23
masalaning qo’yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan ma’lumotlarning
hamma-sini
yagona birliklar sitemasiga o’tkazish, lozim bo’lganda ba’zi spravochnik o’zgarmaslarini
kiritish;
masalani yechish jarayonida qo’llaniladigan barcha zaruriy qonuniyatlarni o’zida aks
ettiruvchi noma’lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo’llarini topgan holda masalani tahlil
qilish;
masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish;
masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish;
o’lchamlarni tekshira olish, berilgan ma’lumotlardan to’la
foydalana olish, yechimning
ishonchliligini baholay olish;
masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish;
olingan sonli natijalarning mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy mexanik
xulosalar chiqara bilish.
Talabaning amaliyot darslaridagi topshiriqlarni, uy vazifalarini
va mustaqil ish
topshiriqlarini bajarishini nazorat qilish va baholashning quyidagi uslubiga e’tiborni qaratish
maqsadga muvofiq:
uy vazifalarini tekshirish;
nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish;
dars davomida o’zlashtirishini nazorat qilish;
mustaqil ish topshiriqlari himoyasi.
Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladi-gan natijalar:
mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash;
amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish;
masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish;
masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish;
masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish.
Dostları ilə paylaş: