Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


I BOB. TIL TIZIMIDA SO‘ZLARNI TURKUMLARGA AJRATISH



Yüklə 394,86 Kb.
səhifə2/5
tarix22.11.2017
ölçüsü394,86 Kb.
#11620
1   2   3   4   5

I BOB. TIL TIZIMIDA SO‘ZLARNI TURKUMLARGA AJRATISH

Til haqidagi fanning shakllanishi, odatda, XIX asrning boshiga to‘g‘ri keladi, deb baholanadi. Biroq, tilshunoslikning eng asosiy, tub muammosi, jumladan, so‘z turkumi va gap bo‘lagi, tilning tabiati, til belgisining ma’noga aloqadorligi, mantiqiy, grammatik va boshqa hodisa munosabati va hatto, til, lison va nutq munosabati, tilning sistemaviy xarakteri (sistema ekanligi, yaxlit strukturadan iborat ekanligi strukturasiz yaxlitlikning.Ya’ni tilning o‘zi bo‘lmasligi kabi) hamda unga yondashuvda ham doimo, qadimdan boshlab sistema sifatida yo‘l tutilganligi, shuningdek, tilning kelib chiqishi masalasini ham qamrab olib baho beriladigan bo‘lsa, tilshunoslik fanining shakllanishi, albatta, uzoq tarixga egaligi ma’lum bo‘ladi. Sharqda eramizdan oldingi davrda, ya’ni III-II asrda Panining grammatika va grammatik kategoriyalar haqida fikr yuritganligi ma’lumdir.

Hind tilshunosligida so‘z to‘rt guruhga ajratilgan: ot, fe’l, ko‘makchi va yuklama. Bunda fe’l harakatni ifodalovchi, ot esa substansiya-ifodalovchi, yuklama va ko‘makchi so‘z o‘rtasidagi munosabatni, shuningdek, insonning o‘z fikriga munosabatini ifodalovchi hodisa sifatida berilgan. Tilshunoslik tarixida so‘zga ko‘pdan-ko‘p ta’riflar berilgan, har bir tadqiqotchi so‘zga o‘zi chuqurroq shug‘ullangan mezon nuqtai nazaridan kelib chiqib baho berishga harakat qilgan. Ammo hozirga qadar so‘zga berilgan barcha ta’riflar, ushbu lingvistik birlikning mohiyatini to‘laligicha qamrab olgan emas. Uning atrofidagi baho va munozaralar hamon tugagan emas.

Tilshunos olim S.Usmonov so‘zga shunday ta’rif beradi: «So‘z kollektiv a’zolari tomonidan bir xilda talaffuz qilinib, bir xilda idrok qilinadigan hamda biron predmet, hodisani bildiradigan yo ular haqidagi tovush birikmasi sifatida shakllangan simvoldir27. Prof. Sh.Rahmatullayev so‘z haqida shunday deydi: «So‘z o‘ta murakkab hodisa sifatida talqin qilinib, ayni vaqtda ham til birligi, ham nutq birligi bo‘lishi ta’kidlanadi. Asli til birligi bilan nutq birligining teng kelib qolishi yordamchilarda, o‘zgarmaydigan turkumlarda voqe bo‘ladi28.

Akademik A.Hojiyev shunday ta’rif beradi. So‘z, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan ko‘rinishi. O‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, ob’yektiv narsa-hodisalar haqidagi tushunchani, ular o‘rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatlarni ifodalay oladigan. Turi grammatik ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan eng kichik nutq birligi29.

Tilshunos O.S.Axmanova so‘zga quyidagicha ta’rif beradi: So‘z (glossa) ing. Word, fran. Mat, nem. Wort, isp. Palabra. 1. Voqyelikning ma’lum «sohasi» («qismi»)ning umumlashgan tarzdagi aksi sifatida fikr predmeti bilan bevosita munosabatga kirishga qodir bo‘lgan va mana shu keyingisiga yo‘nalgan gapni tashkil etadigan oxirgi chegaradir. 2. 1-nchi ma’nodan farqli ravishda gapning yuzaga chiqish imkoniyati bo‘lgan va faqat sintaktik planda qaraladigan minimumidir30.

A.Nurmonov,Sh.Iskandarovalar tilshunoslikda so‘zning keng qamrovli, universal tushuncha ekanligini shunday ifodalaydilar: «An’anaga ko‘ra, so‘z atamasi leksik birlik bo‘lgan leksemaga nisbatan ham, morfologik birlik bo‘lgan so‘z shaklga nisbatan ham qo‘llaniladi. Shuning uchun ham ko‘p adabiyotlarda lingvistik birlik bilan mantiqiy birlik solishtirilib, so‘zning tushuncha ifodalashi, ana shu belgisi bilan hukm ifodalovchi gapdan farqlanishi va so‘z birikmasi bilan umumiylik hosil qilishi haqida gap boradi. Bunday holatlarda, tabiiyki, leksik birlik sanaluvchi leksema ma’nosida qo‘llangan so‘z atamasi haqida fikr yuritiladi. Odam so‘zi borliqdagi «ongli faoliyat ko‘rsatish va nutqiy faoliyat ishtirokchisi bo‘lish imkoniga ega bo‘lgan tik gavdali jonzot» tushunchasini ifodalashi bilan birga, «bosh kelishik, birlik shakldagi ot» ma’nosidir. Hozirgi tilshunoslikda birinchisi uchun leksema, leksik morfema. Ikkinchisi uchun ega so‘z shakl atamalaridan foydalaniladi»31. Tabiiyki, tilning asosiy materiali so‘z bo‘lib, u turli ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. so‘z orqali turmushning turli tomonlari, kishilik jamiyatining, insonning turmush tajribalari aks ettiriladi. Har bir so‘zning ikki tomoni bordir: ichki tomoni va tashqi tomoni. Har bir so‘z shu ikki tomonning birligidan iboratdir. Demak, so‘z-nutqning mustaqil bo‘lagi,u ma’no va shakllanish jihatidan bir butunlikka egadir; so‘z semantik va grammatik butunlikdan iboratdir.

Yuqorida ta’kidlanganidek qadim davrlardan buyon so‘z va so‘zlarni guruhlarga ajratish doimo olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Faylasuf Platon til yoki nutqni ikki qismga-ot (opota) va fe’lga (tema) ajratib, bir nima tasdiqlanadigan so‘z ot deb hisoblanadi. Ega vazifasida qo‘llangan so‘z ot hisoblangan. Fe’l esa ot haqida nima tasdiqlanishini anglatadigan so‘zdir. Fe’l deb aslida kesimga aytilgan. Bu prinsipga ko‘ra kesim vazifasida qo‘llangan sifat ham fe’l hisoblanadi. Demak, so‘zlarni ot va fe’lga ajratish aslida mantiqiy va sintaktik prinsipga asoslangan.

Aristotel so‘zlarni uch sinfga ajratadi. Bular: ot (lat. nomen), fe’l (lat. Verbum-lug‘aviy ma’nosi, aslida, «Bayon qilish», «fikr», «mulohaza», keyinchalik mantiqiy kategoriya bo‘lgan «predikat», nihoyat, «fe’l») va bog‘lovchi hamda yuklama (lat. conjunction). So‘ngi gruppaga olmoshlar, artikllar ham kiradi. Aristotel nutqning yuqorida ko‘rsatilgan tarkibiy qismlarini ta’riflashda morfologiyaga tomon siljiydi. Masaan, otga nimanidir ataydigan (nomlaydigan) so‘z, fe’lga nimanidir atabgina qolmay, uning zamonini ham ko‘rsatadigan so‘z deb, bog‘lovchi va yuklamalarga esa nomlash vazifasini bajarmay, otlar va fe’llar yonida qo‘llanadigan so‘z deb izoh beradi.

Bu klassifikasiya keyinchalik arab filologiyasiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Kelishik haqidagi dastlabki fikrni biz Aristotelda ko‘ramiz. U turlanish, juslanish va so‘z yasash formalarini kelishik (gr.Ptosiv-tushish) deb nomlagan. Uningcha, kishi-kishilar, yurdi va yur kabilar turli kelishiklardir. Platon ham Aristotel ham nutqning besh qismini – fe’l, bog‘lovchi, artikl, atoqli otlar, nihoyat, turdosh otlarni ajratganlar32.

Ispaniyaning Andaluziya viloyatidagi Grenada shahrida tug‘ilib, Misrda yashagan, aslida esa, Afrikaning berber qabilasiga mansub bo‘lgan Asiruddin Abu Hayyon al Andalusiy (1256-1344) o‘zining «Kitob al idrok» (Turklar tilini tushunish kitobi»)ning morfologiya qismida so‘zlar uch turkumga ajratadi: ot, fe’l, yordamchi so‘zlar33.

Yuqorida ta’kidlanganidek grammatika, xususan morfologiyaga qiziqish doimo olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelganligini ko‘rish mumkin. XVIII asrda diqqatga sazovor bo‘lgan «Sangloh» asaridir. Bu asar Eron shohi Nodir shohning kotibi astrobodlik Mirzo Mehdixon (Nizomiddin Muhammad Hodi al Husayni as Safavy) tomonidan yozilgan bo‘lib, unda morfologiyaga oid mukammal xulosalar berilgan. Mehdixon o‘z asarini o‘zbek tilining birinchi ilmiy grammatikasi deb ataydi. Mehdixon o‘zining ushbu asarida kelishik affikslarini arabcha termin bilan ravobiti ta’diya deb ataydi. Bular:



  1. Qaratqich kelishigi: -ning;

  2. Tushum kelishigi: -ni, -n;

  3. Jo‘nalish kelishigi: -ka, -ga, -g‘a;

  4. Chiqish kelishigi: -din;

  5. O‘rin-payt kelishigi: -da;

Mehdixon ot va fe’l yasovchi affikslar haqida ham ma’lumot beradi. U arab tilidagi fe’l o‘zagi bilan o‘zbek tilidagi fe’l o‘zagini solishtirib, arab tilida masdar (qaranay nomi) o‘zak hisoblansa, o‘zbek tilida II shaxs birlik formadagi buyruq fe’lining o‘zak bo‘lishini ko‘rsatadi. Muallif ot va fe’llarning soda va qo‘shma tiplariga ham ahamiyat qaratadi.

Mehdixonning «Maboniul lug‘at» asari o‘z davrining ancha mukammal grammatik qo‘llanmasi bo‘lib, hozir ham tilshunoslik tarixida ma’lum ahamiyatga ega. Chunki turkiy tillarning morfologiyasi hozir ham Mehdixon asarida ko‘rsatilganiga yaqin tarzda tasvirlashadi. Masalan, turlanish sistemasidagi kelishiklarga bosh kelishik qo‘shilsa, qolganlari-fe’lning o‘tgan va kelasi zamoni, shart va buyruq matnlari, fe’l nisbatlari, (o‘zlik va majhul, birgalik, orttirma nisbatlar), ko‘makchi va to‘liqsiz fe’llar va boshqalar. Hozir ham, Mehdixon ko‘rsatilganidek belgilanadi34. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, tilshunoslik tarixida olimlar so‘zlarni so‘z turkumlariga ajratishni doimo diqqat markazida ushlaganlar. Tabiiyki, tilshunoslik fanining rivojlanib, mukammalashib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham mukammallashib borgan.

So‘zlarni turkumlarga ajratuvchi mezonlar, belgilar to‘g‘risida ko‘p bosh qotirilgan. Bu muammoning yechilish tarixi hozirgi kunda uch asosiy bosqichdan iborat:

– strukturalizmgacha bo‘lgan davr;

– strukturalizm davri;

– strukturalizmdan keyingi, ya’ni hozirgi davrga ajratiladi.

Strukturalizmgacha bo‘lgan davrda so‘zlarni turkumlarga ajratishda asosan uch o‘lchov: so‘zlarning leksik-grammatik ma’nosidan, so‘zlarning morfologik belgilari, ya’ni so‘zning grammatik formasidan; so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasidan foydalanilgan. Strukturalizmlar so‘zlarni turkumlarga ajratishda faqat birgina, ya’ni so‘zlarning distribusiyasidan foydalanilgan. So‘zlarning distribsiyasi deganda bir so‘zning gap va o‘ng tomonidan aloqaga kirishishi mumkin bo‘lgan hamma imkoniyatlari nazarda tutiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda, asosan, quyidagi belgilar asos qilib olinganligini ko‘ramiz:

– so‘zning leksik grammatik ma’nosi;

– so‘zning grammatik shakli;

– so‘zning sintaktik vazifalari;

– so‘z yasovchi morfemalari;

– so‘zning distribusiyasidan foydalaniladi.

So‘zning leksik-grammatik ma’nosi deganda, so‘z anglatadigan aniq ma’no emas, balki uning umumlashgan ma’nosi nazarda tutiladi. Masalan, uy, mars, yalpiz, hor, do‘stlik, quyon so‘zlarining muayyan aniq ma’nolari bor. Ya’ni, birinchi so‘z qurilish turi-yashash uchun qurilgan binoni, ikkinchisi, quyosh sistemasiga kiruvchi sayyorani, uchinchisi-iste’mol qilinadigan o‘simlik turini, to‘rtinchisi-tabiat hodisasining turini,beshinchisi-mavhum tushunchasi va oltinchisi – hayvon turini anglatadi.

So‘zlarning leksik-grammatik ma’nosi deganda ularning anglatadigan ma’nolari emas, balki shu so‘zlarga xos bo‘lgan umumiy ma’no-narsa yoki hodisa ma’nosi nazarda tutiladi. Narsa yoki hodisa nomini anglatuvchi so‘zlar ot deb nom olgan so‘z turkumiga kiradi. So‘zning grammatik yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, forma yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi affiksal morfemalar tushuniladi. Masalan, qizil, katta, ishlamoq, yotmoq, uy, daraxt so‘zlarining morfologik xususiyatlarini aniqlash lozim bo‘lsa, avval bu so‘zlar bilan ishlatiladigan forma yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni aniqlash lozim bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi so‘z-roq morfemasini olishi mumkin, lekin keyingi so‘zlar bu morfemani olmaydi. Uchinchi va to‘rtinchi so‘z –di, -ib, -gan morfemalarini olishi mumkin, birinchi, ikkinchi, beshinchi, oltinchi so‘zlar esa bu qo‘shimchalar bilan uchrashmaydi. Beshinchi va oltinchi so‘zlar kelishik qo‘shimchalarini olishi mumkin, lekin uchinchi va to‘rtinchi so‘zlar bunday morfemalar bilan uchrashmaydi. Birinchi va ikkinchi so‘z kelishik qo‘shimchalarini olishi mumkin. Lekin u holda ular otlashib ot vazifasini o‘tay boshlaydilar. Umuman olganda, so‘z o‘zgartiruvchi va forma yasovchi affiksal morfemalar ham so‘zlarni turkumlarga ajratishda katta ahamiyatga egadir.

Ma’lumki, so‘z turkumlarining gapda bajaradigan vazifasi turlicha. Ot gaplarda hamma vazifada kelishi mumkin, lekin sifatlarning sintaktik vazifalari chegaralangan. Shuni ham aytish kerakki, so‘z turkumlarining gapda bajaradigan vazifasi tillarda bir xil emas. Masalan. Ingliz tilida ot o‘zbek tilidagi singari hamma vazifalarda ishlatilavermaydi. Sifat esa ingliz tilida faqat aniqlovchi va qo‘shma ot kesimning qismi vazifalarida ishlatilishi mumkin.

So‘z yasovchi morfemalar deganda, u yoki bu so‘z turkumiga xos bo‘lgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar nazarda tutiladi. Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos so‘z yasovchi morfemalari bor. Biz -li morfemasini olgan so‘zni uchratsak, ikkilanmasdan uni sifat deymiz, -zo, -kor, -chi qo‘shimchalarini olgan so‘zni uchratsak, uni ikkilanmasdan ot deymiz va hokazo. Har bir tildagi so‘z turkumlarining ana shularga o‘xshagan so‘z yasovchi morfemalari bor. Masalan, ingliz tilida -ize, yoki -fy morfemalari faqat fe’lga –ment, -dom –ship, -er otga; -ous, -ful;, -less sifatga xos va hokazo.

Tabiiyki, so‘zlarning ma’nolari ularning boshqa so‘zlar bilan birikishini ta’minlaydi, masalan, ot narsa yoki hodisani anglatadi. Narsa, hodisalar ma’lum belgi va xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ular sifatlar bilan birikadi; narsalarning ish-harakati va holati tasvirlanishi mumkin. U holda ular fe’llar bilan birikadi. Ana shunday so‘z birikmalariga qarab, biz so‘z turkumini ajratishimiz mumkin. Masalan, ingliz nemis va fransuz tillarida artikllar bilan birikkan so‘zni ko‘rsam, uni albatta ot, deyman, chunki artikllar faqat otlar bilan birikadi. so‘zlarning distribusiyasi o‘zbek tilida ham katta ahamiyatga egadir. Bu tilda ham so‘zning qaysi so‘z turkumiga taalluqligini ba’zan ularning birikmasiga qarab farqlanadi:

U yaxshi odam

U yaxshi gapirdi

Ushbu ikki gapda yaxshi so‘zi bir xil grammatik formada ishlatilgan, ammo uning vazifasi har xildir. Bu gaplarda uning qaysi so‘z turkumiga mansubligi va qanday sintaktik vazifani o‘tayotganini, uni qaysi so‘z bilan birikib kelayotgani orqali aniqlanadi. Birinchi gapda u otni aniqlab, izohlab kelsa, ikkinchisida fe’l bilan bog‘lanib kelgan. Shuning uchun birinchi gapdagi yaxshi so‘zi sfat bo‘lib, aniqlovchi esa, u fe’l bilan bog‘langani uchun so‘z turkumlaridan ravishga kiradi va hol vazifasida ishlatilgan.

So‘z turkumlarini aniqlovchi mezonlar qancha ko‘p bo‘lsa, so‘z turkumlari shuncha aniq bo‘ladi. Mezonlar qancha kam bo‘lsa, natija shuncha noaniq chiqadi.

Umumiy leksik-grammatik ma’noga ega bo‘lgan, bir xil grammatik kategoriyalardan foydalanadigan hamda gapda ma’lum sintaktik vazifalarni bajarib, ma’lum so‘zlar bilan aloqaga kiritadigan va nihoyat ma’lum so‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali yasaladigan so‘zlar yig‘indisiga so‘z turkumi deyiladi35.

So‘z turkumlarini tasnif etishda A.A.Shaxmatov so‘z formalariga asoslanish prinsipidan chetga chiqib, faqat ularning semantik xususiyatlariga tayanib ish ko‘radi. U so‘zlarni turkumlarga mana shunday ajratadi:

a) mustaqil ma’noli so‘zlar: ot, fe’l, sifat, ravish;

b) mustaqil ma’nosi bo‘lmagan so‘zlar: olmosh, son, olmoshdan tug‘ilgan ravishlar;

v) yordamchi so‘zlar: old ko‘makchi, bog‘lovchi, prefiks, yuklama;

g) nihoyat, so‘zlarning ekvivalenti bo‘lgan undovlar.

Ot, sifat, fe’l, olmosh, son turkumlarini o‘zgaradigan so‘zlar deb, formal so‘zlar, ravishlar va undovlarni o‘zgarmaydigan so‘zlar deb ataydi. A.A.Shaxmatov morfologiyani, bir tomondan, umuman so‘z turkumlari kategoriyalari haqidagi ta’limot deb tushuncha, ikkinchi tomondan, o‘zgaradigan so‘zlarning grammatik formalari haqidagi ta’limot deb tushunadi. U so‘z formalarini o‘zgaradigan so‘zlardagina mavjud deb biladi.

So‘zning grammatik formasiga A.A.Shaxmatov tubandagilarni kiritadi.


  1. otlarning songa ko‘ra o‘zgarishi va kelishiklar bilan turlanishi;

  2. sifatlarning grammatik jinsi, soni, kelishiklar bilan turlanishi, shuningdek, sifat darajalari;

  3. olmoshlardagi shaxs-son va grammatik jinsiga ko‘ra o‘zgarish;

  4. fe’llardagi shaxs va son, zamon, mayl, nisbat (zalog), vid, shuningdek, infinitiv, sifatdosh, ravishdoshga ko‘ra o‘zgarishlar.

A.A.Shaxmatov so‘z turkumlarini sintaksisga ko‘chirib, morfologiyaga so‘z formalarinigina qoldiradi36.

Hozirga qadar so‘z turkumlarining soni haqida olimlar o‘rtasida hamon turli fikrlar mavjud. Masalan, hozirgi zamon rus tilida o‘rta, un ikkita, hatto o‘n beshta so‘z turkumi bor, degan fikrlar o‘rtaga tashlangan.

Agar ruscha so‘zini biz ot desak:

a) ma’no nuqtai nazaridan u narsani anglatadi;

b) grammatik forma nuqtai nazaridan birlik va ko‘plik ko‘rsatkichiga ega, kelishiklar bilan turlanadi, jins ko‘rsatkichi bor;

v) ma’lum sintaktik vazifalarni bajaradi;

g) sifat, fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan aloqaga kirishadi, bu nuqtai nazardan vozmojno, veroyatno so‘zlarini hozirda amalda bo‘lgan 10 turkumdan birortasiga kiritib bo‘lmaydi. Shuning uchun ba’zi olimlar ularni alohida turkum deb bilishni tavsiya qiladilar. Bu so‘zlar morfologik nuqtai nazardan ravishga o‘xshasa ham, gapda ravishlar bajargan vazifani bajarmaydi, ya’ni hol bo‘lib kelmaydi. Ular so‘zlovchining gapdan anglatilgan majmuiga munosabatini ko‘rsatadi. Bu xususiyatiga ko‘ra mazkur so‘zlar modal so‘zlar nomini olgan. Stыdno, jal kabi so‘zlar ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Ular ravishni eslatsa-da, gapdagi vazifalariga ko‘ra, ravishdan tubdan farq qiladi, ikkinchidan, gapda kesim vazifasini o‘taydi va bu xususiyati bilan fe’lga o‘xshaydi. Ammo fe’lning boshqa xususiyatlarini aks ettirmaydi. Ana shu sabablarga ko‘ra ularni holat kategoriyasi deyilishi turkumga kiritishadi.

Hozirgi zamon ingliz tilidagi so‘z turkumlarining soni olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Ayrim olimlar hozirda amalda bo‘lgan 10 ta so‘z turkumiga ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, predlog, bog‘lovchi, artikl va yuklamalar, yana to‘rtta qo‘shib, modal so‘zlar, holat kategoriyasi, undovlar, javob so‘zlar, so‘z turkumlari sonini 14 taga yetkazadilar. Bu olimlarning so‘z turkumlarini farqlashda qanday va nechta mezonlardan foydalanishlariga bog‘liqdir37.

Umuman olganda, so‘z turkumlari masalasi yuqorida ta’kidlanganidek, doimo tilshunos olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Xususan, so‘z turkumlari rus tilshunosligida ham keng ravishda tahlil qilinib ular an’anaviy ravishda muataqil va yordamchi so‘z turkumlariga ajratiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda Moskva tilshunoslik maktabining asoschisi F.F.Fortunatovning xizmati alohida o‘rin egallaydi. U so‘zlarni formal-grammatik jihatdan turkumlarga ajratib. Tildagi barcha so‘zlarni «to‘la» -polnыye, «qisman» yoki so‘z hissalar (chastichnыye) va undovlarga ajaratadi. Ushbu tasnifda «so‘z hissalar», «to‘la» mustaqil ma’noli so‘zlarga xid qo‘tilib, ularsiz ma’no ifodalamasligi, ularning ma’nosi birga kelgan mustaqil so‘z ma’nosiga aloqador maxmunni yoki shu so‘z qatnashgan gap mazmuniga tegishli ma’noni anglatish orqali ro‘yobga chiqishi aytiladi38.

Ushbu tasnifda mustaqil so‘zlarsiz yordamchi so‘zlarning mavjud bo‘lmasligi e’tirof etiladi. Rus tilshunosligida so‘z turkumlarini maxsus o‘rgangan olimlardan biri L.V.Shcherbadir. L.V.Shcherba so‘zni turkumga ajratishda quyidagicha yondashadi: «Har qanday so‘zda u mansub bo‘lgan kategoriyaning qandaydir tashqi belgilari mavjud bo‘lib, bular old va so‘ng qo‘shimcha, ohang, so‘z tartibi va hokazo bo‘lishi mumkin. Hatto o‘zgarmaydigan so‘zlarning mazkur xususiyati ham o‘zgaruvchilarga nisbatan belgi sifatida olinishi mumkin39.

L.V.Shcherba so‘zlarni turkumlarga ajratishda uch guruhga ajratadi:

a) mustaqil so‘zlar;

b) yordamchi so‘zlar;

d) undovlar.

Olim mustaqil va yordamchi so‘zlar orasidagi farqni shunday izohlaydi: mustaqil so‘zlar mustaqil ma’noga egaligi bilan. Yordamchi so‘zlar esa tasavvuriy fikrlar orasidagi munosabatlarni ifodalashida deb biladi. Yuqorida e’tirof etilganidek, so‘z turkumlari nazariyasining mukammal variantini yaratgan olimlardan biri V.V.Vinogradovdir. Olim so‘z turkumlari va yordamchi so‘zlar haqidagi o‘zidan oldingi olimlarning fikrlarini atroflicha tahlil etib, ularni sintezlashtirib. So‘zlarni turkumlashda ularning struktural-semantik tiliga tayanish lozim, degan xulosaga keladi40. «So‘zni leksik tavsiflashda undagi ham lug‘aviy, ham grammatik holatni hisoga olish lozim, deb o‘qtiradi. V.V.Vinogrvdov so‘z turkumlarini «so‘z kategoriyalari» deb nomlab, umumiy sonini 14 taga yetkazadi. (ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, holat kategoriyasi, modal, so‘zlar, yuklama, predlog, bog‘lovchi, undov). U so‘zlarning ma’naviy-strukturasini tahlil etishi natijasida to‘rt asosiy tuzilmaviy-semantik kategoriyani ajratadi:

1) nomlovchi so‘zlar, ularning sirasiga olmoshlar ham kiradi. Bu so‘zlar «nutqning predmet-ma’naviy, leksik va grammatik asosini yaratib, so‘z turkumlari sirasiga kiradi;

2)nutq bo‘laklari – yordamchi va bog‘lovchi so‘zlar, nominativ ma’noga ega emas va til texnikasi bilan bevosita bog‘liq, V.V.Vinogradov fikricha, yordamchi va bog‘lovchi so‘zlar grammatik ma’no bilan aynan bir xil;


  1. modal so‘zlar va yuklamalar yordamchi va bog‘lovchi so‘zlarga qaraganda birmuncha leksik ma’noga ega bo‘lsa-da, nominativ funksiyaga ega emas;

  2. undovlar-semantik jihatdan boshqa so‘zlar bilan bog‘lana olmaydi va affektiv buyoqdirlikka ega41.

V.V.Vinogradov fikricha, nominativ funksiyaga ega bo‘lgan so‘zlar xos bo‘lib, zamonaviy tillarning ko‘pchilik qismida mustaqil so‘z turkmlari toifasidagi so‘zlar kiradi. Olim nomlovchi so‘zlarning ajralishi besh turdagi farqlanishga asoslanishini aytadi:

a: nutq jarayonida, gap strukturasida so‘zlarning sintaktik funksiyasidagi farq;



  1. so‘z shakllari va morfologik tuzilishidagi farq;

  2. so‘zlarning lug‘aviy ma’nosidagi farq;

  3. borliqni tasavvur etish usulidagi farq;

  4. u yoki bu so‘z turkumiga bog‘liq grammatik kategoriyalarning o‘zaro munosabati va teng ergashishi tabiatidagi farq42.

V.V.Vinogradovning so‘z turkumiga ajratish ta’limotida semantik, morfologik va sintaktik tamoyillar bir-biri bilan uxviy bog‘langan, ya’ni ma’lum bir ma’no xususiyatga ega so‘zlarga morfologik shakl va sintktik vazifa yuklatilgan. U modal so‘zlar bilan yuklamalarini bir kategoriyaga birlashtiradi va ularning farqi sifatida modal so‘zning to‘lig‘icha gapga, yuklamaning esa so‘zga tegishli ekanligini keltiradi. XX asrning 70-yillarida tilshunos olim A.N.Tixonovning yozishicha «albatta» so‘z turkumlari morfologik hodisadir va ularning morfologiya jihatidan tadqiq etilishi an’anaga aylanib bo‘ldi. Ammo ularning morflogik xususiyatlarini tasvirlashda ma’lum bo‘ladiki, ular faqatgina morfologiya bilan bog‘liq emas. A.N.Tixonov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, semantik va sintaktik fiktorlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni e’tiborga olmasdan turib, morfologik xususiyatlarni alohida tushuntirib bo‘lmaydi43.

Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, G‘arb tilshunoslarining, xususan, rus tilshunoslarining xizmatlari natijasida so‘z turkumlari nazariyasi maxsus soha sifatida shakllandi va so‘z turkumlari tasnifining bir qancha tamoyillari ishlab chiqildi. Ayniqsa, so‘z turkumlarini ajratishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan grammatik kategoriyalar tadqiqiga e’tibor kuchaydi. Ammo qanchalik ko‘p tadqiq etilganiga qaramay so‘z turkumlari borasida g‘arb tilshunosligida ham, rus tilshunosligida ham o‘z yechimini topmagan masalalar yetarlidir.

Shuni alohida urg‘u bilan aytish lozimki, biz xohlaymizmi yoki yo‘qmi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida mukammalashuviga rus tilshunosligining ta’siri bo‘lgan, albatta. Tilshunoslarimiz tomonidan keyingi paytlarda o‘zbek tilshunosligiga rus tili ta’sirining salbiy tomonlari sifatida qolipiga solish yoki ulardan andozalar olish holatini e’tirof etilgani ayni haqiqatdir.

Bizningcha, buning asosiy sababi bir tomondan o‘zbek tilshunosligining o‘sha davrdagi, ya’ni XX asr boshlaridagi nazariy jihatdan holati bo‘lsa, ikkinchi tomondan rus tuzimining makkor o‘yinlaridir. Aslini olganda, u davr tilshunos olimlarga ham tanqidiy munosabatda bo‘lish adolatdan emas, chunki ularning ulkan xizmati, o‘zbek tilshunosligi fanining vujudga kelishi, shakllanishi uchun poydevor yaratishgani bilan belgilanadi.

Zero, zaminimizda asrlar mobaynida arab tili grammatikasidan voz kechish va yangicha lingvistik nazariyalarni hamda zamonaviy tajribalarni tadbiq qilish uchun g‘arb tilshunosligi yagona manba edi. Olimlarimiz uchun jahon tilshunosligiga ko‘prik rus tilshunosligi edi. Shuning uchun o‘z davrida ilmiy yangilik deb hisoblangan nazariyalarning bugungi kunda rus tili grammatikasiga taqlid ekanligi ayon bo‘lib qoldi. Bu nazariyalarning emklitik ekanligini anglashimizga o‘zbek tilshunosligining istiqlol yillarida to‘plagan boy ilmiy tajribasi va yuksak tafakkuri sabab bo‘ldi. Zero, akademik A.N.Kononov to‘g‘ri ta’kidlaganidek: «Na arab, na rus grammatik sxemalari turkiy tillarning morfologiya va sintaksisdagi asosiy qonuniyatlar bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Kollektiv tomonidan bunyodga keltirilib, ko‘p vaqtlardan beri qat’iylashib qolgan xato fikrlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish va kollektiv bo‘lib bartaraf qilish kerak44. Shu nuqtai nazardan. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab tilshunoslarimiz bu kamchiliklarni tuzatishga kirishda tilimizning turkona tabiatini yaratish borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda.

Tilshunos tadqiqotchi A.Pardayev so‘zlarni to‘rt struktural-semantik tipga bo‘linish tamoyillariga asoslangan F.G‘.Isxokovning qarashlarini e’tirof etib, uning tasnifini keltiriladi.



  1. Mustaqil so‘zlar.

  2. Yordamchi so‘zlar.

  3. Modal so‘zlar va yuklamalar.

  4. Undov va taqlidiy so‘zlar45.

A.Pardayev internet ma’lumotlari asosida quyidagilarni keltiradi:

Internetdagi www.twirpx.com/file392625/ veb sahifasida 1997 yilda Ros FA tilshunoslik instituti tomonidan tayyorlangan «Dunyo tillari» ko‘p tomli ensiklopediyasining turkiy tillarga bag‘ishlangan seriyasida berilgan yetakchi turkologlar maqolalari orqali ayrim turkiy tillarda bugungi kunda amalda bo‘lgan so‘z turkumlarining qisqacha ta’rifi quyidagicha:

Ozarbayjon tilida: 1) mustaqil so‘zalr (ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish); 2) yordamchi so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘zlar); 3) undov so‘zlar.

Qozoq tilida: ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l, taqlid so‘zlar. Undov so‘zlar, yordamchi so‘zlar.

Qoraqalpoq tilida: 1. Mustaqil so‘z turkumlari: 1) ism (ot, sifat, ravish, son, olmosh); 2) fe’l. 2. Yordamchi so‘z turkumlari (yuklama, ko‘makchi, bog‘lovchi). 3. Undov so‘zlar.

Qorachoy-balqar tilida: 1) Mustaqil so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish; 2) Yordamchilar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama); 3) Modal so‘zlar; 4) Undov va tovushga taqlid so‘zlar.

Qirg‘iz tilida: mustaqil so‘zlar (ot, sifat, son, olmosh, fe’l, taqlid so‘zlar, ravish, undosh so‘zlar); va yordamchi so‘zlar (bog‘lovchilar, ko‘makchilar, yuklamalar va modal so‘zlar.

Qrim-tatar tilida: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, ko‘makchi, yordamchi otlar, yuklamalar, bog‘lovchilar, undov so‘zlar, taqlid so‘zlar.

Qo‘miq tilida: ot, sifat, son, olmosh. Ravish, fe’l, ko‘makchi. Yuklama, undovlar.

Nog‘ay tilida: 1) ism (ot, sifat, ravish, son, undov, olmosh); 2) fe’llar; 3) Yordamchi so‘z turkumlari (ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar).

Solor tilida: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish predikativlar, ko‘makchilar, yuklamalar, bog‘lovchilar, undov so‘zlar, mimemalar.

Tatar tilida: 1) tushuncha ifodalovchi so‘zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe’lo, ravish, predikativ so‘zlar va tovushga taqlid so‘zlar; 2) so‘zlovchining borliqqa munosabatini ifodalovchi so‘zlar (modal so‘zlar, undov so‘zlar, yuklamalar); 3) so‘zlar o‘rtasidagi aloqani bajaruvchi so‘zlar (ko‘makchilar, bog‘lovchilar, bog‘lovchi so‘zlar).

Turk tilida: 1) Mustaqil so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fel, ravish, imitativ, undovlar); 2) Nomustaqil so‘z turkumlari (ko‘makchilar, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘zlar).

Turkman tilida: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, undov so‘zlar.

Uyg‘ur tilida: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘zlar undov so‘zlar, taqlid so‘zlar.

Boshqird tilida: ot, olmosh, son, sifat, ravish, fe’l, taqlid so‘zlar, modal so‘zlar. Undov so‘zlar, ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar.

O‘zbek tilida: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘zlar, undov so‘zlar, taqlid so‘zlar46.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki. Umuman turkiy tillar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, so‘z turkumlari va yordamchi so‘z turkumlari tarkibi haqida ko‘plab fikrlar mavjud. An’anaga ko‘ra, buning uchun leksik-semantik, morfologik va sintaktik mezonlar qo‘llanilmoqda. Qanday tasnif etilishidan qat’iy nazar tasnif paytida ulardan faqat bittasi qo‘llaniladi. Ba’zi olimlar, har bir so‘z turkumi klassifikasion belgisini differensial holda tadqiq etishadi. Bir xillari asosiy sifatida e’tiborga olishsa, boshqalari qo‘shimcha, yordamchi sifatida tadqiq etishadi. Misol uchun turkiy tilshunoslikda, shu jumladan o‘zbek tilshunosligida ham, asosiy e’tibor semantik mezonga qaratilib, qolganlariga ikkilamchi o‘rin ajratilgan.

Turkologiyada shu davrga qadar hukm surib kelgan uch yoqlama mezon-semantik, morfologik va sintaktik mezonlar turkiy tillardagi so‘z turkumini to‘liq tasnif etish va ta’riflashda o‘zaro ziddiyatga kirishishni, demak bu «triada»dan turkiy tillar so‘z turkumini tekshirishda yalpi. Bir tekis foydalanish kutilgan natijani bermaydi. Har bir mezon qo‘llanganda differensial yondashuv talab etiladi47.

Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘zbek tilshunosligida so‘z va uni turkumlarga tasniflash masalasi o‘zining uzoq evolyutsion tarixga ega. Buyuk qomusiy allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Bobur.Keyinchalik A.Zohiriy, Ye.D.Polivanov, Fitrat va boshqa olimlarning xizmatlari beqiyosdir.Keyingi paytlarda o‘zbek tilshunosligida so‘zlarni turkumlarga ajratishda uch mezonli morfologik, sintaktik, semantik tasnifi ayrim tilshunoslar tomonidan tanqid qilinmoqda.

Tilshunos olim H.Ne’matov so‘z turkumlarining semantik, morfologik va sintaktik jihatlari bir-biridan kelib chiqmasligini va birlik hosil qilmasligni ta’kidlab, bu xususiyatlarning har biri alohida olingandagina so‘z turkumining tekshiruv asosi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi48.

Prof. H.Ne’matovning ushbu tavsiyasi garchi so‘zlarni qoldiqsiz tamoyilga asoslangan bo‘lsa-da, bu o‘zbek tilshunosligida o‘z aksini to‘lasincha qoplamaganligi e’tirof etilmoqda.

So‘z turkumlarini semantik, sintaktik, morfologik tamoyilga ko‘ra tasnif qilishda ayrim o‘rinlarda zo‘rma-zo‘rakilik bilan ajratilgani yoki so‘zlar majburan bir turkum doirasiga kiritilgani nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida ham uchrashini kuzatish mumkin. Bu holatni V.G.Gyotening quyidagi fikri bilan izohlaydi: «Tasnifning qaysi turi qanday tasnif etilmasin, birorta ham turkumga kirmaydigan elementlar doimo topilib turadi. Masalan, voice va voila so‘zlari o‘z belgi-xossalariga ko‘ra, birorta so‘z turkumiga ham kiritilmasligi mumkin. Ammo ikki so‘z uchun alohida turkum yasash amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganligi sababli ularni boshqa-boshqa turkumlarga kiritadilar49.

An’anaga kirib qolgan uchta semantik, sintaktik, morfologik tasnif mezonlarini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ularni ayrim-ayrim holda ham, birgalikda ham qo‘llash yetarlicha natija bermaydi va so‘z turkumlarining ontologiyasini ochib berishda yetarli emas», deydi Z.Isoqov50.

XX asrning 70-yillariga kelib o‘zbek tilshunosligida sistem-struktur tilshunoslik g‘oyalari keng targ‘ib qilina boshlandi. Til faktlariga sistemaviy-struktural tahlil metodlari asosida yondashila boshlagandan so‘ng so‘z va uni turkumlash borasida ham yangicha qarashlar yuzaga keldi.

Sistem tilshunoslik metod va usullari so‘z turkumlarini tasnif etish mezonlarini, belgilashda yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. So‘z turkumlarining sistem-paradigmatik xarakteri, ularning til sathlari «chorrahasi»da joylashgan kategoriya ekanligidan kelib chiqib o‘rganila boshlandi.

Sistem-struktur yo‘nalish so‘z turkumlari nazariyasi mohiyatini yana chuqurlashtirdi. U oraliq uchinchi qonuni asosida so‘z turkumlarini ikki a’zoli emas, balki uch a’zo bilan tasnif qilishga o‘tdi. Bu so‘z turkumlari sistemasining yaxlitligini isbotlashga asos bo‘ldi. Natijada o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlari tasnifiga dialektik mantiq nuqtai nazaridan substansial yondashilib, uni xilma-xil va belgi xususiyatlar majmui sifatida talqin etish ommalashdi. So‘z serqirra hodisa sifatida qaralib, so‘z turkumi tasnifining mantiqiy lisoniy mezonlarini aniqlshga imkon yaratadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlarini sistem tahlil qilishga oid dastlabki asosli fikrlar A.Nurmonov, R.Rasulovlar tomonidan amalga oshirildi. A.Nurmonov «O‘zbek tilining nazariy grammatikasida» … Adabiyotlarda so‘zlarning mustaqil va yordamchilarga ajratilishi asosiy tamoyillari sifatida tushuncha ifodalash, shakliy yaxlitlik, fonetik bir butunlik belgilari ko‘rsatiladi. Agar bu belgilarga jiddiy e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning hammasi mustaqil so‘zlarni ajratishga yordam beradi. Morfologik so‘z sifatida mustaqil so‘zlargina e’tirof etiladi va ular obyektiv borliq uzvlarini ong orqali ifodalash nuqtai nazaridan otlar va fe’llarga bo‘linadi. Otlar borliqdagi narsa va hodisalarning nomlari, fe’llar esa harakat holatlarning nomlaridir51.

Bir so‘z bilan aytganda, so‘zlarni turkumlarga ajratishda ham semantik, morfologik, sintaktik omil nisbiy mustaqillikda qaralmog‘i lozim. Mustaqil so‘z to‘plamini grammatik umumiy ma’no jihatdan farqlash jarayonida, lug‘aviy ma’no bilan bir qatorda, morfologik omil ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki mustaqil so‘z guruhi ma’no qobiliyati jihatidan dastlab uchta katta guruhga ajraladi:



  1. Atov leksemasi. Bu shunday leksemaki, u ma’lum bir, narsa, voqyea-hodisa, belgi, xususiyat aloqa-munosabat, harakat-holatni atab keladi. (adal, pari, qizil, bir, endi, yoz-uxla).

  2. Shiora so‘z (olmosh). bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi matn bilan bog‘liq, uning biror tarkibiy qismiga shiora qilish bilan nutqda muayyan mazmun kasb etadi.

  3. Tasvirlovchi so‘z (undov va taqlid). Hozirgi kunda u tarkibiga modal va tasdiq-inkorni ham kiritish mumkin52.

Lug‘aviy ma’noni shakllantirish va voqyealantirishda morfologiyaning o‘rni lug‘aviy ma’noning ko‘rinishini farqlash bilan chegaralanmaydi. Grammatik kategoriya so‘zning ma’lum bir lug‘aviy xususiyatga ega bo‘lgan guruhiga xos, uning grammatik ma’nosini shakllantirishga, mohiyatan ancha keng va chegarasi qat’iy bo‘lmagan ma’noviy belgini grammatikaning qat’iy qolipiga tortishga xizmat qiluvchi kategoriya. Tasniflovchi kategoriya siatida nisbat, son, daraja, tartib va morfologik o‘zgarmaslik kategoriyasi yuzaga chiqadi. Shuning uchun leksemaning morfologik paradigmasi quyidagi ko‘rinishga ega:

  1. Shaklan o‘zgarmas nomema;

  2. Nisbatlanuvchi;

  3. Sonlanuvchi;

  4. Darajalanuvchi;

  5. Mo‘tadil.

Morfologik shaklini mutlaqo o‘zgartira olmaydigan so‘z sifatida ravish siradan chiqadi. U ma’no va vazifa jihatidan ot. Sifat, son, demak, qisman, olmoshga o‘xshash bo‘lsa-da, lug‘aviy shakl qo‘shimchasini qabul qila olmasligi bilan ajralib turadi. Ravish va ism ko‘p holda o‘xshash, shu boi sbir qator sifat ravishga juda ham yaqinlashadi. Masalan, kecha. Kunduz, tong, oqshom (payt oti), barvaqt, bir mahal, kech (payt sifati), atrof, keyin, yuqori, past, baland (o‘rin sifati), oz, ko‘p, mo‘l, butun, to‘la (miqdor sifati) shular jumlasidan.

Ilmiy tadqiqot, darslik va grammatikada bu so‘zning ravish sifatida qaralib kelganligi ma’lum. Chunki bunday so‘zga boshqa tildagi (xususan, yevropa tillaridagi) o‘zgarmas so‘z-ravish mos keladi. Biroq ravishning o‘zgarmaslik qonuniyatiga tayanaladigan bo‘lsa, uning bu turkum sirasida qaralishi maqsadga muvofiq emas53.


Yüklə 394,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə