Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

3-4- MA’RUZA 
 
MAVZU: MATEMATIKA O’QITISHDA ILMIY USULLAR 
1. Ilmiy tadkikot usullarining umumiy tavsifi. 
2. Kuzatish va tajriba. 
3. Takkoslash va analogiya. 
4. Analiz va sintez. 
5.Umumlashtirish, maxsuslashtirish, konkretlashtirish va abstraksiya-lash. 
6. Induksiya va deduksiya 
Tayanch iboralar
: ilmiy-tadkikot usuli, kuzatish, tajriba, analogiya, takkoslash, sintez va 
analiz, umumlashtirish, maxsuslashtirish, konkretlashtirish, abstraksiyalash, induksiya
deduksiya. 
1. Ma’lumki, matematika fani ideal obyektlar bilan shugullanadi, lekin uning mazmunida 
barcha matematik obyektlar moddiy olam predmetlarini aks ettiradi, ularning moxiyati moddiy 
predmetlar xossalarini karashda ikkinchi darajalilarini xisobga olmaslikni anglatib
tekshirilayotgan xossalar eng umumiy va sof xolda namoyon bo’ladi. Shuning uchun xam barcha 
matematik tushunchalar va koidalar borlikning eng chukur va umumiy xossalarini bilishni talab 
etadi. 
Tabiat konunlarini o’rganishda matematika maxsus vositalar, tadkikotning 
ilmiy 
usullaridan
foydalanadi. O’kitish jarayonida esa o’kuvchilar matematik xakikatlarni kashf 
etuvachilar xolatiga ko’yiladi va shuning uchun matematik tadkikotlar ilmiy usullari bir vaktning 
o’zida o’kuvchilarning o’kish usullari xam xisoblanadi. Shunday kilib, matematik tadkikotning 
matematika o’kitishda ko’llaniladigan asosiy usullari kuyidagilaridir: kuzatish va tajriba; 
takkoslash va analogiya; analiz va sintez; umumlashtirish, maxsuslashtirish, konkretlashtirish va 
abstraksiyalash. 
2. 
Kuzatish
deb atrof olam aloxida obyektlar va xodisalarining xossalari va 
munosabatlarini ular mavjud bo’lgan tabiiy sharoilarda o’rganish usuliga aytiladi. 
Kuzatishni oddiy kabul kilishdan fark kilish lozim. U yoki bu obyektni kabul kilish bu 
obyektning sezgi organlarimizga ta’sir etish paytidagi ongda bevosita aks etish jarayoni bo’lib, 
kuzatish uni o’z ichiga oladi va u bilan chegaralanmaydi. 
Kuzatish xotirada saklash va keyin kuzatish natijalarini so’zda (yoki yozuvda ) aks 
ettirilishiga xam boglikdir. 
Tajriba
deb obyektlar va xodisalarni o’rganishning shunday usuliga aytiladiki, bunda biz 
ularning tabiiy xolatiga va rivojiga aralashamiz, ular uchun sun’iy sharoitlar yaratamiz
kismlarga ajratib boshka obyektlar va xodislar bilan boglanishlar xosil kilib tadkik etamiz. 
Xar bir tajriba kuzatish bilan boglik. Tajriba o’tkazayotgan shaxs tajriba borishini 
kuzatadi, ya’ni obyekt va xodisalarning yaratilgan sun’iy sharoitlardagi xolati, o’zgarishi va 
rivojlanishini kuzatish amalga oshiriladi. 
Kuzatish va tajriba usullari tabiiy fanlar, fizika, kimyo, biologiyada asosiy o’rinni 
egalaydi.Matematika esa umumiy xolda tajribaviy fan emas, shuning uchun matematik 
tadkikotlarda bu usullar muxim o’rin egallamaydi. 
1. Natural sonlarni tub kupaytuvchilarga ajratishni kuzatib, turli natural sonlar uchun bu 
yoyilmalarni topib, tub va murakkab son tushunchalari ma’nosini tushunadilar. 
2. Uchburchak ichki burchaklari yigindisining kiymatlarini tajriba yo’li bilan aniklab
uning yoyik burchakka teng ekanligini topadilar, xuddi shunga o’xshash kuzatish va tajriba 
orkali yasash va o’lchashlar natijasida muxim geometrik xossa, konuniyatni ochishga va uni 
isbotlashga zamin tayyorlanadi. 
Xulosa kilib aytganda, kuzatish va tajriba matematik tadkikotlarda asosiy usullar katoriga 
kirmasada, uni o’kitish va o’rganishda ko’llanilishi mumkin. Bu usullarni ko’llash natijalari u 
yoki bu matematik ma’lumotni kat’iy asoslash uchun to’lik yetarli emas, vaxolonki, uni topish va 
izlashda ko’l keladi.


44
3.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə