Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Istiqbolliy moliyaviy ma’lumot (Prospective financial information)



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#131840
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183
xalqaro audit (1)

Istiqbolliy moliyaviy ma’lumot (Prospective financial information) 
- kelajakda 
sodir etilishi mumkin bo’lgan xodisalar va sub’ekt harakatlari taxmini asosida 
tayyorlangan moliyaviy ma’lumot. Istiqbolliy moliyaviy ma’lumot istiqbolni 
belgilash, baholash yoki ular birligida tayyorlanishi mumkin (“Istiqbolni belgilash” 
va “Istiqbolni baholash”ga qarang).
 
Istiqbolni belgilash (Forecast) 
- sub’ekt rahbariyati tomonidan kutilayotgan sodir 
etilishi mumkin bo’lgan kelgusi xodisalar, shuningdek sub’ekt rahbariyati 
ma’lumot tayyorlash sanasiga amalga oshirishni ko’zda tutgan harakatlarini 
nazarda tutgan holda tayyorlangan istiqbolliy moliyaviy ma’lumot (eng aniq 
ma’lumot).
 
Ichki audit (Internal auditing) 
- sub’ekt tarkibida uning xizmat bo’linmasi sifatida 
tashkil etilgan ishni baholash bo’yicha faoliyat. Boshqa masalalar bilan bir qatorda, 
uning vazifasi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari mosligi va 
samaradorligini tekshirish, baholash va monitoringdan iborat. 
Ichki nazorat tizimi (Internal control system) 
- ob’ekt rahbariyati tomonidan, 
amalda bajarilishi mumkin bo’lgan darajada, ob’ekt rahbariyatining batartib va 
samaradorlik bilan faoliyat ko’rsatishi, jumladan, sub’ekt siyosatiga amal qilinishi, 
aktivlar butligini ta’minlanishi, tovlamachilik va xatolarni oldini olish va
aniqlanishi, buxgalteriya yozuvlarining aniqligi va to’liqligi, shuningdek ishonchli 
moliyaviy ma’lumot tayyorlanishini ta’minlanishiga qaratilgan barcha muolajalar 
va siyosat (ichki nazorat). Ichki nazorat tizimi bevosita buxgalteriya hisobi tizimi 
vazifalariga taalluqli bo’lgan masalalar doirasidan chetga chiqadi. 
Ishonchlilik (Assurance) -
bir tomondan taqdim etilgan va ikkinchi tomondan 
foydalanish uchun qo’llaniladigan tasdiqlashlarning ishonchliligiga nisbatan 
auditorning qoniqqanligini ifodalash tariqasida qaraladi. Bunday ishonchlilikni 
ta’minlash uchun auditor amalga oshirilgan muolajalar natijasida to’plangan 
dalillarni baholaydi va xulosa chiqaradi. Auditorning ishonchlilik darajasi va
binobarin, ta’minlanadigan ishonchlilik darajasi amalga oshirilgan muolajalar va 
ularning natijalari bilan belgilanadi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə