Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Materiya tushunchasining vujudga kelishi va uning funksiyalari. “



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə46/341
tarix21.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#129553
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   341
Àl âukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi 2

Materiya tushunchasining vujudga kelishi va uning funksiyalari. “Materiya” atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan manoni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida “materiya” tushunchasining mazmuni bir necha marta o‘zgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.
Hamma narsalarning asosi bo‘lgan birinchi modda haqidagi tasavvur materiya bilan bog‘langan. Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning substrati sifatida namoyon bo‘lgan.
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi.
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining bosqichlari
I bosqich. II bosqich. III bosqich. XVIII-
XIX asrlar
Antik falsafa XVI-XVII asrlar metafizik
Materiya birlamchi Materiya muayyan Materiya inson sezgi

material (suv, o‘zgarmas xossalar a’zolari orqali idrok olov, atom va sh.k.) yig‘indisi etishga qodir bo‘lgan
sifatida sifatida ob’ektiv borliq sifatida
IV bosqich. Hozirgi zamon falsafasi
ob’ektiv borliqni ifodalash uchun mo‘ljallangan falsafiy kategoriya bo‘lib,

uni inson o‘z sezgi a’zolari orqali idrok etadi, uni tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin bunda materiya insondan qat’i nazar mavjuddir
Birinchi bosqich antik falsafa davrini qamrab oladi. Falsafa tarixida materiya haqidagi dastlabki tasavvurlar «stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o‘z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining Cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o‘ziga xos narsadan izlaydi. Antik qarashlarga ko‘ra materiya – jismlar va narsalarning o‘zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha narsalarning asosi deb elon qilgan. Geraklit Quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olov hamma narsaning asosi deb hisoblagan.
Qadimgi yunon faylasuflari orasida Anaksimandr o‘zining materiya haqidagi fikr-mulohazalari bilan alohida ajralib turadi. Uning uchun materiya yoki birinchi modda sezish mumkin bo‘lgan konkret jism emas, balki ayrim nomuayyan o‘zgaruvchi mohiyatga ega bo‘lgan apeyrondir. Atomistlarda materiya tabaqalashgan substrakt ko‘rinishini kasb etadi.
Materiyaning birinchi ilmiy konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.

Demokrit barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat, degan g‘oyani ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan to‘qnashib, birbiriga yopishib va bir-biri bilan birikib, biz ko‘radigan narsalarni hosil qilgan. Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil etuvchi atomlar shakli, kattaligi, o‘zaro joylashuvi va harakatiga bog‘liq. Bu barcha narsalarni tavsiflash va tushuntirishga asos qilib yagona umumiy sxemani – bilish obektining har qanday obektni atomlar birikmasi sifatida aks ettiruvchi modelini olish imkonini beradi. Shunday qilib, antik faylasuflar nuqtai nazaridan, materiya – bu barcha narsalar asosi. Odatda bular qadimgi donishmandlarning farazlari bo‘lgan va ularning materializmi o‘ta sodda xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar borliqni kuzatish natijasi, tabiatni eksperimental o‘rganish mavjud emasligi mahsuli bo‘lgan.
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yig‘indisi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular shakli, katta-kichikligi, og‘irligiga ko‘ra har xil, lekin bo‘linmas va yo‘q bo‘lmasdir. Obektlarning rang-barangligi atomlar konfiguratsiyasining turliligi bilan izohlanadi.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə