Aksiyadorlar jamiyati


- rasm. Aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil qilish va tugatish



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə6/6
tarix04.06.2022
ölçüsü127,5 Kb.
#88790
1   2   3   4   5   6
Aksiyanerlik jamiyati

2.8 - rasm. Aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil qilish va tugatish

Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga oshirishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarini ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi, bo‘lish balansini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani havola etadi. Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlashni o‘tkazish tartibi, bo‘lish balansini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.

Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta jamiyat ajralib chiqqanda ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bo‘lish balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi. Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda boshqa har qanday xo‘jalik jamiyati yoki shirkatga aylanishga haqli.

Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi hukmiga jamiyatni qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va shartlari haqidagi masalalar havola etiladi. Qayta tuzilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qayta tuzish to‘g‘risida, qayta tuzishni amalga oshirishning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga keltirilayotgan huquqiy shaxsning qatnashchilari o‘zlarining qo‘shma majlislarida uning ta’sis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq boshqaruv organlarini saylash to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.

Jamiyat qayta tuzilganda qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari o‘tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan huquqiy shaxsga o‘tadi. Jamiyatni tugatish esa uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda jamiyat faoliyatining to‘xtatilishiga olib keladi. Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining hukmiga jamiyatni tugatish va tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risidagi masalani havola etadi. Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida tugatish komissiyasining tugatish haqidagi qarori qabul qilinadi.

Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tiboran, jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha vakolatlar tugatish komissiyasiga o‘tadi. Tugatish komissiyasi tugatilayotgan jamiyat tomonidan sudda ishtirok etadi. Agar davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lsa, tugatish komissiyasi tarkibiga davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi. Bu talab bajarilmagan taqdirda jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ tugatish komissiyasi tayinlanishiga rozilik berishga haqli emas. Jamiyatni tugatish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Tugatish komissiyasi huquqiy shaxslarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq ma’lumotlar e’lon qilinadigan matbuot organlarida jamiyatning tugatilishi, kreditorlarning talab qo‘yish tartibi va muddatlari to‘g‘risida xabar e’lon qiladi. Kreditorlarning talab qo‘yish muddati jamiyat tugatilishi to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Agar tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtga kelib jamiyat o‘z kreditorlari oldida majburiyatlarga ega bo‘lmasa yoki kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bo‘lingandan keyin tugatilayotgan jamiyatning qolgan mol-mulki tugatish komissiyasi tomonidan aksiyadorlar o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha taqsimlanadi:


      • birinchi navbatda qaytarib sotib olinishi lozim bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi;

      • ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha yozilgan, biroq to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat nizomida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha belgilangan tugatish qiymatini to‘lash amalga oshiriladi;

      • uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy aksiyalari bor barcha turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash amalga oshiriladi.

2. Mol-mulkni har bir navbat tartibi bo‘yicha taqsimlash avvalgi nabat tartibi bo‘yicha mol-mulk to‘liq taqsimlab bo‘linganidan keyin amalga oshiriladi. Agar jamiyatning mavjud mol-mulki yozilgan, biroq to‘lanmagan dividendlar va jamiyat nizomida belgilangan tugatish qiymati bir turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish barcha aksiyadorlarga etarli bo‘lmasa, mol-mulk ana shunday turdagi imtiyozli aksiyalar egalari bo‘lmish aksiyadorlar o‘rtasida, ularga qarashli shu turdagi aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Chet ellik investor mol-mulkni tugatish qiymatining o‘zi olgan qismini belgilangan tartibda ayirboshlashga haqlidir.

Qonun huquqiy shaxslarni qo‘shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etishni vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirishi mumkin. Yangi tuzilgan huquqiy shaxslar davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi. Jamiyat boshqa jamiyatga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etilganida davlat ro‘yxatga olish organi qo‘shib yuborilgan jamiyat o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqidagi yozuvni huquqiy shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan e’tiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.


5. Aytaylik, siz aksiyadorlik korxonasini tuzayapsiz va ta’sischi sifatida 1 mln. dollar mablag‘ kiritdingiz. Yiliga har bir aksiya dividendi 8 dollarni tashkil qiladi. Bank foiz darajasi 4%ga teng. Barcha chiqarilgan aksiyalar sotilgan. Har bir aksiya kursi qanday bo‘ladi? Agar nominal bahosi 100 dollar bo‘lgan 10000 dona aksiya chiqarilgan bo‘lsa, ta’sischilar foydasi qancha bo‘ladi? Agar ta’sischilar 4 ming aksiyaga ega bo‘lsalar, unda umumiy aksiyalar kurs qiymatining qanchasi ularga taalluqli bo‘ladi? U holda ular qancha miqdorda ta’sischilar foydasiga ega bo‘ladilar?
6.”Azot” ishlab chiqarish birlashmasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilmoqda. Sof foydadan 25%ini dividend sifatida to‘lash ko‘zda tutilmoqda, bu 200 million so‘mga teng. Dividendning raqobat normasi 250% ga teng. Aksiyadorlik jamiyatining nizom fondini aniqlang. Agar har bir aksiyaga dividend 10 ming so‘m bo‘lsa, kompaniya qancha aksiya chiqarishi kerak?
7. Investorlar tadbirkorlar uchun besh yil muddatga uchta loyihani taklif etmoqdalar. Foiz me’yori 5 yil davomida, bir xil bo‘lishi ko‘zda tutilgan va u 20%ga teng. Qaysi loyiha samaraliroq? Boshqa loyihalardan uning samaradorligi qancha yuqori?
Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə