Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Auditorlik tavakkalchiligi (Audit risk)



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#131840
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   183
xalqaro audit (1)

Auditorlik tavakkalchiligi (Audit risk) 
- moliyaviy hisobot ahamiyatli darajada 
yanglish bo’lganda auditor nomuvofiq auditorlik xulosasini berish tavakkalchiligi. 
Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi uch tarkibiy qismdan: ajratib bo’lmaydigan 
tavakkalchilik, nazorat tavakkalchiligi va aniqlanmaslik tavakkalchiligidan iborat 
bo’ladi. 
Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik (Inherent risk) -
tegishli ichki nazorat 
mavjud emas deb taxmin qilinganda, hisobvaraqlar qoldig’i yoki operatsiyalar 
turkumlarining alohida-alohida yoki boshqa hisobvaraqlar qoldig’i yoki 
operatsiyalar turkumlari bo’yicha bir-galikda muhim bo’lishi mumkin bo’lgan 
chalkashliklarga moilligidir. 
Aniqlanmaslik tavakkalchiligi (Detection risk)
- hisobvaraq qoldig’i yoki
operatsiyalar turkumi alohida-alohida yoki boshqa hisobvaraqlar qoldig’i yoki 
operatsiyalar turkumi bilan birgalikda ahamiyatli bo’lishi mumkin yanglishlar 
auditorlik muolajalar amalga oshirilganda aniqlanmaslik tavakkalchiligi. 
Nazorat tavakkalchiligi (Control risk) - 
hisobvaraqlar qoldig’i yoki operatsiyalar 
turkumida mumkin bo’lgan chalkashliklar (ular alohida yoki boshqa hisobvaraqlar 
qoldig’i yoki operatsiyalar turkumi bilan birgalikda ahamiyatli bo’lishi mumkin) 
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari tomonidan o’z vaqtida oldi 
olinmaslik yoki aniqlanmaslik va tuzatilmaslik tavakkalchiligi. 
Auditorlik tanlab olish (Audit sampling) 
- auditorga tanlab olish yig’indisi 
bo’yicha xulosa shakllantirish yoki shakllantirishga yordam berish maqsadida 
tanlab olingan moddalarning ayrim tavsiflariga nisbatan auditorlik dalillarini olish 
va baholash uchun 100%dan kam bo’lgan hisobvaraq saldosi yoki operatsiyalar 
turkumi doirasiga auditorlik muolajalarini qo’llashdan iborat. 
Stratifikatsiya (Stratification) 
- har biri majmuining bir-biriga o’xshash 
tavsiflarga (ko’proq pul qiymatida) ega tanlab olish quyi majmuini birlik guruhiga 
bo’lish jarayoni. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə