|
![](/i/favi32.png) Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullaridokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlaridatashkiliy puxtaligi
talabini amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy shartlar
bo’lishi zarur: a) o’qituvchi dars materialini erkin bilishi; b) har bir navbatdagi savol
uslubiyatini bilishi, uni o’rgatish usul va vositalarini egallagan bo’lishi; v) o’quvchilar individual
xususiyatlarining taqsimoti to’g’ri yo’lga qo’yilishi, sinf taxtasi va daftardagi mazmun va
yozuvlar joylashishini hisobga olish, darsda ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan
foydalanish, uning tayyorgarligini yo’lga qo’yish.
Ma
tematika o’qituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi
1. Yangi o’quv yili arafasidagi tayyorgarlik, bunda kalendar ish rejasi tuziladi.
2. O’quv mavzusi bo’yicha darslar sistemasi tuzib chiqiladi.
3. Har bir darsga tayyorgarlik, konspektlar tayyorlash. Bunda: a) har bir mavzu o’rni, uning
mazmuni, o’rganish vazifalari aniqlanadi – zarur o’quv materiali tanlanadi; b) masala va o’quv
materiali darslarga taxminan taqsimlanadi; v) vaqt va mazmun bo’yicha o’tilganlarni takrorlash
amalga oshiriladi, mustaqil va nazorat ishlar o’tkazish vaqti aniqlanadi.
Darsga tayyorgarlik ko’rish: 1) o’quvchilarni mavzuga kiritish, ularga navbatdagi o’quv
masalani qo’yish; 2) yangi tushunchalarni bayon etish; 3) kiritilayotgan tushunchalar xossalarini
qanday topish mumkinligini ko’rsatish; 4)induktiv asoslashga erishish; 5) bir xil tipdagi masalani
yechish usulini ko’rsatish; 6) darsga masalalarni materialga mos tanlash; 7) o’quvchilarni
masala sharti bilan tanishtirish; 8) tanlangan masala qanday yechilishini bayon qilishi lozim.
Asosiy
dars tiplari
:
1. Yangi materialni bayon qilish darsi
2. O’rganilganlarni mustahkamlash darsi.
3. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi.
4. O’rganilganlarni sistemalashtirish va umumlashtirish darsi
Darsning tuzilishi
:
1.Oldingi bilimlar va amal usullarini takrorlash (aktual-lashtirish)
2. Yangi bilim va amal usullarini shakllantirish.
3. Qo’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|