Aksiyadorlar jamiyati


Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə2/6
tarix04.06.2022
ölçüsü127,5 Kb.
#88790
1   2   3   4   5   6
Aksiyanerlik jamiyati

Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O'zbekiston Respublikasi Hukumat Portali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo'lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta'minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari etib belgilansin:
xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;
eski bo'linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo'linma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish;
aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta'minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish;
etakchi xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb qilish.
2. Faoliyat ko'rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini tanqidiy o'rganish natijalariga ko'ra, 364 aksiyadorlik jamiyati nochor va tugatilishi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi lozim, deb topilgani ma'lumot uchun qabul qilinsin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ 2327-sonli qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi (R.Azimov) qayd etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish jarayonini 2015-yilning 1-oktabriga qadar tugatish ustidan qat'iy nazorat o'rnatsin.
3. Yetakchi xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o'rganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma'qullansin.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi:
O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, boshqa manfaatdor idoralar va aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari bilan hamkorlikda uch oy muddatda aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasini ularning tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda, namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirishni ta'minlasin;
davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibini uch oy muddatda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va prinsiplari, menejment va marketingni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ularni ishlab chiqarishni boshqarish tizimida qo'llay bilishi bo'yicha attestatsiyadan o'tkazsin;
attestatsiya yakunlari bo'yicha bo'shagan lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xorijiy menejerlarni jalb etish choralarini ko'rsin.
4. O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga «Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori»ga aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasidan kelib chiqadigan zarur o'zgartishlar kiritish haqida takliflar taqdim etsin.
5. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining Germaniya hamda boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarning yetakchi ta'lim muassasalarini jalb etgan holda, tugatiladigan Oliy biznes maktabi negizida Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazini tashkil etish, uning zimmasiga korporativ boshqaruvning tashkiliy shakllari va zamonaviy uslublarini joriy qilishni metodik ta'minlash, shuningdek, xalqaro talab va standartlarga muvofiq ushbu sohada boshqaruv xodimlarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish vazifasini yuklash to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazini tashkil etish to'g'risidagi qarorni belgilangan tartibda qabul qilsin va uning vazifalari, tuzilmasi, tinglovchilarni qabul qilish kvotasi, shuningdek, markazning samarali faoliyatini ta'minlash choralarini belgilasin.
6. Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi Dasturga kiritilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini tizimli asosda nazorat qilinishini ta'minlasin.
7. Shunday tartib o'rnatilsinki, unga ko'ra, 2015-yil 1-iyuldan:
aksiyadorlik jamiyati ijro organining rahbarini tayinlash to'g'risidagi qaror, odatda, xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo'lgan tanlov asosida qabul qilinadi;
aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar xo'jalik sudiga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgani haqida da'vo arizasi bilan murojaat qilganda, ularga davlat bojini to'lash muddati uzaytiriladi va bu boj aybdor tomonidan undiriladi;
8. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Germaniya hamda boshqa rivojlangan davlatlarning muvaffaqiyatli tajribasi asosida 2015-yil 1-avgustga qadar Korporativ boshqaruv kodeksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda yagona hujjatda:
korporativ boshqaruvning ilg'or uslublarini joriy etish bo'yicha tavsiyalar, jumladan, uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan samarali o'zaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko'lami, tarmoq xususiyatlari va yo'nalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish.
9. 2015-yilning 1-iyulidan aksiyadorlik va boshqa xo'jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat'i nazar, «davlat» so'zidan foydalanishga yo'l qo'yilmasligi;
2015-2018-yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o'tkazishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015-yilning 1-iyuliga qadar aksiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlasin.
10. Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to'lash fondidan yagona ijtimoiy to'lov to'lash;
xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig'i, to'lov manbaidan olinadigan daromad solig'i, shuningdek, fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga to'lanadigan majburiy sug'urta badallaridan ozod etilsin.
11. O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o'zgartish hamda qo'shimchalar kiritish haqida takliflar taqdim etsin.
12. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun qabul qilingani munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalariga bag‘ishlangan tadbirda tegishli vazirliklar xodimlari, Toshkent shahri va viloyatidagi aksiyadorlik jamiyatlari vakillari, tadbirkorlar va ekspertlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi B.Iminov, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari S.G‘afforov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida xususiylashtirish shakl va uslublari takomillashib, xususiy mulk egalari safi tobora kengayib borayotganini ta’kidladi. Xususan, keyingi yillarda 30 mingdan ortiq davlat korxonasi xususiylashtirildi. Hozir yurtimizda 1,2 milliondan ortiq aksiyador faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 1 ming 200 ortiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan.
Mazkur qonun loyihasi amaldagi qonun normalarini aniqlashtirish asosida yurtimizda korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirish, aksiyadorlarni, ayniqsa, qo‘lida aksiyasi kam bo‘lgan hissadorlarni huquqiy himoyalash, aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv va nazorat organlarining ahamiyatini oshirish hamda bo‘lajak investorlarni kompaniyaning faoliyatiga oid axborotlarni olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish bilan bog‘liq munosabatlarni ham tartibga soladi.

Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə