Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar (Related party transaction)



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#131840
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   183
xalqaro audit (1)

Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar (Related party transaction) 
- narxi 
belgilanganligidan qat’i nazar, bog’liq tomonlar o’rtasida bir-biriga zahiralar yoki 
majburiyatlarni o’tkazish. 
Buxgalteriya baholash (Accounting estimate) - 
aniq o’lchov usullari bo’lmagan 
modda summasining yaqinlashtirilgan ko’rsatkichi.
 
Buxgalteriya hisobining keng-qamrovlik asosi (Comprehensive basis of 
accounting) 
- moliyaviy hisobotni tayyorlashda barcha ahamiyatli moddalarga 
nisbatan qo’llaniladigan va mustahkam negizga ega bo’lgan bir qator mezonlardan 
iborat. 
Buxgalteriya hisobi tizimi (Accounting system) 
- operatsiyalar moliyaviy yozuvlar 
usulida qayta ishlanadigan sub’ektning masalalar va hisob yozuvlarining turkumi. 
Bunday tizimlar operatsiyalar va boshqa xodisalar bo’yicha hisobotlarni 
solishtirish, to’plash, hisoblash, turkumlash, ro’yxatga olish, umumlashtirish va 
taqdim etish uchun qo’llaniladi. 
Davlat sektori (Public sector) 
- “davlat sektori” atamasi milliy, hududiy (masalan, 
ma’muriy-hududiy birlik), mahalliy (masalan, shahar, tuman) boshqaruv idoralari 
va boshqa davlat sub’ektlariga (masalan, agentlik, qo’mita, boshqarma va 
korxonalar) taalluqli.
 
Davlat tijorat korxonalari (Government business enterprises) 
- odatda siyosiy 
yoki jamoat maqsadlarni amalga oshiruvchi davlat sektorida faoliyat ko’rsatadigan 
korxonalar. Odatda, ulardan tijorat, ya’ni operatsion xarajat-larning asosiy qismini 
foydalanuvchilar hisobiga qoplash yo’li bilan foyda olish yoki o’z-o’zini qoplash 
asosida faoliyatni amalga oshirish talab qilinadi. 
Etarlilik (Suffirciency) 
- auditorlik dalillarining miqdoriy o’lchami. 
Istiqbolliy baholash (Projection) 



391 
(a) kelajakda albatta sodir etilishi mumkin bo’lmagan xodisalar va ob’ekt 
rahbariyatining harakatlari yuzasidan gipotetik taxminlar, masalan, qaysidir 
ob’ektlar tashkil etish bosqichida yoki faoliyat tavsifiga ahamiyatli o’zgartirishlar 
kiritish imkoniyatini ko’rib chiqayotganda; 
(b) eng aniq va gipotetik taxminlar birligi asosida tayyorlangan istiqbolliy 
moliyaviy ma’lumot. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə