Alimboyeva dilfuza



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#136882
  1   2   3   4
Alimboyeva Dilfuza

Alimboyeva DILFUZA


Koinot to’g’risida hozirgi zamon tushunchalari
REJA: 
1. Koinotning paydo bo`lishi to`g`risida ilmiy farazlar.
2. Koinotning "boshi" va "oxiri" muammolari.
3. Astronomiya, kosmologiya va kosmonavtika. Inson va Koinot.
Inson asrlar mobaynida Koinot va Yer qanday paydo bo`lganligiga qiziqib kelgan. Koinot - ob'ektiv borliq, zamon va makon bilan cheklanmagan. Koinot cheksiz ko`p kosmik jismlardan tashkil topgan bo`lib, ular Yerga qaraganda bir necha million marta kattadir. Ob'ektiv borliq olamda sodir bo`ladigan hodisa va jarayonlar o’zaro bog`liq,. Ular ob'ektiv reallik fazo va vaqtda rivojlanadi. Koinotdagi aloqalarga bo`ysinadigan qonuniyatlarni, fazo va vaqtni o`rganish tabiiyotngunoslikning asosiy vazifasidir.
Inson o`zi yashab turgan joy va uni atrofini, ko’zga tashlanib turgan osmondagi jismlarni Koinot deb tushungan. Koinotni to’g’ridan-to’g’ri tajriba (kuzatish) yo’li bilan tekshirib bo`lmaganligi tufayli u turli vositalar yordamida olingan ma'lumotlarni ekstropolyasiya qilish yo’li bilan bilvosita o`rganiladi. Natijada, Koinotni tuzilishi va rivojlanishi, shuningdek vaqt o’tishi bilan uning o`zgarishini tasvirlab beruvchi model (sxema) yaratiladi.
Jamiyat tarraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat Koinotning biror chegaralarini o`rgangan. Ilmiy tekshirish usullari astronomik asboblar borgan sari takomillashgan, natijada tadqiqotlar yanada chuqurroq, bilimimiz haqiqatga yanada yaqinroq bo`lib borgan.
XVIII - XIX asrlarda kosmogonik gipotezalar asosan, quyosh sistemasining paydo bo`lishiga oid.Faqatgina XX asr boshlarida astrofizika va fizikaning taraqqiyoti tufayli yulduzlarning paydo bo`lishi va evalyusiyasiga oid kosmogonik nazariyalar paydo bo’la boshladi.
Quyosh sistemasining paydo bo`lishi haqidagi dastlabki nazariyalarga ko’ra sayyoralar, gaz-chang bulutining aylanishi natijasida xalqa shaklida moddalar ajralib chisib, keyinchalik ularning kondensasiyalanishidan hosil bo’lgan (Laplas, 1796).

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə