Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#131840
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   183
xalqaro audit (1)

 
Boshqa auditor (Other auditor) - 
asosiy auditordan farqlanadigan va asosiy 
auditor tomonidan audit o’tkazilgan moliyaviy hisobotga kiritilgan sub’ektning 
tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy ma’lumot bo’yicha hisobot tayyorlashga mas’ul 
bo’lgan auditor. “Boshqa auditorlar” tushunchasiga xuddi shu yoki boshqa nom 
bilan ataladigan affiliilangan firmalar, korrespondent firmalar, shuningdek ushbu 
kompaniya bilan bog’liq bo’lmagan auditorlar kiradi. 
Oldingi auditor (Predecessor auditor) - 
oldin sub’ektning auditori bo’lgan va 
keyinchalik boshqa auditorga almashtirilgan auditor.
 
Tashqi auditor (External auditor) - 
lozim bo’lganda “tashqi auditor” va “tashqi 
audit” atamalari “tashqi auditor”ni “ichki auditor”dan, tashqi audit jarayonida 
amalga oshiriladigan faoliyatni ichki auditda amalga oshiriladigan faoliyatidan 
ajratish uchun qo’llaniladi. 


389 
Xodimlar (Personnel) - 
o’z tarkibiga firmaning auditorlik faoliyatiga jalb qilingan 
barcha hamkorlar va xodimlar jadvalidagi kasbiy xodimlarni kiritadi. 
Auditorlik dalil (Audit evidence) 
- auditorlik xulosasi asoslanadigan xulosalarni 
shakllantirish jarayonida auditor tomonidan olinadigan
ma’lumotdir. Auditorlik dalillar moliyaviy hisobot asosida yotadigan dastlabki 
hujjatlar va hisob yozuvlaridan hamda boshqa manbalardan olingan tasdiqlovchi 
ma’lumotlardan iborat bo’ladi.
 
Auditorlik firmasi (Audit firm) 
- auditorlik xizmatlarini ko’rsatadigan sub’ekt yoki 
firma, jumladan, tegishli ravishda uning hamkorlari yoki amaliyot bilan 
shug’ullanadigan alohida auditorlar. 
Auditorning yordamchilari (Assistants) 
- alohida auditni o’tkazish uchun jalb 
qilingan, ammo auditor bo’lmagan xodimlar. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə