Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

Darsning asosiy bosqichlari

1. O’quvchilar oldiga dars maqsadini qo’yish. 
2. Yangi material bilan tanishtirish. 
3. Yangi materialni mustahkamlash. 
4. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish. 
5. Bilimlarni sistemalashtirish, o’rganilganlarni umumlashtirish. 
Talablar – tarbiya maqsadlarini o’rnatish uchun maqsadga yo’nal-tirilgan ishni 
amalga oshirish, o’quvchilar bilish faoliyatlarini faollashtiradi. Umumiy maqsad sari yo’l 
ochiladi.
3. Matematika darsini 
tahlil qilish
nazorat va ta’lim berish vositasi sifatida xizmat 
qiladi
1. Dars maqsadlarining amalga oshirilishi; 
2. Darsning matematik mazmuni va ilmiy saviyasi; 


267
3. Darsda qo’llanilgan o’qitish usullari samaradorligi; 
4. Darsda o’qituvchi va o’quvchining faoliyati sifati; 
5. O’quvchilarda ko’nikma va malakalarni shakllantirish. 
4. Matematika bo’yicha 
o’quvchilar bilimini baholash va tekshirishning
asosiy 
maqsadlari - o’quvchilar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish sifatini hamda predmet 
bo’yicha dasturda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash saviyasini 
tekshirishdan iborat.
Bu uch xil tekshirishni: 
joriy
(uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rash, kundalik baho 
qo’yish va h.k.), 
oraliq nazorat
yoki 
davriy nazoratlar 
( nazorat ishlari, mavzu yoki bob 
bo’yicha nazorat ishlari va h.k.), 
yakuniy nazorat
chorak uchun yoki yarim yillik va yillik 
nazoratlarini o’z ichiga oladi.
Oraliq nazorat uchun asosan “Didaktik materiallar” dan foydalangan holda ish olib borish 
ko’zda tutiladi.
Yakuniy nazoratlar yakuniy nazorat ishlari yoki chorak uchun og’zaki so’rash, bitirish 
imtihonlar (testlarni) o’z ichiga oladi.
Bilimlarni baholash tartibi
darajalar: 
1-daraja- 
matematikadan 
davlat ta’lim 
standartida 
belgilab 
berilgan bilimlarni 
o’zlashtirishning minimal darajasini bajarganlar “past” daraja hisoblanadi. 
2 –daraja – reproduktiv darajada bo’lib, DTS da belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning 
minimal darajasidan yuqori bo’lganlari “o’rta” baholanadi.
3-daraja – rekonstruktiv darajada qo’llaniladigan DTS dagi bilimlarning imkoniyat darajasi 
talablariga javob beradiganlari “yuqori” baholanadi. 
4- daraja – DTSda belgilab berilgan bilimlarni o’zlashtirishning imkoniyat darajasiga 
muvofiq keladigan va uni ijodiy qo’llay oladiganlar “o’ta yuqori” baholanadi. 
Reytingi 100-96% bo’lganlar - o’ta yuqori, 86-95% bo’lganlar – yuqori, 
81-71% bo’lganlar-o’rta, 70-56% bo’lganlar – past baho bilan baholanadi, --0-55% bo’lganlar
esa attestasiya qilinmaydi. 
Matematik masalalarning matematika o’qitishda vazifalari mavjudligini ta’kidlaydilar: 1) 
umumta’lim; 2) amaliy; 3) rivoj-lantiruvchi; 4) tarbiyaviy; 5) nazorat etish. 
Umumta’lim vazifalari-
o’quv dasturida ko’rsatilgan matematik ko’nikma va malakalarni 
shakllantirish vazifalari kiradi. Bundan tashqari, yangi bilimlarni o’zlashtirish bilan birga 
o’zining matematik ma’lumotini oshirish, matematik masalalar yechish ko’nikmasi shakllana 
boradi. 
Amaliy vazifalari-
o’quvchilar masalalar yechish orqali amaliy ko’nikma va malakalar 
bilan qurollanib, matematikani tadbiq etish va hayotda qo’llashga doir zaruriy bilimlarni 
egallaydilar. 
Rivojlantiruvchi vazifalari- 
o’quvchilarda masalalar yechish asosida ularning matematik 
tafakkuri va qobiliyatlarini rivojlantirish kiradi. Shuning uchun o’qituvchi har bir masaladan 
bunday maqsadlarda foydalanilishiga e’tiborni qaratish talab etiladi. 
Tarbiyaviy maqsadlari -
matematik masalalarning o’quvchilarda yaxshi insoniy fazilatlarni 
tarkib toptirish uchun qo’llanilishidan iborat. 
Nazorat etish vazifalari-
masala va mashqlardan o’quvchilar bilim, ko’nikma va 
malakalarini egallash saviyasini tekshirish vazifasida ishlatilishi kiradi. 
masalani matematik usul bilan yechish uch bosqichdan iborat: 1) matematik model 
tuzish; 2) matematik model ichida yechish; 3) yechimning masala shartlariga mos kelishini 
tekshirish. 
5. Matematik masalalar matematika o’qitishda va matematik tushunchalarni 
shakllantirishda qo’llash uchun quyidagi masalalar turlari qo’l keladi: matematik tushunchalarni 
o’zlashtirishga doir; matematik belgilarni qo’llashga doir; isbotlashga doir; matematik ko’nikma 
va malakalarni shakllantirishga doir; yangi matematik ma’lumotlarni o’rganishga doir; 
muammoli vaziyatlarni yaratishga doir masalalar shular jumlasiga kiradi. 


268

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə