Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 47,83 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü47,83 Kb.
#183724
1   2   3   4
Академик ёзув фанидан

Axborot nima?

Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma‘lumot ma‘nosini anglatadi.

Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma‘lumotlarga aytiladi.


Inson sezish a‘zolari, texnikada turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma‘lumotlar deb ataladi. Ma‘lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa axborotga aylanadi.
Axborot deganda atrof-muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan), sezgi a‘zolarimiz (ko‘z, quloq, burun, og‘iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma‘lumotni tushunamiz.
Axborot turli-tuman ko’rinishda bo‘lib, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • Matnli axborot;

  • Grafikli axborot;

  • Tovushli axborot;

  • Videolavhali axborot;

  • Belgili axborot ;

  • Raqamli axborot.

AXBOROTNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI:





  • axborotning rеprеzеntativligi ;

  • axborotning mazmundorligi;

  • axborotning yеtarliligi;

  • axborotning aktualligi ;

  • axborotning o’z vaqtidaligi;

  • axborotning aniqligi;

  • axborotning ishonarliligi;

  • axborotning barqarorligi .


3. Axborotning ijobiy va salbiy jihatlari haqida gapiring va misollar bilan izohlang.

“Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko’rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin.


Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tarkibiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar orasida azaldan kurashlar mavjud bo‘lib kelganini va kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada ketishi hech gap emas. Uzoqqa borishning hojati ham yo‘q. 2020 yilda butun dunyoga tarqalgan “Covid-19” virusini misol tariqasida olsak bo‘ladi.


Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, insonni hayvondan farklovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.
Til nima?

TIL — 1) kishilar o‘rtasida, jamiyatda aloqa va o‘zaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy o‘rganish ob’ekti; borlikdagi narsa, hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigannutq a’zolari tomonidan aslidagiday tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga ma’lum va maqbul bo‘lgan tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida birga qo‘shilishi, birikishi haqidagi qoidalar to‘plami. Til — ijtimoiy hodisa, kishilar, jamoalar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasi ekanligi asrlar mobaynida Sharq va G‘arb olimu shoirlari, mutafakkirlari tomonidan ta’kidlab kelinadi.
Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy chambarchasdir. Til belgilari — so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar — moddiy shakllar bo‘lib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha ob’ektiv tarzda o‘z aksini topadi. Shunday kilib, Til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til — jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o‘zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro‘y beradigan barcha voqea hodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi;
Til ayni ma’noda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, lekin tilsiz tafakkurni tasavvur etib bo‘lmaydi. Tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa bo‘lib, insonga borliq voqeahodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud bo‘lmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz o‘ylab turib gapiramiz va yozamiz, o‘z fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo bo‘ladi va unda mustaxkamlanadi, til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.



Yüklə 47,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə