Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining to‘rtinchi konsepsiyasi XX asr falsafasiga xos



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə50/341
tarix21.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#129553
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   341
Àl âukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi 2

Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining to‘rtinchi konsepsiyasi XX asr falsafasiga xos. Bu erda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi o‘ringa qo‘yildi. Bu materiyaga narsalar va hodisalar butun rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat – substansiya sifatida yondashuvdir. Materiyaga obektiv borliq sifatida qarala boshlandi. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslikda yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tushunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish yo‘lidan emas, balki unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi va yangi xulosalarni kiritish yo‘lidan borishni taklif qildilar. Materiyaning tuzilishi haqidagi har qanday fizik yondashuvlar xususiy jihatini hisobga oladi, bunda butun borliq emas, balki uning ayrim jihatlarinigina tahlil qilish nazarda tutiladi.
Materiyaning falsafiy talqini butun predmetli borliqni qamrab oladi va umumiylik belgisiga ega. U butun obektiv borliqni to‘liq ifodalaydi. Umumiylik belgisiga suyanuvchi materiyaning falsafiy talqini amalda eskirishi mumkin emas, chunki u insonning tashqi dunyoni aks ettirishga qaratilgan qobiliyatini ifodalaydi. Materiyaning xossalari, tuzilishi va turlari haqidagi fizik yondashuvlar muqarrar ravishda eskiradi va o‘zgaradi. Bundan materiya emas, balki materiya haqidagi bilimlarimizning kechagi chegarasi yo‘q bo‘ladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Materiyaga oid turli konsepsiyalar shaklangan. Materiyaning substansional konsepsiyasi uni yaratib ham, yo‘q qilib ham bo‘lmasligini, uning mavjudligi va o‘zgarishining tashqi sabablari mavjud emasligini ko‘rsatadi. Ushbu tarif barcha narsalar materiyaning substansiyasi deb bilishga asoslanadi.
Materiyaning substrat konsepsiyasida ilk materializm namoyandalari materiyani substrat sifatida tushunishga asos solganlar: ular materiyani barcha mavjud narsalarni yaratishga asos bo‘luvchi substrat (lot. substratum – asos, zamin), material, modda sifatida talqin qilganlar. Bu substrat boqiy, uni yaratib va vayron qilib bo‘lmaydi, deb taxmin qilingan. Ammo ularning hissiy idrok etiladigan ayrim moddalar (suv, Yer va boshqalar)ga umumiy substrat sifatida qarashga urinishlari juda sodda va ishonarsiz bo‘lgan.
Materiyaning genetik-kontrast konsepsiyasi, uni faqat ongga qarshi qo‘yish yo‘li bilan tariflashga asoslanadi. Ushbu tarif Russoning bu sohadagi mushohadalari yoki G.V.Plexanovning: «Ruh»ga zid o‘laroq, sezgi organlarimizga tasir ko‘rsatish orqali bizda muayyan his-tuyg‘ular uyg‘otuvchi narsa «materiya» deb ataladi», degan tezisi asosida mavjud bo‘lishi mumkin.
Materiyaning atributiv konsepsiyasi uni biron-bir substrat bilan emas, balki atributlar majmui: makon, vaqt, harakat, sifat, miqdor bilan tenglashtiradi. Yuqorida materiyaning substrat konsepsiyalarida bilish obektining modeli muhim rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tildi. Bu jihatdan materiyaning falsafiy konsepsiyalari ilmiy nazariyalar bilan o‘xshash. Zero bu nazariyalarni ishlab chiqish doim ular o‘rganuvchi narsalar va jarayonlarning nazariy modellarini yaratish bilan bog‘liq. Ammo fanda model obektlarning muayyan turkumini bilish vositasi bo‘lib xizmat qilsa, ontologiyada har qanday obektlarni bilish vositasi bo‘lishga qodir bo‘lgan «umuman bilish obekti»ning modeli tuziladi.
Materiyaning dialektik konsepsiyasi XIX-XX asrlar chegarasida shaklandi. Materiyani dialektik tushunish uni bilishga nisbatan falsafiy va ilmiy yondashuvlarning birikuvi natijasida vujudga keldi. Zero, bir qator yirik olimlar (Gelmgols, Darvin, Mendeleev, Plank, Eynshteyn, Bor va boshqalar)ning asarlarida materiyaning dialektik talqinini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyalar ilgari surildi.
Materiyaga substrat sifatida yondashishga asoslangan konsepsiyalarning barchasi bir umumiy kamchilikka ega: u mazkur konsepsiyalarning tarixiy cheklanganligini belgilaydi va ilmiy bilishning rivojlanishi natijalari bilan ularning nomuvofiqligini muqarrar qilib qo‘yadi.
Gap shundaki, ularda materiya uning bir (yoki bir nechta) turi – suv, atomlar va hokazolar bilan bog‘lanadi, materiyaning bu turi dunyoda mavjud bo‘lgan barcha narsalarning birlamchi, universal, mutlaq asosi deb elon qilinadi. Fan mazkur materiya turining mavjudligi bilan belgilangan hodisalarni o‘rganish bilan mashg‘ul ekan, ko‘rsatilgan kamchilik sezilmaydi va uning rivojlanishiga jiddiy moneliklar tug‘dirmaydi. Ammo materiyaning yangi turlari, shakllari va holatlarining kashf etilishi darhol bu turga narsalarning birdan-bir, umumiy va universal asosi sifatida qaraydigan substrat konsepsiyasining torligini namoyon etadi. Shunda uni yangi, kengroq konsepsiya bilan almashtirish zaruriyati tug‘iladi. Materiyaning har qanday substrat konsepsiyasi o‘z qo‘llanish chegarasiga ega va fanning rivojlanish jarayonida u ertami-kechmi aniqlanadi.
Fan taraqqiyoti materiyaning substrat konsepsiyasi asossiz ekanligini namoyish etib, falsafaga dialektikadan saboq berdi. Bu saboq ilmiy bilishning rivojlanish mantig‘iga mos keluvchi ontologik konsepsiyani yaratish uchun izchil dialektik fikrlash zarurligini yana bir karra tasdiqladi. Substrat konsepsiyalari dialektik xususiyatga ega emas. Ular narsalarda qanday o‘zgarish yuz bermasin, ularning substrati o‘zgarishsiz qolishini nazarda tutadi.
Materiyani dialektik tushunish uning bitmas-tuganmasligi, yani materiya turlari, shakllari, holatlarining Cheksiz rang-barangligi mavjud ekanligi haqidagi g‘oyaga olib keladi.
XIX-XX asrlar chegarasida atomlarning parchalanishini o‘rganish materiyaning ilgari malum bo‘lmagan turi – elementar zarralar kashf etilishiga olib keldi. SHunday qilib, atomlar parchalanganda materiya yo‘q bo‘lmasligi, balki faqat bir shakldan boshqa shaklga o‘tishi aniqlandi.
Hozirgi zamon fizikasida ham moddiy obektlarning yangi turlari aniqlanmoqda. Fiziklar mikrodunyoni o‘rganish jarayonida fizik bo‘shliq, virtual zarralar, kvarklar kabi g‘ayrioddiy obektlarga duch kelmoqdalar. Megadunyo (ulkan kosmik miqyosdagi dunyo) sari harakatlanib, ular bu erda protoyulduzlar, kvazarlar, «qora» va «oq» tuynuklarni kashf etmoqdalar.
Fikrlashning dialektik metodi fanning rivojlanish tajribasiga tayanadi va shu bilan bir vaqtda bu tajriba uni yanada rivojlantirishga tatbiq etadi.
Shunday qilib, materiyaning dialektik talqini uni materiyaning biron-bir turi bilan bog‘lashdan xoli. U materiya, uning shakllari va holatlarining Cheksiz darajada rang-barangligini nazarda tutadi va ularning barchasi o‘zgaruvchan va o‘tkinchi ekanligini qayd etadi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə