Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#131840
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183
xalqaro audit (1)

Salbiy fikr (Adverse opinion)
 
- moliyaviy hisobot uchun kelishmovchiliklar 
shunchalik ahamiyatli va chuqurki, bunda auditor o’z hisobotida sharhlar bilan fikr 
bildirishi moliyaviy hisobot to’g’risida noto’g’ri yoki u to’g’risida to’liq 
bo’lmagan tushuncha berib, ma’lumotni yoritish uchun mos emas degan xulosaga 
kelganda, salbiy fikr bildiriladi. 
Moliyaviy hisobot (Financial statements) 
- buxgalteriya balansi, daromadlar va 
xarajatlar yoki foyda va zararlar to’g’risida hisobot, moliyaviy ahvoldagi 
o’zgarishlar to’g’risida hisobot (ular turli usullar bilan taqdim etilishi mumkin
masalan: pul mablag’lari oqimi to’g’risidagi hisobot yoki pul mablag’lari manbai 
va undan foydalanish to’g’risidagi hisobot shaklida), izohlar va boshqa hisobotlar, 
shuningdek moliyaviy hisobotning bir qismi tariqasida ko’riladigan tushuntirish 
materiallar. 
Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot (Summarized financial statements) 

sub’ekt moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining faqat asosiy 
ko’rsatkichlarida manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar guruhiga ma’lumot berish 
maqsadida sub’ekt tomonidan audit qilinadigan yillik moliyaviy hisobotining 
umumlashtiruvchi moliyaviy hisobot tayyorlashi mumkin 
Mohiyati bo’yicha muolajalar (Substantive procedures) 
- moliyaviy hisobotdagi 
ahamiyatli chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida auditorlik dalillarni olish uchun 
bajariladigan testlar. Ular quyidagi ikki turga ajratiladi: 
(a) operatsiyalar va hisobvaraqlar saldosi bo’yicha mufassal testlar; 
(b) tahliliy muolajalar. 
Muvofiqlik (Appropriateness) 
- auditorlik dalillarining sifat o’lchovi, aniq 
tasdiqlashga nisbatan relevantligi va ularning ishonchliligi hisoblanadi.
 
Mufassal tekshiruv (Walk-through test) 
- bir qator operatsiyalarni buxgalteriya 
hisobining barcha tizimi orqali kuzatib boradigan testlardan iborat.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə