Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalari


Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi?



Yüklə 47,83 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü47,83 Kb.
#183724
1   2   3   4
Академик ёзув фанидан

Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi?

Til ilm olishda zamon va makon g'ovini o'rtadan ko'taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo'lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o'rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o'zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o'zlashtiramiz va til vositasi bilan o'zgalarga tushuntiramiz. Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o'rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tugldiradi. Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan-avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘zgusidir. Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, histuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o ‘zaro bogianishda borliq haqidagi hukmlami ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.Til insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ij'timoiy hodisadir. Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjuddir. Inson tafakkuri nutq bilan bevosita bog‘langan holda yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd qilinadi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biron-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida faqat til vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, fikrni reallashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab beruvchi quroldir.





Avaz O‘tar — Avaz Polvonniyoz (O‘tar) o‘g‘li (1884.15.8 – Xiva – 1919) — o‘zbek ma’rifatparvar shoiri. Dastlab maktabda, so‘ng Xivadagi Inoqiy madrasasida o‘qidi. 18 yoshlarida shoir sifatida xalq o‘rtasida tanildi.

TIL
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.
G‘ayri tilini sa’y qiling bilgali, yoshlar
Kim ilmu hunarlar rivoji andin ayondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka ani g‘ayrat eting, foydali kondur.
Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni,
Onda o‘quganlar bori yaktoyi jahondur.
Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidin ani bag‘ri to‘la qondur.


Yüklə 47,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə