majbur qilinadi. Agar u mol yo‘qolsa, kafilga hech 
narsa yuklanmaydi. Faqat kafil bo‘lgandan so‘ng, u molni o‘z egasiga 
qaytarib bersa, u holda o‘zi (ularning qarziga) zomin bo‘ladi. 
Kafil tayinlangan vaqtda qarzni tayyorlab qo‘ysa-yu, makful lah bu 
vaqtda ushbu shaharda bo‘lmasa, o‘rniga vakil belgilab, unga makful 
bihni topshirishni so‘rab hokimga murojaat qila oladi. Erkin (mutlaq) 
kafolatda aslning qarzi muhlatsiz bo‘lsa, kafilga nisbatan ham muhlatsiz 
holda o‘tadi. Muhlatli bo‘lsa (ya’ni falon vaqtda uzish sharti bo‘lsa), 
kafilga nisbatan ham muhlatli tarzda o‘tadi. 
Shartli kafolatda (kafillik va kafolat bir ma’noli so‘zlar) muhlatsiz 
va muhlatlidan qaysi biri ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, o‘shanga ko‘ra talab 
qilinadi. Ma’lum muddatli qarzga o‘sha muddat bo‘yicha kafillik berish 
mumkin bo‘lgani kabi undan uzoqroq muddat bo‘yicha kafil bo‘lishlik 
ham mumkin. Qarz egasi o‘z qarzini qaytarish uchun aslga muhlat bersa, 
kafil yoki kafilning kafiliga ham muhlat bergan bo‘ladi. Birinchi kafilga 
muhlat bersa, ikkinchi kafilga ham muhlat bergan bo‘ladi. Ammo kafilga 
nisbatan muhlat bergani aslga ham muhlat berdi, degani emas. Muhlatli 
qarzi bo‘lgan kimsa qarz muhlati kelmasdan burun o‘zga yurtga ketadigan 
bo‘lib qolganda, qarz egasi hokimga murojaat qilib, undan kafil talab 
qilsa, kafil topib berishga majbur bo‘ladi. 
Kafillikning huquqiy oqibatlari.
Erkin, shartli va muddatli 
kafillikning hukmlari. 
Kafillikning hukmi talab etilishidir. Qarz beruvchi 
yoki da’vogarning kafildan berilgan pul, qarzni talab etishga haqi 
borligidir. Erkin kafolatda aslning qarzi muddatsiz bo‘lsa, darhol, 
muddatli bo‘lsa, muddati bitganidan so‘ng qarz egasi kafildan qarzini 
talab etishga haqlidir. Ammo biror shartga bog‘liq va kelajakda 
to‘lanadigan tarzda tuzilgan kafilliklarda (qo‘yilgan) shart amalga 
oshmaguncha va belgilangan vaqt kelmaguncha kafildan (biror narsa) 
talab etilmaydi (kafillik kuchga kirmaydi). Masalan, «falon odam sening 
qarzingni bermasa, to‘lashga men kafilman» deyilganda, shartli kafillik 
tuzilgan bo‘ladi. Demak, qarz qaytarilishi so‘ralganda, u odam bermasa, 
kafildan talab etiladi. Lekin asldan talab qilinmay turib, kafildan talab 
etilmaydi. Shuningdek, «falon odam sening molingni o‘g‘irlasa, men 
to‘layman» deyilsa, bunday kafillikni berish mumkin va o‘sha odam 
o‘g‘irlikni sodir etsagina, kafilga da’vo qilinadi. Makful lah (qarzini) 
qachon talab qilsa, o‘sha kungacha muhlati bo‘lgan kafillik berilsa
aytilgan muhlat o‘tganidan so‘ng, makful lah qachon istasa, o‘shanda 
qarzni talab eta oladi. 


119

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə