77
Birinchidan
, ushbu normani bajarmaslik gunoh hisoblanmaydi.
Ikkin-
chidan
, bu normada belgilangan xatti-harakatni sodir qilish biror holat,
hodisa, voqea bilan bog‘lanadi. Masalan, Qur’oni karim «Moida»
surasining ikkinchi oyatida «
ehromdan chiqib halol bo‘lgach, ov
qilaveringiz
», deyilgan. Ushbu oyatdagi «ov qilaveringlar», degan
ko‘rsatma majburiy bo‘lmay, balki ixtiyoriydir.
Ovni faqat xohlagan kishi
qilishi mumkin. Ov qilish – halol bo‘lish degan fikrga bog‘langan. Bu
harakatdan maqsad – ehromdan chiqishni ko‘zda tutgan.
Ikkinchi to‘plam qonunlari
vaz’iy hukmlar
(ijtihod asosida qabul
qilingan hukmlar, qarorlar to‘plami) deb ataladi. Ushbu qoidalar besh
qismdan iborat: sabab, shart, mone, ruxsat va azima, sihha va butlon.
Sabab, ya’ni biror, voqea, hodisaning
kelib chiqishi, sodir bo‘lishining
shart-sharoiti, xizmat qiluvchi fakti. Masalan, Qur’oni karim «Baqara»
surasining 180-oyatida:
Dostları ilə paylaş: