Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Kelishuv xati (Engagement letter)



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#131840
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   183
xalqaro audit (1)

 
Kelishuv xati (Engagement letter)
- auditor tayinlanganligi, auditning maqsadi va 
ko’lami, auditorning mijoz oldida javobgarlik darajasi va har qanday hisobotlarni 
taqdim etish shaklini hujjatlashtiradi va tasdiqlaydi.
 
Kompilyatsiyaviy kelishuv (Compilation engagement) -
kompilyatsiyaviy 
kelishuvda buxgalter o’zining buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimlarini, auditga oid 
bilimlariga qarama-qarshi holda, moliyaviy hisobotni to’plash, turkumlash va 
umumlashtirish uchun qo’llash maqsadida jalb qiladi. 
Kompyuter axboriy tizimlari (KAT) (Computer information systems (CIS)) - 
sub’ekt audit uchun ahamiyatli bo’lgan moliyaviy ma’lumotni qayta ishlash uchun 
har qanday turdagi yoki o’lchamli kompyuterdan foydalanganda, bu kompyuter 
ushbu sub’ekt yoki uchunchi tomondan foydalanishidan kat’i nazar, kompyuter 
axboriy tizimlari muhiti vujudga keladi. 
Kompyuter axborot tizimlarida nazoratning umumiy muolajalari (General 
controls in computer information sistems) 
- barcha ichki nazorat masalalari hal 
etilgan degan ishonch darajasini ta’minlash maqsadida kompyuter axborot tizimlari 
ishi yuzasidan umumiy nazorat asosini barpo etish. 
Kompyuter ma’lumotlar tizimlaridagi amaliy dasturlar yuzasidan nazorat 
muolajalari (Application controls in computer information systems) 

kompyuterlashtirilgan usul yordamida yuritiladigan buxgalteriya hisobining amaliy 
dasturlari yuzasidan alohida muolajalar. Ushbu vositalar barcha operatsiyalarni 
bajarishga ruxsat olinganligi va ular tegishli aniqlik, o’z vaqtida va to’liq hajmda 
aks ettirilganligi va ishlov berilganligi to’g’risida oqilona ishonchni ta’minlash 
uchun buxgalteriya hisobining amaliy dasturlari yuzasidan alohida muolajalarni 
belgilash maqsadida qo’llaniladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə