Aksiyadorlar jamiyati


Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə4/6
tarix04.06.2022
ölçüsü127,5 Kb.
#88790
1   2   3   4   5   6
Aksiyanerlik jamiyati

Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish

Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organi hisoblanadi.

«Aksiyadorlik jamiyatlari» to‘g‘risidagi qonunda jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishi shart qilib belgilab qo‘yilgan. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat nizomida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning yillik hisoboti va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatlari ko‘rib chiqiladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:



  • jamiyat nizomiga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi nizomini tasdiqlash;

  • jamiyatni tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;

  • jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;

  • e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;

  • jamiyatning nizom fondini ko‘paytirish;

  • jamiyatning nizom fondini kamaytirish;

  • agar jamiyat nizomiga ko‘ra jamiyat ijroiya organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va.h.k.), uning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, ana shu masalalarni hal qilish;

  • jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;

  • jamiyatning yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlarning hisob varag‘ini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi bo‘yicha aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyat nizomida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishga haqli emas. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari «Aksiyadorlik jamiyatlari» to‘g‘risidagi qonunda va jamiyat nizomida nazarda tutilgan tartib hamda muddatlarda aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi, biroq bu muddat ana shu qarorlar qabul qilingan sanadan e’tiboran 45 kundan oshmasligi kerak. Agar aksiyador uzrli sabablarga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan bo‘lsa, u aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati esa reestrning jamiyat kuzatuv kengashi belgilaydigan sanaga doir ma’lumotlar asosida tuziladi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxatini tuzish sanasi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan oldin va umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan 60 kundan oldin belgilanishi ta’qiqlanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar aksiyadorlarga ularning nomiga yozma xabarnoma yuborish va matbuotda tegishli axborot e’lon qilish orqali ma’lum qilinadi. Jamiyat umumiy yig‘ilish o‘tkazish haqida aksiyadorlarni ommaviy axborot vositalari orqali qo‘shimcha xabardor qilishi mumkin. Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarga xabar qilish muddati jamiyat nizomida belgilab qo‘yilgan.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda quyidagilar o‘z ifodasini topishi mumkin:



  • Jamiyatning nomi va joylashgan manzili;

  • Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;

  • Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati tuzilgan sana;

  • Umumiy yig‘ilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar;

  • Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot bilan aksiyadorlarni tanishtirish tarkibi kuzatuv kengashi.


Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə