Islom moliyasi va uning rivojlanish evolyutsiyasi Moxira Baxtiyorovna Pulatova Muhammadqodir Mehmonaliyev tfi anotatsiya



Yüklə 258,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix15.04.2023
ölçüsü258,05 Kb.
#105682
  1   2
islom-moliyasi-va-uning-rivojlanish-evolyutsiyasi



Islom moliyasi va uning rivojlanish evolyutsiyasi 
 
Moxira Baxtiyorovna Pulatova 
Muhammadqodir Mehmonaliyev 
TFI 
 
Anotatsiya:
Maqolada islom moliyasining tarixi, paydo bo’lish shakllari va 
rivojlanish jarayonlari ifoda etilgan. Bundan tashqari maqolada, Islom moliyasi 
banklarning an’anaviy banklardan farqlari va rivojlanish bosqichlari ko’rsatilgan. Shu 
sohada jadallik bilan o’lib borilayotgan ishlar o’rganildi. Islom maliya olingan 
“murobaha” bitimi bo‘yicha olingan qarz va an’anaviy banklarda olingan kreditlar 
solishtirilgan.
Kalit so’zlar:
Islom moliyasi, Islom banki xizmatlari, sof foyda, kredit, kapital, 
Islom moliyaviy banki, Bay al-Vafo, Bay al-Nuqud, Muzoraba, Vakala, Murobaha. 
Islamic finance and its evolution 
Moxira Baxtiyorovna Pulatova
Muhammadqodir Mehmonaliyev 
TFI 
Abstract:
The article talks about the history of Islamic finance, its origin and 
development. In addition, the article highlights the differences and stages of 
development of Islamic finance banks from traditional banks. Intensive work has 
been carried out in this area. Comparison of loans taken under the murobaha 
agreement from Islamic finance and loans taken from traditional banks.

Keywords: 
Islamic finance, Islamic banking services, net profit, credit, capital, 
Islamic financial bank, Bay al-Wafo, Bay al-Nuqud, Muzaraba, Vakala, 
Murobaha.
Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta‘lim tarbiyaning tarixiy ildizlari 
islom dini qoidalalari, buyuk ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan o’lmas asarlar 
bizga bebaho manba bo’lib xizmat qiladi. Islom ta‘limotidagi iqtisodiy g’oyalarning 
bayon etilishi, muqaddas kitob Qur‘oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat 
turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o’rin tutadi. Chunki, 
iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe‘l atvorlari namoyon bo’ladi. Qur‘oni 
Karim insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlar tengligi 
aytiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1468


Islomiy moliya tarmog‘i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va 
innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘zida jamlagan sohalardan biri 
hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, islomiy moliya muassasalari yalpi 
aktivlari miqdori 2,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi va yiliga 15-20%ga o‘sib 
bormoqda
1
. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatlar uchun 
ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. 
Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev Islom moliyasi haqida shunaday fikr 
bildirganlar «Islom olami ulkan iqtisodiy, investision salohiyat, energetika 
resurslariga ega. Ulardan to‘g‘ri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo 
davlatlarning 
xalqaro 
savdo-iqtisodiy, 
moliyaviy, 
investision 
hamkorligini 
kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yo‘llarini tashkil etish 
yuksak iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard 
natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qiladi»
2
Shuni aytib o’tish joizki, musulmon davlatlarida faoliyat olib borayotgan 
islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investisiya fondlari va 
kompaniyalar mablag‘larini O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va 
xususiy sektorni qo‘llab quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning 
uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bo’lishi lozim, ya’ni 
an’anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan 
moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb 
hisoblanadi. 
Islom moliyasi tarixiga nazar soladigan bo’lsak, Islom dini Payg‘ambarimiz 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam orqali insoniyatga keldi va nisbatan qisqa 
muddatlarda Makka hamda Madina shaharlarida keng tarqaldi. Islomga qadar bu 
shaharlar mahalliy tadbirkorlik, davlatlar va elatlararo savdo munosabatlari orqali 
gullab yashnagan. Bu davrda riboga asoslangan moliyalashtirishlar amaliyoti 
moliyaviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy manbai hisoblangan. Makkalik 
tadbirkorlar va Madinalik dehqonlar o‘zlarining moliyaviy ehtiyojlarini faqatgina 
foizli moliyalashtirish orqali qondirishgan. Islom nozil qilingandan so‘ng bu 
shaharlarning moliyaviy tuzilishlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bera boshladi. 
Jumladan, ribo bilan shug‘ullanishni, ma’lum mahsulotlar iste’moli va savdosini 
ta’qiqlovchi Qur’on oyatlari Islom moliyasiga asos bo‘lib xizmat qildi. Natijada, 
ushbu tamoyillar Makka va Madinada muvaffaqiyatli qo‘llanilib, asrlar davomida 
dunyoning boshqa davlatlarida ham keng tarqaldi. Payg‘ambarimiz Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam davrlarida markaziy Islom xazinasi bo‘lgan Baytul-molni 
tashkil etilganligi Islom moliyasi tizimining rivojlanishi aynan shu davrdan 
boshlanganligidan dalolat beradi. Zakot, Ushr, Xaroj, Jizya, bojxona to‘lovlari, 
1
islommoliyasi.uz 
2
E.A. Baydaulet. “Islom moliya asoslari”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1469


ixtiyoriy xayr-ehsonlar, urushlarda qo‘lga kiritilgan o‘ljalar va boshqa shu kabi 
daromad va kirimlar Baytul-molning asosiy manbai hisoblangan
3
.
Baytul-molni tashkil etilishidan tashqari, Islomning ilk davrlarida yo‘l cheklari 
mavjud bo‘lganligi tarixiy dalillar bilan tasdiqlangan. Masalan, Ibn Abbos r.a. 
Voriqni (dirhamlarga zarb qilingan kumush) qabul qilib olib, Kufaga (Iroqdagi 
shahar) tasdiqnoma yuborardi. Yana bir misol, Abdulloh ibn Zubayr r.a. Makkada 
omonatchilardan naqd pul qabul qilib olar va Iroqdagi ukasiga xat yozib, 
omonatchilar Iroqqa yetib borganida ularga omonatini berishini buyurardi
4

Yuqoridagilar Islom moliyasining milodiy 650 yildan 750 yilgacha bo‘lgan davrdagi 
qisqacha tarixi deyish mumkin. (Milodiy 750 - 1900 yillar). 
Ushbu davrda Rim, Tunis, Turkiya, Hindiston va Sumatra mintaqalarida 
mahalliy va xalqaro savdo sohasida katta o‘zgarishlar kuzatildi, turli savdo va moliya 
amaliyotlari qo‘llanildi. Ushbu amaliyotlarning aksariyati Mushoraka (foyda va 
zararni taqsimlash) asosida amalga oshirildi. Bundan tashqari, sukuk, Suftaja (qarz 
olgani to‘g‘risida tilxat), Bay al-Vafo va Bay al-Nuqud kabi moliyaviy vositalar ham 
amaliyotda keng qo‘llanildi. 
XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib foizga asoslangan bank tizimining 
kengayishi kuzatila boshlandi. O‘z navbatida, o‘sha davr musulmon ulamolari ushbu 
holatlarga jiddiy munosabatda bo‘lib, musulmon jamiyati uchun Shariat me’yorlariga 
asoslangan muqobil moliya tizimi joriy etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Masalan, 
1890 yilda Hindistonda foizsiz moliyalashtirish muassasasi tashkil etildi. Undan 
so‘ng, 1923 yilda Haydarobodda “Anjuman Imdad-e-Bahmi Qardh Bila Sud” 
(Foizsiz kredit jamiyati) deb nomlangan yana bir muassasa tashkil etildi. 
Keyinchalik, 1950 yilning boshiga kelib Pokistonda birinchi zamonaviy Islom 
moliya muassasasi hisoblanadigan Mahalliy Islom banki tashkil etildi. Shu yilning 
oxirlariga kelib, Muzoraba va Vakala (agentlik) kabi foizsiz bank mahsulotlari ham 
qo‘llana boshladi.
Shariat tamoyillariga asoslangan zamonaviy Islom bankiga, 1963 yilda Misrda 
Mit Gʻamr (Mit Ghamr) deb nomlanuvchi mahalliy jamg‘arma tashkil etish orqali 
asos solindi. Ayni shu davrda, Malayziyada ham musulmonlar Haj amalini 
bajarishlariga moliyaviy ko‘mak bo‘lishi uchun Ziyoratchilar jamg‘arma 
korporasiyasi o‘z faoliyatini boshladi va 1969 yilda Tabung Haji (Tabung Haji) nomi 
bilan mashxur bo‘lgan Ziyoratchilarni boshqarish va jamg‘arma kengashi tarkibiga 
kiritildi. 1970 yillarga kelib Islom moliyasiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi va 
buning natijasi o‘laroq 1971 yilda Misrda Nasir Ijtimoiy banki tashkil etildi. Bu bank 
Misr prezidenti farmoniga asosan tashkil etilgan davlat homiyligidagi birinchi foizsiz 
muassasa edi. 
3
t.me/Islom Moliyasi 
4
E.A.Baydaulet. “Islom moliya asoslari”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1470


1975 yilda islom moliyasi sohasida ikkita katta yangilik yuz berdi - BAAda 
Dubay Islom banki hamda Xalqaro Islom moliya tashkiloti sanaluvchi Islom 
Taraqqiyot banki (Jidda, Saudiya Arabistoni) tashkil etildi. Undan keyin yana ko‘plab 
Islom moliyasi muassasalari tashkil etildi, jumladan, 1977 yilda Bagama orollarida 
Islom Investisiya kompaniyasi (IIC) ga asos solindi, 1978 yilda Jidda shahrida Qirol 
Abdul Aziz nomidagi universitetda Islom iqtisodiyoti bo‘yicha tadqiqot markazi 
tashkil etildi. 
1980 yillarga kelib Islomiy moliyaviy xizmatlar sanoati shiddat bilan rivojlana 
boshladi. Shulardan, uchta musulmon davlati: Eron, Pokiston va Sudanda jiddiy 
tadqiqot ishlari olib borildi, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va Shariatga mos 
mahsulotlarni taklif qilishda an’anaviy banklar ham jalb qilindi. Shuningdek, Xalqaro 
Valyuta Jamg‘armasi (IMF) foizsiz ishlaydigan iqtisodiy tizimning makroiqtisodiy 
oqibatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni boshladi. O‘z navbatida, Malayziya va 
Bahrayn kabi davlatlar ham o‘zlarining mavjud tizimlari doirasida Islom bankchiligi 
faoliyatini boshlab yubordilar. Natijada, 1983 yil 1 iyulda Malayziyada Bank Islam 
Malaysia Berhad (BIMB) Islom banki tashkil etildi
5
.
Bu davrdagi yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi - Saudiya Arabistonida Al-Rajhi 
Banking Investment Corporation nomi bilan ish boshladi va ushbu kompaniyaga 
Islom banki guvohnomasi berildi. 
Yagona yoki Ikki tomonlama bank tizimi 1980 yilning boshlarida mahalliy 
hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan yagona yoki ikki yo‘nalishga ega bank 
tizimini tatbiq qilish yuzasidan ko‘plab bahs va munozaralar boshlandi. Yagona bank 
tizimi - bu mamlakatdagi barcha moliyaviy tizimlar Shariatga mos kelishi kerakligini 
bildirsa, ikki yo‘nalishga ega bank tizimi esa mamlakatda ham Islom, ham an’anaviy 
moliya muassasalarining bir vaqtning o‘zida (ya’ni yondosh ravishda) faoliyat 
yuritishini anglatadi. 
Pokiston, Sudan va Eron yagona banki tizimini tanladi va qisqa vaqt ichida bu 
mamlakatlarda barcha moliya muassasalari faqat Shariat tamoyilariga asoslangan 
moliya mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadigan Islom bank-moliya tizimi joriy 
etildi.
Boshqa tomondan, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Bahrayn 
davlatlari ikki yo‘nalishga ega bank tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga 
kirishishdi. 
2000 yildan hozirgi davrgacha Islom moliya muassasalarining rivoji va 
amaliyotlari ko‘lamining dunyo bo‘ylab kengayishi mahalliy hamda xalqaro 
darajadagi umumiy me’yoriy-huquqiy asos va qoidalarga bo‘lgan ehtiyojini oshirdi. 
Ushbu sabablar XXI asrning boshlarida xalqaro me’yorlarni belgilashga 
ixtisoslashgan muassasalar faoliyatining rivojlanishiga olib keldi. 2001 yilda 
5
E.A.Baydaulet. “Islom moliya asoslari”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1471


dunyoning eng nufuzli moliya muassasalaridan biri Xalqaro Islom moliya bozori 
tashkil etildi. Islom Moliya Institutlari uchun Buxgalteriya Hisobi va Auditi Xalqaro 
Buxgalteriya Standartlari Kengashi , Islom Moliya Xizmatlari Kengashi va Xalqaro 
Islom Reyting Agentligi kabi tashkilotlar ham shu paytga kelib o‘z faoliyatlarini 
boshlashdi. 
Keyinchalik, Islom Banklari va Moliya Muassasalari Umumiy Kengashi va 
Islom Moliya Muassasalari uchun Arbitraj va Murosa Markazi va boshqa ko‘plab 
tashkilotlar tashkil etildi. Yuqoridagi muassasalarni tashkil etishdan asosiy maqsad, 
Islom moliyasi sanoatini samarali nazorat qilish, shaffoflik va bozor tartiblarini joriy 
qilish orqali qonuniy asosga ega, mustahkam va barqaror tizimni shakllantirish, 
boshqarish va tartibga solish edi. Shuningdek, ular Islom moliya muassasalarining 
nafaqat Shariat tamoyillariga va ichki qonunchilik talablariga mos kelishini, balki 
Shariat tamoyillariga zid bo‘lmagan jahon andozalariga ham muvofiq ishlashini 
ta’minlashga harakat qildilar. 
Endi Islom moliyasi va banklarining Gʻarb mamlakatlar hududida yoyilishiga 
to’xtaladigan bo’lsak, Islom banki va moliyasi nafaqat Islom davlatlarida, balki Gʻarb 
davlatlarida ham keng tarqala boshladi. Gʻarbdagi mashhur Islom banki va institutlari 
quyidagi jadval orqali ko’rishimiz mumkin: 
1-jadval 
Gʻarb mamlakatlar hududidagi shallangan dastlabki Islom moliya institutlari
6
Davlatlar 
Islom moliya institutlari nomi 
Tashkil topgan yil 
Lyuksemburg 
Islamic Banking International Holding 
1978 yilda 
Jeneva 
Dar-al-mal-al-Islami 
1981 yilda; 
Daniya 
Al-Baraka” guruhi va Daniya xalqaro Islom 
banki 
1982 y ilda 
London 
Islamic Finance House 
1983 yilda 
Yuqorida qayd etilgan muassasalardan tashqari, Islom banki xizmatlarini taklif 
etuvchi bir qancha dunyoga mashhur xalqaro an’anaviy banklar ham mavjud, 
jumladan, Chase Manhattan, Citibank, HSBC, Union Bank of Switzerland (UBS), 
BNP-Paribas, Standard Chartered va boshqa banklar. 
Islom moliasi sifatida tashil etilayotga moliya tashkilotlari islom moliyasi 
shartnomalari orqali amalga oshiriladi. Islomda shartnoma Shariatga zid bo‘lmagan 
taqdirdagina qonuniy hisoblanishi mumkin. Islom moliyasi shartnomalari Islom 
sivilizasiyasi davomida Shariat doirasida va jamiyat talablari asosida rivojlanib keldi. 
Arabiston yarim orolidagi arablar Islom dini kelishidan oldin ham o‘z moliyaviy 
ehtiyojlarini qondirish uchun bir necha turdagi shartnomalardan foydalanib kelishgan. 
Islom kelgandan keyin ham bu shartnomalar butunlay bekor qilinmadi, balki ularning 
mavzusi (predmeti) va amaliyotlariga e’tibor qaratildi. Chunki, savdo va moliya 
6
t.me/Islom Moliyasi
ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1472


amaliyotlari Islom dinining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Shu tariqa, Ribo unsuri 
mavjud deb topilgan har qanday shartnoma harom deb topildi va bekor qilindi. 
Shariatga to‘g‘ri kelmaydigan, lekin o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan bir qancha 
shartnomalar o‘zgartirildi, bir-biriga zid bo‘lgan tarkibiy qismlar olib tashlandi va 
shar’iy jihatdan to‘g‘ri holatga keltirildi.
Islomdan oldin arablarda mavjud bo‘lgan ba’zi shartnomalar (masalan, 
mahsulotni ko‘rmasdan va tekshirmasdan ko‘r-ko‘rona qo‘l tekkizish orqali olish, 
tosh otish orqali aniqlash, egaliligi yo‘q bo‘lgan holda sotish) Payg‘ambarimiz 
Rasululloh sallolohu alayhi vasallam tomonidan nojoiz va Islomga zid deb e’lon 
qilingan. Shuningdek, Bay as-Salam kabi shartnomalar, barcha noto‘g‘ri unsurlar 
chiqarib tashlangach, Islom tamoyillariga mos - joiz ko‘rinishga keltirilgan. 
Yuqoridagi amaliyotlar Payg‘ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi 
vasallamning davrlarida to‘g‘rilangan shartnomalarning qisqacha tarixi edi. Endi esa, 
Islom moliyasidagi turli xil shartnomalarni, shuningdek, ularning tuzilishi hamda 
qo‘llanishini ko‘rib chiqamiz. 
Qur’oni Karimda Alloh ta’olo shunday marhamat qiladi: “Ey, iymon 
keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qiling!” ("Moida" surasi 1-oyat). Qur’oni 
Karimning ushbu oyati Islomda shartnomalar uchun asos deyish mumkin. Shartnoma 
arab tilida “Aqd” deb nomlanadi, bu “bog‘lash”, “tugun” yoki “qo‘shilish” degan 
ma’noni anglatadi. Shartnoma unga aloqador barcha tomonlarni bir-biriga bog‘laydi. 
Shartnoma tomonlarning niyatlarini ifodalashi va ularning huquq hamda 
majburiyatlarini belgilashi bilan birgalikda, bitim yoki biznesning tabiati, jarayonlari, 
vositalari va davomiyligini aniq belgilab beradi. Islomda shartnomalarga alohida 
ahamiyat qaratiladi, shuning uchun ham moliya sohasidagi barcha shartnomalar 
Shariat tamoyillari asosida tuzilishi lozim.
Islom dini (muayyan cheklovlarni nazarda tutgan xolda ) qarzni taqiqlamaydi, 
ammo inson sha’nini toptaydigan qarzga botib yashash madaniyatini ta’qiqlaydi. 
Islom shuningdek, tadbirkorlik ortidan keladigan shaxsiy manfaatni tabiiyki 
taqiqlamaydi, balki xudbinlik, ochko’zlik va qing’ir yo’l bilan ortirish kabi hayvoniy 
sifatlarni taqiqlaydi. Shu bilan birga islom banki va an’anaviy bankning bir biridan 
farqlarini ko’rib chiqamiz. 
Ikki turdagi bank (ya’ni islom banki va an’anaviy bank) tizimi mavjud bo‘lgan 
bir davlatda bir korxona an’anaviy tijorat bankidan kredit oladi. Yarim yildan so‘ng 
esa ushbu korxona islom banki bilan “murobaxa” bitimi imzolaydi.
Ammo korxonaning faoliyati yaxshi yurmay qoladi. An’anaviy bank krediti 
bo‘yicha ham, islom banki “murobaxa” bitimi bo‘yicha ham to‘lov muddatlari yetib 
keladi. Korxonaning hozirgi xolida esa ularni to‘la olmaydi.
Mana endi voqeaning eng «qiziq» joyiga keldik: an’anaviy bank, olingan kredit 
miqdoridan ham katta bo‘lgan jarima va penyalarni qo‘shib hisoblaydi (bunda kredit 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1473


qaytarilmagan har bir kun uchun hisoblangan penya, kredit uchun belgilangan 
foizdan ancha yuqori bo‘ladi. 
Murobaha bitimi bo‘yicha esa korxona bank bilan tuzgan oldi-sotdi 
shartnomasiga asosan, avval boshdan kelishilgan ma’lum bir miqdordagi pulni 
to‘lashi kerak bo‘ladi xolos. Bunda, islom banki bir yil kechikkan to‘lovlar uchun 
ham hech qanday jarima yozmaydi va to‘lov miqdori islomda ribo taqiqlanganligi 
tufayli o‘zgarmas bo‘lib qolaverdi. 
Korxona rahbariyati an’anaviy tijorat banki tarafidan qo‘yilgan jarimalardan 
karaxt bo‘lgan bo‘lsa, “murobaha” bitimi bo‘yicha to‘lashi kerak mablag‘ning xattoki 
1$ga ham ko‘paymaganidan hayron bo‘ladi. Tabiiyki, ular islom bankining bunday 
munosabatiga qoil qolishadi va minnatdorchilik sifatida murobaha bitimi bo‘yicha 
qarzni birinchi bo‘lib yopishadi. Ana’naviy bank bilan esa qo‘yilgan jarima va 
penyalar sababli hosil bo‘lgan ulkan qarz masalasida sudlashishni boshlashadi. 
Agar jarima, penyalar, kredit qo‘llanilganda korxona katta ehtimol bilan 
umuman yo‘q bo‘lib ketardi va o‘nlab odamlar ishsiz, qolardi, lekin bu voqeaning 
yakuni xayrli bo‘lib chiqdi. 
Shunday qilib, islom yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson 
hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) 
uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Faqat so‘nggi bir necha o‘n 
yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me’yorlarni zamonaviy tahliliy 
atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy sa’y-harakatlar amalga oshirilganiga 
qaramay va ko‘plab tadqiqotlar chop etilgan bo‘lsa-da, baribir «islomiy moliya» yoki 
«islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo‘shilgan turli ijtimoiy fanlarga 
nisbatan aniq ta’rifni qo‘llash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana 
shunday tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko‘rib 
chiqish tendensiyasi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Masalan, «islomiy 
moliya» atamasi ko‘pincha «foizni man etuvchi» tizimni ta’riflash uchun ishlatiladi. 
Lekin mana shunday sodda bayon etish nafaqat noto‘g‘ri, balki qo‘shimcha 
chalkashliklarning manbasi ham hisoblanadi. Shunday qilib, islom yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga 
amr qiladi. 
Islom moliyasi va bankchiligining amaliy jihatlari barcha mamlakatlarda 
muvofiqlik va uyg‘unlik holatiga kelib ulgurganligini tushunib yetishimiz zarur.
Shuning uchun yaratilgan va ishlab turgan mexanizmlarni qaytadan yaratishda 
xech bir ma’no yo‘q faqat shu mexanizmlarni omma oldida oqilona va to’g’ri 
ishlatish zarur. Mulk va boyliklarni saqlash shariatning asosiy maqsadlaridan biri 
bo‘lishi insonlarning yaxshi yashashi va adolatli jamiyat qurishda ular naqadar 
ahamiyatliligini ko‘rsatadi. Halol yo‘l bilan mol-mulk topish, boy va kambag‘allar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1474


orasida katta tafovut paydo bo‘lishi, boyliklarni bir qancha kishilar qo‘lida to‘planib 
qolishini oldini olishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Shariatning biror bir qoidasiga qarasangiz, turli taqiq yoki buyruqlar hayotning 
yuqorida ko‘rsatilgan jihatlarini saqlashga yo‘naltirilganini ko‘rishingiz mumkin. 
Islom moliyasida shakllangan qoidalar ham shu maqsadlarni ko‘zlaydi. 

Yüklə 258,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə