Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Islomda shufoat, muzoraba va garov huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
islom huquqi

8.2. Islomda shufoat, muzoraba va garov huquqi 
Musulmon huquqida shartnoma ijrosini ta’minlash vositalariga 
kafillik
,
garov 
va
omonat 
kiradi. 


116
Musulmon huquqiy adabiyotlarida kafolat (kafillik)ga: «U bir 
narsaning da’vosi (mas’uliyati) borasida birovning majburiyatini o‘z 
zimmasiga olish, ya’ni bir odam o‘z shaxsiyatini o‘zganing shaxsiyatiga 
biriktirib va unga keladigan majburiyatni (da’voni) o‘ziga olishidir», – 
degan ta’rif berilgan. Mazkur institutning asosi  Qur’oni karim «Yusuf» 
surasining 67-oyati, payg‘ambarimizning hayotlari davomida bir qancha 
sahobalarga kafillik qilganlari, shuningdek: 
«uchta narsadan tiyilishga 
kafil bo‘linglar, men sizlarni jannatga kirishingizga kafilman: shirkdan, 
g‘iybatdan, zinodan
», – degan hadisidir. Hanafiy mazhabining asoschisi 
imom A’zam, uning shogirdlari Abu Yusuf, Muhammad Hasan 
Shayboniyning fiqhiy qarashlari asosida kafolat instituti rivojlandi. 
Kafolatning shartlari.
Kafilning taklifi bilan kafolat (kafillik) 
shartnomasi tuziladi va kuchga kiradi. Lekin 
makfulun lahu 
(kafldan 
foydalanuvchi) istasa, uni rad eta oladi. «Makfulun ma’ahu» rad 
etmaguncha, kafillik saqlanib qoladi. Demak, makfulun lahu yo‘qligida 
uning qarziga birov kafil bo‘lsa va kafilning xabari unga yetmasdan 
dunyodan o‘tsa, kafil bo‘lishni zimmasiga olgan shaxs kafilligi uchun 
javobgar bo‘ladi. Kafillik taklifi, ya’ni kafillik lafzlari urf-odatga ko‘ra, 
so‘z berish va majburiyat olishga dalolat qiluvchi so‘zlardir. «Kafil 
bo‘ldim», «kafilman», «to‘layman» (zomin bo‘laman) deyilsa, kafil ahdi 
tuzilgan bo‘ladi. Va’da berish bilan ham kafillik bo‘ladi. Masalan, bir 
odam sening qarzingni bermasa, men beraman, desa kafillik bo‘ladi va 
qarz egasi qarzini talab qilganda, qarzdor bermasa, u qarzni kafildan talab 
qiladi. «Bu kundan falon vaqtga qadar kafilman» deyilsa, muqarrar 
kafillik bo‘ladi. Kafillik mutlaq (erkin) holda tuzilishi mumkin bo‘lgani 
kabi, tez yoki muhlatli tarzda ham tuzilishi mumkin. «Shu zahoti» yoki 
«falon vaqtda to‘layman», deb ilovali tarzda ham tuziladi. Kafilga kafil 
bo‘lishlikka ham musulmon huquqshunoslari tomonidan ruxsat berilgan. 
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, bir necha kafilning bo‘lishi joizdir. 
Kafil shaxsga qo‘yilgan talablar.
Kafillik amalga oshishi uchun kafil 
muomala layoqatiga ega bo‘lishi shart. Shunga binoan ruhiy kasal (aqli 
noraso) va yosh bolaning kafilligi noqonuniydir. Agar, yosh bola kafil 
bo‘lib, balog‘at yoshiga yetgach, o‘sha bergan kafilligiga iqror bo‘lsa, uni 
o‘z kuchida qoldirsa ham javobgar bo‘lmaydi. 
Makful anhu 
aqlli va 
balog‘atga yetgan bo‘lishi shart emas. Shunga binoan aqlidan ajragan va 
yosh bolaning qarziga kafil bo‘lmoq durustdir. 
Makful bih 
jonli narsa 
bo‘lsa, ma’lum bo‘lishi shartdir. Agar tovar bo‘lsa, ma’lum bo‘lishi shart 
emas. Shunga binoan, falonchining falonchiga bergan qarziga kafilman 


117
deganda, qarz (
makful bih
)ning miqdori ma’lum bo‘lmasa ham, kafolat 
haqiqiy hisoblanadi. 
Zar kafilda 
makfulun bihi «asl» (qarzdor) tomonidan to‘lab berilishi 
shartdir. Unga ko‘ra, tovarning puliga (qiymatiga), ijara haqiga va boshqa 
barcha to‘g‘ri belgilangan qarzlarga kafil bo‘lish durustdir. Shuningdek
g‘asb qilingan 
(zo‘rlik bilan tortib olingan, talangan) molga ham kafil 
bo‘lish durust bo‘lib, talab qilinganda kafil uning o‘xshashini (turdoshini) 
yoki pulini (haqini) to‘lashga majbur bo‘ladi. Jinoyatga jazo berishda 
jinoyatchi shaxs o‘rniga o‘rinbosari o‘tmaydi. Shuning uchun qasos va 
boshqa shaxsiy (jinoyat) jazolarda kafillik durust emas (o‘tmaydi). Ammo 
jarohat yetkazilganda va qotil zimmasiga tushadigan to‘lov va xun 
haqlarida kafillik o‘tadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə