Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 394,86 Kb.
səhifə5/5
tarix22.11.2017
ölçüsü394,86 Kb.
#11620
1   2   3   4   5

Mazkur jadval turkiyshunoslik va tilshunoslikda tamoman yangi ir hukmni, ya’ni xulosani chiqarishga imkoniyat beradi. Bu ham bo‘lsa turkiy til, jumladan, o‘zbek tilida morfologiyaning sintaksisdan ko‘ra umumlashganroq, universal (mushtarak)roq ekanligi haqidagi xulosa. Izchil tasnifda leksamaning ma’naviy .bo‘linishi 10 bosqich, sintaktik bo‘linishi 4 bosqichni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, morfologik tasnif esa atigi 2 bosqichda o‘tkazildi. Bu o‘zbek tilining (umuman turkiy tilning) aglyutinatik qurilishi va forma yasash shaklining umumiyligi tufayli sodir bo‘ladi.

Keltirilgan jadvalning 4-bosqichida rus va o‘zbek tilshunosligida an’anaga aylangan so‘z turkumining barchasini ko‘rish mumkin.

Tabiiyki, bu esa an’anaviy tilshunoslikdagi an’anaviy so‘z turkumining ajralishida ma’naviy hamda sintaktik asosning ustuvor ahamiyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.

Shuning uchun an’anaviy tilshunoslikka nisbatan so‘z turkumi ajralishida sintaktik omil noto‘g‘ridir, degan fikrni rad etgan holda, bu sohada akayemik I.I.Minganikovning ilgari surgan fikrini – so‘zning guruhlanishida va guruhga ajratilishida, tarixan so‘z turkumining shakllanishida ma’no va sintaksis yetakchi o‘rin egallamagan, degan fikrni tan olishga to‘g‘ri keladi.

O‘zbek tilida ma’naviy, morfologik va sintaktik jihat bo‘yicha farqlanuvchi leksema turkumini ajratish mumkin:

– shiora, undov v ataqlidlar sof ma’naviy asosda;

– ot, sifat, son, fe’llar sof morfologik asosda;

– bog‘lovchi, ko‘makchi, undov va moddalar

Sintaktik asosda ajratiladi. Ravish bu bo‘linishdan «qoldiq»ni tashkil qilsa, yuklama boshqa sath birligi-fonetik hodisa sifatida ajratiladi.

Bir turkumdan ikkinchi turkumga o‘tish (ko‘chish, transpozisiya) mohiyatan ikki turlidir: lisoniy va nutqiy. Lisoniy ko‘chishda ma’lum bir turkum leksemasi lisoniy bosqichga xos bo‘lgan ma’naviy, sintaktik yoki morfologik belgi qabul qiladi. Chunonchi, fe’lning ravishdosh shakli nisbat ma’nosini yo‘qotsa, ravish yoki ko‘makchiga aylanadi: ko‘ra, qarab, yarasha, qaraganda, qarata; -lab qo‘shimchali barcha ravish: ertalab, oralab, tonglab, tunlab.

Sifatdosh ham nisbat ma’nosini yo‘qotsa, sifat turkumiga o‘tadi: chiniqqan-chiniqqanroq; qaraygan-qarayganroq. Harakat nomi nisbat ma’nosidan mahrum bo‘lsa, ot turkumiga o‘tadi.

Taqlid nomlash ma’nosini kashf etgach, ot yoki sifat turkumiga o‘tadi: chaq-chaq (gurung ma’nosida), gulduros, chiq-chiqa, (pichir-pichir), ot, sifat, son ma’nosining umumlashtirilishi natijasida shiorlarga o‘tishi mumkin: kishi, narsa, bir kun, bu yer, u yer.

Undov atash ma’nosini ifoda etib, otlarga o‘tadi: dod, oh, ohu nola.

So‘zning ma’naviy-grammatik tasnifi. Leksema serqirra mohiyatli lisoniy birlik, uning tasnifida bu jihat asosiy diqqat markazida turishi lozim. Chunki leksemaning har bir qirrasi alohida bir tasnifga asos bo‘ladi. Uning har biri o‘z o‘rnida ahamiyatli.

So‘z turkumida leksika va grammatika, lison va nutq, til va borliq munosabati shunday kirishadiki, bu murakkab holat uni tasniflashning jo‘n hodisa emasligini ko‘rsatadi.

So‘z leksika uchun ham, grammatika uchun ham asosiy va zaruriy birlik. Modomiki, so‘z turkumi o‘zida u yoki bu belgisiga ko‘ra ajratilgan so‘z guruhi ekan, uni ajratishga doir muammoni leksika, morfologiya va sintaksis bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchi o‘zicha hal etadi.

So‘z turkumi soni v atarkibini aniqlashda jahon tilshunosligida bo‘lgani kabi o‘zbek tilshunosligida hal so‘zning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan.

Aslini olganda, so‘z semantik, morfologik va sintaktik belgisi asosida tasnif qilinishi maqsadga muvofiq.

Agar so‘zda semantik, morfologik va sintaktik belgi butunlikni tashkil etmas ekan, bunda u tasnif asosi bo‘lib xizmat qila olmaydi. Zero, ziddiyatsiz bo‘lish faqat bir asosda amalga oshiriladi. Shuning uchun ayrim manbada, darslik va qo‘llanmada mualliflar so‘zni uch belgi birligi asosida tasnif qilishib, asosan, undan biriga yetakchi, asosiy mezon sifatida tayanishadi, shuningdek, bir tasnifning o‘zida tasnif asosini bir necha marta almashtirishadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, uch mezondan hammasi ham so‘z guruhini belgilashda bir xil mavqyega ega emas. Bu, avvalo, so‘zning sintaktik vazifasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki biror bir sintaktik vazifani bajarish imkoniyati barcha mustaqil so‘z turkumida mavjud. Bu vazifa so‘z turkumini farqlash uchun emas, aksincha, uni tenglashtirish uchun xizmat qiladi. Sintaktik vazifa nuqati nazaridan mustaqil va yordamchi so‘z ajraladi.



So‘zning semantik tasnifi

Bunda so‘z quyidagi guruhga ajraladi:

a) mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid);

b) nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z (olmosh, so‘z-gap);

v) lug‘aviy ma’nosiz so‘z (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama).

Olmosh anglatadigan ma’no u almashtirayotgan so‘zning ma’nosi. Щu boisdan u nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z sifatida baholashi lozim. So‘z-gap (tasdiq-inkor, taklif, undov va modal so‘z) esa hatto bir butun gap vazifasida ham kela oladi. Bu uning lug‘aviy ma’nosiz so‘zdan farqini ko‘rsatadi, biroq kontekst yordamida lug‘aviy ma’no anglatadi. Masalan,

– Uyga bor. – Mayli. Gapida mayli so‘z-gap boraman so‘zi anglatgan lug‘aviy ma’noga teng nutqiy ma’noga ega. Biroq bu ma’no mustaqil emas.

So‘zning morfologik tasnifi. Bu tasnifga binoan, so‘z, ikki guruhga ajraladi:

a) o‘zgaruvchi leksema;

b) o‘zgarmas leksema.

O‘zgaruvchi leksema grammatik shaklni qabul qila oladi. O‘zgarmas so‘z ega bunday xususiyatga ega emas. Uni quyidagicha tasnif qilish mumkin.


LEKSEMA

O‘zgaruvchi

O‘zgarmas

Fe’l

Ravish

Ot

Ko‘makchi

Sifat

Bog‘lovchi

Son

Yuklama




So‘z-gap

O‘zgaruvchi so‘z uchun tasniflovchi grammatik shakl mavjud. Masalan. Otda son, subyektiv baho shakli, fe’olda nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, sifatda daraja. O‘zgarmas so‘z bunday shaklga ega emas. Ushbu tasnifda olmosh va taqlidga o‘rin berilmagan. Chunki olmosh o‘zi shiora qiluvchi barcha mustaqil so‘z turkumiga xos o‘zgarish tizimiga ega. Shuning uchun olmoshning ot-olmosh, fe’l-olmosh, sifat-olmosh, son-olmosh kabi turi mavjud. Ot-olmosh sonlanadi (son kategoriyaga ega bo‘ladi), fe’l-olmosh nisbatlanadi, tarzlanadi, o‘zgalanadi, sifat-olmosh darajalanadi, son-olmosh son shaklini qabul qiladi. taqlidning esa o‘ziga xos morfologik kategoriyasi yo‘q. Biroq o‘zgarmas so‘z ham emas. Taqlidning morfologik kategoriyaga ega bo‘lishi gapda uning qanday bo‘lak bo‘lib kelishi bilan bog‘liq. Chunki taqlidda leksemaning hali ajralmagan davrdagi «embrion diffuz» holati saqlanib qolgan.



Leksemaning sintaktik tasnifi.

Leksamaning sintaktik tasnifida, asosan, uning nutqda boshqa leksema bilan bog‘lana olish-olmasligi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olish-olmaslik xususiyati o‘z aksini topadi.

Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan so‘z: undov, modal, so‘z-gap.

Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslangan so‘z: fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid, olmosh. Sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan so‘z: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.

So‘z- gap boshqa so‘z bilan sintaktik aloqaga kiritmaydi, o‘zi mustaqil gap bo‘lib kelish qobiliyatiga, ya’ni ajralish xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi so‘z esa bog‘lanish xususiyatiga ega. Bunda yordamchi gapda alohida bo‘lak bo‘lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog‘lash vazifasini bajaradi. Mustaqil leksema esa mustaqil ravishda gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi.

O‘zbek tilida so‘z turkumi mazkur belgisi asosida yangicha quyidagi ko‘rinishda tartiblanadi92.



Mustaqil so‘z

Yordamchi so‘z

Oraliq so‘z

Fe’l

Ko‘makchi




Ot

Bog‘lovchi




Sifat

Yuklama




Son







Ravish







Taqlid







Olmosh






Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, so‘z turkumlarining tasnifi va tahlil tamoyillarini o‘rganish uzoq tarixga ega. So‘z turkumlari masalasi tilning eng muhim birligi – tushunchaning shakli bo‘lmish so‘z bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ushbu masala qadimgi davrlardan boshlab tilshunoslar, faylasuflar hamda boshqa soha vakillarining diqqat markazida bo‘lib kelgan.

So‘z turkumlarini tasniflashda asosan leksik-semantik, morfologik va sintaktik mezonlarga asoslanish kuzatilib, ularning qaysinisiga yetakchilik maqomini berish doimiy tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Bu borada tilshunos olim V.T.Tok shunday fikr bildiradi: «So‘z turkumi nazariyasi tanqidchilari uning turli mezonlar asosida tasniflanishini asosiy kamchilik deb bilishadi. Biroq, aynan shu (turli mezonlarning qo‘llanilishi) uning ijobiy tomonidir, chunki uch belgi – kategoriya-semantik, formal-morfologik va funksional. Sintaktik xususiyatlar – o‘zaro chuqur alohida bo‘lib, bir asosiy manbaga so‘zning nominativ qobiliyatiga borib taqaladi. Shuning uchun so‘zlarni turkumlashda nominasiya – so‘zda g‘ayrilisoniy borliqning in’ikosi – xarakterini inobatga olish juda muhim93.

Garchi o‘zbek tilshunosliigda XX asrga kelib o‘zbek tili morfologiyasi shakllandi, bu sohada katta yutuqlarga erishilganligiga qaramasdan jahon tilshunosligida ham e’tirof etilgan so‘z turkumlarining universal tasnifi yuzaga kelmadi. Tabiiyki, o‘zbek tilshunosligi ham bundan mustasno emas. Yuqorida ta’kidlanganidek, XX asrda ham, hatto mustaqillik davridan buyon o‘tgan davrga ham o‘zbek tilida so‘zlarni turkumlarga ajratishda yagona bir tasnif vujudga kelmadi. Zero, ushbu yuqorida ta’kidlanganidek, «So‘z va uning turlicha tasnifi har bir davr tilshunosligida muhim muammo bo‘lib qolaveradi»94.

Biz yuqorida ko‘rsatilgan uch alohida tasniflarni:

Birinchi tasnif: leksemaning ma’no xususiyati asosidagi izchil tasnifi;

Ikkinchi tasnif: leksemaning morfologik kategoriya va shaklga munosabati jihatidan tasnifi;

Uchinchi tasnif; leksemaning gap ko‘rinishida tuta oladigan o‘rni va bajara oladigan vazifasiga ko‘ra tasnifi.

Biz leksemani ma’naviy, sintaktik va morfologik tomonidan hozirgi zamon tilshunosligida ko‘rsatilganlarni e’tirof etgan holda yuqoridagi oxirda jadvaldagi so‘zlarning turkumlanishini ma’lum darajada farqlagan holda so‘zlarni quyidagicha guruhlarga ajratishni lozim deb hisoblaymiz.



  1. Mustaqil so‘z turkumlari: ot, sifat, son, fe’l, ravish.

  2. Oraliq so‘z turkumlari: undov, modal, taqlid.

  3. Yordamchi so‘zlar: yuklama, ko‘makchi, bog‘lovchi.

Taqlid so‘zlarni mustaqil so‘z turkumi sifatida qarash, undov va modal so‘zlarni hamda ishora, inkor, tasdiqlarni so‘z-gaplar qatoriga qo‘shimcha hojat bo‘lmasa kerak.

Birinchidan, «morfologiyada so‘z formasini hosil qilish qoidalari va so‘z yasash qoidalari o‘rganiladi, shuningdek morfologiya so‘zlarning ma’lum belgilar asosida guruhlarga turkumlarga bo‘linishini ham tekshiradi»95.

Ikkinchidan, biz oraliq so‘z turkumlariga kiritayotgan taqlid, undov, modal so‘zlar o‘zida ham mustaqil ham yordamchi so‘zlarga xos xususiyatlarni aks ettiradi.

Uchinchidan, agar so‘z-gaplar to‘g‘risida fikr yuritiladigan bo‘lsa, ularning vazifasi nutq jarayonida gap tarkibida tahlil etiladigan bo‘lsa, bu o‘z navbatida sintaksisning obyektidir.

Umuman olganda, istiqlol davrida so‘zlarni sistem tilshunosli tamoyillari nuqtai nazardan yondashib, har bir turkumning ma’naviy, sintaktik, morfologik xususiyatlarini farqlash borasidagi ilmiy tadqiqotlarni o‘zbek tilshunosligining yutuqlaridan biri ekanligidan dalolat beradi.
UMUMIY XULOSA
Mavzu nutqda o‘zgarish qoidasini belgilaydi. U so‘z shaklini hosil qilish qoidasi va so‘z yasash qoidasi bilan birgalikda so‘zning ma’lum belgi asosida guruhga-turkumga bo‘linishini ham tekshiradi.

So‘zlarni turkumlarga ajratishda leksika va grammatika, lison va nutq, til va borliq munosabatlari o‘zaro qorishib ketganligi sababli ularni tasniflash o‘ta murakkabdir. An’anaviy tilshunoslikda so‘zlarni turkumlarga ajratishda hozirga qadar eng muhim masala so‘zlarni turkumlarga ajratishda hozirga qadar eng muhim masala-so‘zlarning o‘zaro munosabatlarini, kesishuv nuqtalarini, yaqinlashuvi va uzoqlashuvini inobatga olmasdan talqin etib kelinganligini ko‘ramiz.

Bugungi kunda an’anaga ko‘ra so‘zlarni leksik, semantik va sintaktik mezonlar asosida tasnif etib, asosiy e’tibor semantik nuqtai nazardan tahlil etish talabga javob bermasligi barchaga ayon bo‘lib qoldi.

1.So‘zlarni turkumlarga ajratishda yuqoridagi mezonlarga differensial yondashuvni taqozo etadi.

2.O‘zbek tilida so‘z turkumlari, bir vaqtning o‘zida ham leksik-semantik, ham grammatik mazmunga ega bo‘lganligi uchun ular leksik-grammatik tur sifatida tadqiq etilishi lozim.

3.Umumiy leksik-grammatik ma’noga ega bo‘lgan, bir xil grammatik kategoriyalardan foydalanadigan hamda gapda ma’lum sintaktik vazifalarni bajarib, ma’lum so‘zlar bilan aloqaga kirishadigan va nihoyat ma’lum so‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali yasaladigan so‘zlar yig‘indisiga so‘z turkumi deyiladi.

Zamonaviy tilshunoslik materiallari asosida qaraladigan bo‘lsa so‘zlarni turkumlarga ajratishda ularni semantik, morfologik va sintaktik belgi butunlik holatida olib qarashni taqazo etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, biror ik vazifani bajarish must5aqil so‘z turkumlari uchungina xos. Sintaktik vazifa nuqtai nazaridan ular mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga ajratiladi.

O‘tgan davr mobaynida rus tilshunosligi ta’sirida morfologiyani tadqiq qilish, so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi eski an’anadan voz kechgan xolda bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi tom ma’nodagi mustaqil fan sifatida o‘zbek tilining o‘zbekona tabiatini ochiq-oydin o‘rganib, uni milliy g‘oya va milliy mafkurani targ‘ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirildi. Bugungi kunda morfologiyada Grammatik kategoriya va shakllarning so‘z turkumlarining yangicha tasnifi, sintaktik xodisalarning yangicha nuqtai nazardan tadqiq qilinishi ijobiy xodisadir. So‘z grammatik birlik sifatida morfologik ma’no tizimiga ega. Shunga ko‘ra Grammatik ma’noni quydagi guruhlarga ajratish mumkin:



    1. Ma’lum bir turkumga kiruvchi so‘zning ular qaysi morfologik shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar barchasi uchun birday tegishli bo‘lgan Grammatik ma’no ya’ni otlardagi predmetlik, sifatlardagi belgilik, fe’llardagi jarayonlik.

    2. lug‘at tarkibidagi barcha so‘zlarga xos bo‘lgan Grammatik ma’no ya’ni sifatning belgi bildirishi, sonning miqdorni anglatishi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, hozirga qadar lug‘at tarkibidagi so‘zlarni turkumlarga ajratish an’anasidan voz kechgan xolda o‘zbek tilshunosligida so‘zlarni turkumlashda yangicha qarashlarni ijobiy xol deb qarash mumkin.

Hozirga qadaqr so‘zlarni turkumlashda uning asosini tashkil qiladigan semantik xususiyatni dominanta(hukmron) degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi.

Shuning uchun biz so‘zlarni semantik morfologik va sintaktik belgilari butunligida olib qarashga qo‘shilamiz. Yuqorida ko‘rsatilgan uch yo‘nalishning

Mavqeyi nutq sharoitiga qarab o‘zgarib turishi tabiy. Zamonaviy o‘zbek tilshunosligida hozirgi davr nuqtai nazaridan so‘zlarni turkumlarga ajratishda quydagilar amalga oshirilishi lozim.

So‘zlarningt cemantik tasnifi:

a) mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar fe’l, ot, sifat, son, ravish.

b)umummustaqil lug‘aviy ma’noil so‘zlar: olmosh.

c) lug‘aviy ma’nosiz so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.

So‘zlarning morfologik tasnifi:

a) o‘zgaruvchi leksemalar fe’l, ot, sifat, son.

b) o‘zgarmaydigan leksemalar taqlid, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal va undov so‘zlar.

So‘zlarning sintaktik tasnifi.

Leksemslarning sintaktik tasnifi, asosan ularning nutqqa boshqa leksemalar bilan bog‘lana olishi vaolmasligi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olishi va olmasligi nazarda tutiladi. Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslangan so‘zlar, gap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan so‘zlar. O‘zbek tilshunosligida baxs-munozarali soha bo‘lib hisoblanayotgan taqlid so‘zlar, undov,modal, tasdiq, inkor so‘zlar to‘g‘risida o‘z munosabatimizni quydagicha bildiramiz:

-mustaqil so‘z turkumlari sifatida e’tirof etilayotgan taqlid so‘zlarni modal, undov va tasdiq, inkor so‘zlarni so‘z-gap deb yuritishga qo‘shilmasdan ularni ayrim tilshunos olimlar(A.Nurmonov) ularni oraliq so‘z turkumlari yuritilishi tarafdorimiz. Zero, oraliq so‘z turk so‘zlarni turkumlarga ajratish to‘g‘risidagi umlariga kiritilayotgan ushbu so‘lar ham mustaqillik, ham yordamchilik xususiyatini o‘zida mujassam ettiradi. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki so‘zlarni turkumlarga ajratish yuqoridagi differensial yondashuvlarni taqazo etadi.



Tilshunos olim akad. A.Hojievning ”O‘zbek tilshunosligida so‘zlarni turkumlarga ajratish” muammosi o‘z yechimini topgan emas deganda mutlaqo haqdir. Ushbu muammolarni ilmiy asosda talqin etish o‘zbek tilshunoslari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri ekanligining isbotidir.

1 Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч.-Тошкент: Маънавият,2007. 78-б.

2 Каримов.И.А Адолатли жамият сари. -Т. : Ўзбекистон. –Б.58.

3 Замонавий ўзбек тили. Морфология. -Тошекнт: Мумтоз сўз, 2008. 7-б.

4 А.Нурмонов. Ўзбек тилшунослиги тарихи. -Тошкент: Ўзбекистон , 2002. 11-13 б.

5Кошғарий Маҳмуд. Девону луғотит турк. Уч томлик. 3-т. -Тошкент: “ФАН” , 1963. 226-229 б.

6 Кошғарий Махмуд Кўрсатилган асар. Уч томлик. 2-т. -Тошкент: “ ФАН”, 1961.39-б.

7 Кошғарий Маҳмуд. Кўрсатилган асар. 1-том. -Тошкент: ФАН, 1960. 165-б.

8 Нигматов Х.Т. Функциональная морфология тюркоязычных полятникиов XI-XII вв. Ташкент, “ФАН” , 1989. C.181.

9 Алишер Навоий. Танланган асарлар, III том. Мажолис ун нафоис. Муҳокаматул луғатайн.-Тошкент: ФАН, 1948. 178-б

10 Ҳозирги замон ўзбек тили. -Тошкент: ФАН, 1957. 30-б.

11 Замонавий ўзбек тили. Морфология. -Тошкент: Мумтоз сўз, 2008.26-б.

12 Замонавий ўзбек тили. Морфология. -Тошкент: Мумтоз сўз, 2008.29-б.

13 Ўрнбоев Б., Қурбонов Т. Ўзбек тилшунослиги тарихи. Самарқанд, СамДУнашри. 2006. 35-б.

14 Замонавий ўзбек тили. Морфология. 33-б.

15 Замонавий ўзбек тили. Морфология. 33-34 б.

16 А.Нурмонов, Шахобиддинова Ш., Искандарова Ш., Набиева Д. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Морфология.-Тошкент: ”Янги аср авлоди” 2001. 37-б.

17 Бодуэн де Куртенэ И.А. Избранные труды по общему языказнанию. т 2. Москва: “Наука”, 1963. C. 282.

18 А.Нурмонов, А.Собиров, Ш.Юсупова. Ҳозирги ўзбек адабий тили. -Тошкент: Шарқ, 2002.161-б.

19 А.Ғуломов, А.Тихонов, Р.Қўнғуров. Ўзбек тили морфем луғати. -Тошкент: Ўқитувчи, 1977. 7-б.

20 Менглиев Б., Абузалова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Қарши: 2005. 27-б.

21 Ё.Тожиев. Ўзбек тили морфемикаси. -Тошкент: Республика ўқув услубий идораси. 1992. 37-б.

22 Ҳозирги замон ўзбек тили. 285-б.

23 А.Ҳожиев. Сўзнинг морфологик ва сўз ясалиши структураси. //Ўзбек тили ва адабиёти. Тошкент: 1976. 3 сон. 31-б.

24 R.Sayfullaeva, B.Mengliyev,G.Boqiyeva,M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalova. Hozirgi o’zbek adabiy tili.Toshkent: 2009. 147-148 b.

25 Ғ.Зикриллаев. Истиқлрл ва алабий тил.-Тошкент: ФАН, 2004. 39-б.

26 Замонавий ўзбек тили. Морфология. 6-б.

27 Усмонов С. Умумий тилшунослик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1972. 126-б.

28 Раҳматуллаев Ш. Семема-мустақил тил бирлиги. Ўзбек тили ва адабиёти, Тошкент: 1984, №5, 17-б.

29 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. Тошкент: ЎзМЭ, 2002. 56-б.

30 Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. –Москва: «Наука», 1969. стр.422.

31 Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси. – Тошкент: «Фан», 2008. 88-89-б.

32 С.Усмонов. Умумий тилшунослик. Тошкент: «Ўқитувчи», 1972. 19-20-б.

33 С.Усмонов. Кўрсатилган асар, 44-б.

34 С.Усмонов. Кўрсатилган асар. 57-б.

35 М.Nрисқулов. Тилшуносликка кириш. Тошкент: «Ўқитувчи», 1992. 84-87 б.

36 Усмонов С. Кўрсатилган асар. 89-90-б.

37 М. Ирисқулов Кўрсатилган манба. 87-88 б.

38 http://dashinin.ru/SC/Russian/www.hiedu.ru/x

39 Кононов А.Н. Грамматика срвременного узбекского литературного языка.М.,Л.,1960. 77- стр.

40 Sayfullaeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent: 2010.37-bet.

41 Кўрсатилган асар. 38-б.

42 Кўрсатилган асар. 39-40 б.

43 Замонавий ўзбек тили. 78-б.

44 Зикриллаев Ғ. Ўзбек тили морфологияси. Бухоро: 1994. 77-б.

45 WWW.twirpx.com/file

46 www.jwipx.com/file

47 Элтазаров Ж. Сўз туркумлари парадигмасидаги ўзаро алоқа ҳамда кўчиш ҳоллари. ДДА, Тошкент: 2007. 14-б.

48 Неъматов Х.Г. Функциональная морфология тюркоязычных памятников. XI-XII вв. – Ташкент: Фан, 1989. стр.26.

49 В.Г.Гак. Француз тили назарий грамматикаси. Морфология (Рус тилидан И.Мирзаев таржимаси). – Самарқанд: СамДЧТИ, 2002. 82-б.

50 Исоқов З. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни. Фил.фак.номз.дисс.автореф. – Фарғона: 2005. 8-б.

51 Нурманов А., Шаҳобиддинова Ш., Искандарова Ш., Набиева Д. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Морфология. Тошкент: Янги аср авлоди, 2001. 51-52-б.

52 Бобокалонов Р. Ўзбек тилида семантик-функционал шаклланган сўз-гаплар. Фил.фан.номз.дисс.автореф. Тошкент: 2000. 13-б.

53 Неъматов Ҳ., Ғуломов А., Қодиров М., Абдураимова М. Она тили 6-синф. –Тошкент:Ўқитувчи, 2000. 47-б.

54 У.Турсунов., Б.Ўринбоев. Кўрсатилган асар. 114- б.

55 А. Пардаев Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. Самарқанд: 2011.53-б.

56 А.Матғозиев. XIX аср ўзбек тилининг морфологияси. -Тошкент: ФАН , 1972. 9-б.

57 У.Турсунов. Б.Ўринбоев. Кўрсатилган асар. 118-б.

58 A.И.Кононов. Грамматика современного узбекского литературного языка. М.-Л. 1960.80.

59 А.Рустамов. Ҳолат категоричси. ТошДУ илмий ишлари, Тошкент: 1964. 77-б.

60 Э.И.Фозилов. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. Тошкент: 1965. 69-б.

61 А.Н.Кононов. Кўрсатилган асар.70.

62 А.Г.Гулямов. К некаторым вопросам аффиксации в узбекском языке в от Академику В.А.Гардлевскому к его семидесятилетию. Москва, 1953. 100-106.

63 Б.Турдиалиев.1905-1917 йиллар вақтли матбуот тилининг морфологик хусусиятлари. Тошкент: НДА. 1969. 59-б.

64 А.Матғозиев. Кўрсатилган асар. 77-б.

65 А.Н.Кононов. Кўрсатилган асар. 158.

66 Ҳозирги замон ўзбек тили. Тошкент: “ФАН”, 1957. стр. 35-б..

67 А. Пардаев. Кўрсатилган асар. 85-б.

68 Ж.Ҳамдамов. Рус тилидан ўзбек тилига сўз қабул қилиш тарихидан .НДА. Самарқанд: 1963. .36- 37б.

69 Б. Турдиалиев. 1905 1917 йиллар вақтли матбуот тилининг мовфологик хусусиятлари. Канд. Дисс. Тошкент: 1969. 29-б.

70 А.Матғозиев. Кўрсатилган асар. 176-201б.

71 А. Матғозиев Кўрсатилган асар. 15-16 б.

72 А.Матғозиев. Қўрсатилган манба.1984-б.

73 А.Матғозиев. Қўрсатилган манба. 9-1б.

74 А.Нурмонов. Кўрсатилган асар. 116-б..

75 Ҳозирги замон ўзбек тили. -Тошкент: “ФАН”. 1957.45-б.

76 А.Нурмонов. Кўрсатилган асар. 121-б.

77 Замонавий ўзбек тили. Морфология. Тошкент; 2008. 35-б.

78 А.Нурмонов. Кўрсатилган асар. 145-б.

79 А.Нурмонов. Кўрсатилган асар. 146-б.

80 А.Нурмонов. Кўрсатилган асар.145-154 б.

81 Фитрат. Ўзбек тили қоидалари тўғрисида бир тажриба. Сарф. Биринчи китоб. 6 босма. Самарқанд, Тошкент: 1930.

82 А.Нурмонов. Кўрсатилган асар. 145 -б.

83 А.Пардаев. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. Самарқанд: 2011. 69 -б.

84 Замонавий ўзбек тили. 36-б.

85 Ҳозирги замон ўзбек тили. 28- 286 б.

86 Замонавий ўзбек тили. 41-б.

87 Х.Хайруллаев. , М.Ҳақбердиев. Мантиқ. -Тошкент: “ Ўқитувчи”, 1993. 14- б.

88 Философия луғати. -Тошкент: «Ўзбекистон», 1976. 583-б

89 Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. Тошкент: 27-б.

90 Замонавий ўзбек тили. 379-б.

91 Замонавий ўзбек тили. 384-392б.

92 Замонавий ўзбек тили. 392.

93 Гак В.Г. Француз тили назарий грамматикаси. Морфология (рус тилида И.Мирзаев таржимаси). Самарқанд: СамИТИ, 2002. 92-б.

94 Замонавий ўзбек тили. 379-б.

95 Ҳозирги замон ўзбек тили. 286-б.


Yüklə 394,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə