Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari


Matematik tafakkurni rivojlantirishda



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

Matematik tafakkurni rivojlantirishda
quyidagi masalalar muhim ahamiyatga ega: 
umumiy fikrlash ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga doir; tafakkur usullariga o’rgatishga
doir; o’quvchilar faoliyatlarini faollashtirishga doir; tadqiqotga doir; isbotlashga doir; xatolarni 
topishga doir; sofizmlarni tahlil etishga doir; qiziqarli masalalar; turli xil yechish usullarini 
qo’llashga doir; o’quvchilar tomonidan masalalar tuzishga doir va h.k.
Teorema va uni isbotlashga
doir masalalar xususiyatlari teoremada bayon qilishga zarur 
matematik ma’lumotlar va bilimlarni ochib beruvchi; isbotda foydalaniladigan matematik 
ma’lumotlarni takrorlash; teoremada bayon etilgan natijaga olib keluvchi isbotlashga va 
hisoblashga doir masalalar yechilishi; teorema bayonini o’zlashtirishga doir, teorema isboti 
ayrim bosqichlarini o’zlashtirishga doir va isbotning boshqa usullarini izlashga doir va 
teoremada bayon qilingan ma’lumotlarni, yangi matematik bilimlarni qo’llay olishga doir mashq 
va masalalardan foydalanish. 
Q
oida, algoritmni o’zlashtirishga
doir masalalar: qoidani qarash zarurligi asoslanishiga doir; 
qoidani asoslash uchun zarur bilimlarni va uni bajarish uchun ko’nikmalarni bajarish; algoritmga 
kiruvchi ayrim amallarni bajarish; qoidani turli vaziyatlarda qo’llash. 
Matematika bo’yicha sinfdan tashqari ishlar -
darsdan tashqari vaqtda 
o’quvchilar bilan olib boriladigan majburiy bo’lmagan mashg’ulotlarga tushuniladi. 
Ikkita yo’nalish mavjul: boshqalardan dastur materialini o’zlashtirishda orqada 
qolayotgan o’quvchilar bilan ishlash(qo’shimcha sinfdan tashqari mashg’ulotlar); matematikani 
o’rganishga boshqalarga qaraganda qiziqish va qobiliyat ko’rsatayotgan o’quvchilar bilan 
ishlash. 
Birinchi yo’nalish
maktablarda amalga oshiriladi, individual asosda olib boriladi. 
Asosiy maqsadi, matematika kursi bo’yicha o’quvchilar bilimidagi kamchiliklarni o’z vaqtida 
bartaraf etish hisoblanadi. Uning quyidagi xususiyatlari mavjud: qo’shimcha sinfdan tashqari 
mashg’ulotlar 3-4 o’quvchi bilan olib boriladi, ular bir xil bilim saviyasida, qobiliyati bir xil; bu 
mashg’ulotlar individuallashtirilgan; bir haftada bir marta, individual reja bo’yicha uy ishi bilan 
qo’shib olib boriladi; takroriy o’tilgandan so’ng yakuniy nazorat o’tkazilib, baho qo’yiladi; 
ta’limiy xarakterga ega, “ didaktik materiallar” dagi mustaqil ish yoki nazorat ishlardan 
foydalaniladi; o’qituvchi o’zgarishni tahlil etib boradi, tipik xatolarni o’rganadi va bartaraf etish 
yo’llarini izlaydi.
Ikkinchi yunalishda
asosiy maqsadlar: o’quvchilarda matematikaga turg’un qiziqishni 
uyg’otish va rivojlantirish; o’quvchilar bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish; matematik 
qobiliyatlarni optimal rivojlantirish; matematik tafakkur madaniyatini tarkib toptirish; mustaqil 
ijodiy ko’nikmalarni shakllantirish; matematikaning amaliy ahamiyati haqidagi tasavvurlarni 
kengaytirish; matematik modellashtirish axamiyatini tushunish; jamoa faoliyatini vujudga 
keltirish; faol matematik faoliyatga ko’rsatishga tayyorlash

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar uch xil bo’ladi: bular sinfdan tashqari ishlar; 
maktabdan tashqari ishlar; sirtqi ishlar. 


269
Sinfdan tashqari ishlarning eng tarqalgan turlari mavjud: matematik to’garak, matematik 
haftalik, matematik kecha, viktorina va konkurslar, matematik musobaqalar, maktab matematik 
olimpiadalari, devoriy gazeta, yosh matematiklar klubi, matematik ekskursiyalar, sinfdan 
tashqari o’qish, ilmiy konferensiyalar va h.k.lar. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə