Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#131840
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   183
xalqaro audit (1)

1-ILOVA 
 
XALQARO AUDIT STANDARTLARIDAGI ATAMALAR 
Audit (Audit) -
moliyaviy hisobot auditining maqsadi auditorga moliyaviy hisobot 
barcha muhim jabhalari bo’yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid 
belgilangan kontseptual asosga muvofiq tayyorlanganligi yuzasidan xulosa (fikr 
bildirish) berish imkoniyatini taqdim etishdan iborat. Auditorlik xulosasini 
tayyorlashda quyidagi ma’nosi bir-biriga teng bo’lgan “to’g’ri va haqqoniy aks 
ettiradi” yoki “barcha muhim jabhalari bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan” degan 
jumlalardan foydalaniladi. Tegishli mezonlarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy 
yoki boshqa ma’lumotlarni audit qilishda ham xuddi shunday maqsad ko’zda 
tutiladi. 
Audit dasturi (Audit program)
- auditning umumiy rejasini amalga oshirish uchun 
rejalashtirilgan auditorlik muolajalari tavsifi, muddati va hajmini belgilovchi audit 
dasturi. Audit dasturi auditda ishtirok etayotgan auditorning yordamchisi uchun 
yo’riqnomalar to’plami hamda ishni tegishli ravishda bajarish va uni aks ettirish 
yuzasidan nazorat qilish usuli sifatida xizmat qiladi. 
Audit ko’lami (Scope of an audit) - 
ushbu atama aniq vaziyatlarda audit 
maqsadiga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan auditorlik 
muolajalariga taalluqli. 
Auditor (Auditor) 
- audit uchun yakuniy mas’uliyatga ega bo’lgan shaxs. Ushbu 
atama, shuningdek, auditorlik firmasi uchun ham qo’llaniladi. (Soddalashtirilish 
maqsadida Auditning xalqaro standartlarida “auditor” atamasi auditorlik xizmatlari 
bilan bir qatorda, amalga oshirilishi mumkin bo’lgan kasbga doir xizmatlarni 
yoritishda ham qo’llaniladi. Ushbu ta’rif kasbga doir xizmatlarni bajaruvchi shaxs 
albatta sub’ekt moliyaviy hisobotining auditori bo’lishi lozim degani emas). 
Asosiy auditor (Principial auditor) - 
sub’ektning bir yoki undan ko’proq tarkibiy 
qismlari bo’yicha moliyaviy ma’lumotdan iborat bo’lgan moliyaviy hisobot 
bo’yicha
 
boshqa auditor tomonidan audit o’tkazilgan holatlarda sub’ektning ushbu 
moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik hisoboti tayyorlash uchun mas’ul bo’lgan 
auditor.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə