Aksiyadorlar jamiyati


Aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə3/6
tarix04.06.2022
ölçüsü127,5 Kb.
#88790
1   2   3   4   5   6
Aksiyanerlik jamiyati

Aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish
Jamiyatni yangidan ta’sis etish yo‘li bilan tuzish muassislarning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror ta’sis yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolg‘iz o‘zi qabul qiladi. Jamiyat muassislari uni tuzish to‘g‘risida o‘zaro ta’sis shartnomasini imzolaydi, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibi, jamiyat nizom fondining miqdori, muassislar o‘rtasida joylashtirilishi kerak bo‘lgan aksiyalarning xillari va turlari, ular uchun to‘lanadigan haq miqdori va bu haqni to‘lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yiladi.

Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalariga hamda jamiyatni ta’sis etish, jamiyat nizomini tasdiqlash, jamiyatni boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarni aks ettirishi mumkin. Jamiyatni ta’sis etish, uning nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi va muassis tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to‘lash uchun topshirilayotgan qimmatli qog‘ozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa huquqlarning pulda baholanishini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.

Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Korxona chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona deb hisoblanishi hamda qonunchilik bilan bunday toifadagi korxonalarga berilgan imtiyozlarga ega bo‘lishligi uchun quyidagi shartlarga javob berishi lozim:


  1. Korxona nizom fondi 150 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmasligi;

  2. Korxona muassislaridan biri, albatta, chet ellik huquqiy shaxs bo‘lishligi;

  3. Chet el investitsiyasining ulushi korxona nizom fondining 30%idan kam bo‘lmasligi shart

Sanab o‘tilgan talablarga javob bermaydigan korxonalar chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona maqomiga ega bo‘lmaydilar. Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 mart №134 - qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi va viloyatlar adliya boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tadilar.

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo‘lgan organ tomonidan qabul qilinadi. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan huquqiy va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamiyat muassislari bo‘lishi mumkin emas. Jamiyat muassislari jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar uning tuzilishi bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo‘ladilar. Jamiyat muassislari uni tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlarini keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo‘ladi.

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi bo‘ladi. Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni taqsimlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Yopiq turdagi jamiyat muassislari o‘rtasida aksiyalarni taqsimlash ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi):
- aksiyadorlik jamiyati ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va uning nizomini tasdiqlaydi;
- aksiyalarga ortiqcha obunani qabul qiladi yoki rad etadi;
- aksiyalarga ortiqcha obuna qabul qilingan taqdirda nizom fondi tegishli ravishda ko‘paytiriladi;
- ta’sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
- chiqarilayotgan aksiyalar xillari va turlarini hamda ularning sonini belgilaydi;
- jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini saylaydi.
Ta’sis yig‘ilishida ovoz berish muassislar qo‘shgan hissalariga muvofiq o‘tkaziladi. Ta’sis yig‘ilishi qarorlarni oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qiladi. Ta’sis shartnomasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotgan hollar bundan mustasnodir, bunda barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilmaydi.
Ta’sis yig‘ilishi tasdiqlagan nizom yoki ta’sis shartnomasi va nizom yohud faqat ta’sis shartnomasi jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi.
Jamiyatning nizomida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:


  • Firmaning to‘liq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan manzili;

  • Faoliyat sohasi, maqsadi va muddatlari;

  • Nizom fondining miqdori;

  • Nizom fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish tartibi;

  • Chiqarilayotgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati;

  • Daromadning dividendlarni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi;

  • Zahira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;

  • Jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;

  • Jamiyat boshqaruvining tuzilishi, ijroiya va nazorat organlari a’zolarining soni, ularni saylash tartibi, organlarning vakolatlari;

  • Yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;

  • Jamiyatni qayta tuzish va tugatish tartibi.

Jamiyat qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Jamiyat ro‘yxatdan o‘tish uchun ro‘yxatga oluvchi organga nizomni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’sis hujjatlarini taqdim etadi. Jamiyat tuzishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ta’sis hujjatlari qonunga muvofiq kelmasligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Xo‘jalik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi yuzasidan sudga shikoyat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44 - moddasida davlat ro‘yxatiga oluvchi organ huquqiy shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan davlat ro‘yxatiga olishni rad etishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 11 - moddasi 3-qismida ariza beruvchi mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatidan norozi bo‘lgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilgan taqdirda u belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli ekani belgilab qo‘yilgan. Sud ariza beruvchini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish haqidagi da’vo arizalarini ko‘rishda har bir ishning holatiga, birinchidan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish holatiga baho berib, yyetkazilgan zarar, shu jumladan, ariza beruvchiga yetkazilgan ma’naviy zarar mutanosibligi va ularni undirish va qoplash miqdorlari oqilona bo‘lishligini ta’minlashi lozim. Jamiyatning qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina amalga oshiriladi.

Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uzog‘i bilan olti oygacha bo‘lgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi, kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi va ijroiya organi to‘g‘risidagi, faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatining ko‘rsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tarјibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlashi kerak.


Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə