Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


II BOB. XX ASRDA O‘ZBEK TILI MORFOLOGIYASI TALQINI (MUSTAQILLIKKACHA BO‘LGAN DAVR)



Yüklə 394,86 Kb.
səhifə3/5
tarix22.11.2017
ölçüsü394,86 Kb.
#11620
1   2   3   4   5

II BOB. XX ASRDA O‘ZBEK TILI MORFOLOGIYASI TALQINI (MUSTAQILLIKKACHA BO‘LGAN DAVR)
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida o‘zbek tili morfologiyasining talqini
O‘zbek adabiy tili taraqqiyotida XIX asrning ikkinchi yarmi va XXasr boshlaridagi adabiy til o‘ziga xos o‘rinni egalladi. Bu boshqa sohalarda bo‘lgani kabi o‘zbek tiliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya O‘ria Osiyoni o‘ziga qaram qilib oldi. .Bu esa o‘zbek xalqi hayotida juda muhim ro‘y berishlarga sabab bo‘ldi. Avvalo o‘zaro aloqalar tufayli o‘zbek xalqi jahon miqyosidagi o‘zgarishlardan ma’lum darajada xabardor bo‘lp boshladi. Ma’lum darajada rus madaniyati bilan rus tili ham o‘zbek tiliga tasir o‘tkaza boshladi. Agar asrning boshlaridagi o‘zbek adabiy tilida Navoiy asarlari tili ta’siri va uni xalq tiliga yaqinlashtirish g‘oyasi kuchli bo‘lsa, shu asrntng 60-yillaridan keyingi o‘zbek adabiy tilida rus tiliga xos bo‘lgan so‘z va formalar ko‘p qo‘llandi.

Rossiyaning O‘rta Osiyoda hukmronligi sababli o‘zbek tiliga rus tilining tasirida yangicha grammatik konstruksiyalar paydo bo‘ldi. 54

Shuni alohida takidlash lozimki, jamiyat hayotida yuz bergan o‘zgarishlar tilning barcha sohalariga bir xil tasir qilmaydi. Ayniqsa, tilning grammatik qurilishi juda sekinlik bilan o‘zgaradi. Faqat til taraqqiyotining barcha etaplarini tadrijiy o‘rganib chiqish asosidagina uning grammatik qurilishidagi o‘zgarishlarni sezish mumkin bo‘ladi.55

O‘zbek tili tarixida XIX asr alohida bir davr sanaladi, Bu davrda o‘zbek xalqining siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda turli etnik tabaqalar to‘la o‘troqlashdi va barqaror bo‘ldi. 56

Rossiya istilosidan keyin o‘zbek xalqi hayotida iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. O‘zbek xalqining turli etnik va sosial qatlamlari o‘rtasidagi aloqa aralashuvining kuchayishi sezila boshladi. Rus tilining o‘zbek tiliga tasiri kuchaya bordi. O‘zbek tiliga rus tilidan qator yangi so‘zlar, ayrim forma va konsruksiyalar kirib ’zlasha boshladi. Masalan, uyezd, volost, duma, pristav, konsul, adres, convert, marka, gospital, lazaret, feldsher, passport va boshqalar. Bu davrda rus tilidan o‘zbek tiliga so‘z qabul qilishning asosiy sababi shundan iboratki, madaniy turmushda bir qancha yangiliklar paydo bo‘ldi. Bunday yangi tushunchalarni ifodalash uchun o‘zbek tilida so‘zlar yo‘q edi. Shuning uchun bunday so‘zlar rus tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilindi. Bular sanoat, transport, pochta, telegraf, maorif va madaniyat sohalari bilan bog‘liq edi.57

Ma’lumki har bir til o‘z ichki imkoniyatlari asosida immonental rivojlanishi bilan birga, turli tashqi omillar asosida, yani boshqa tillarning tasiri natijasida ham rivojlanib boradi. XIX asrda rus tiliga xos leksik va morfologik elementlarning o‘zbek tiliga aloxida o‘rin egallaydi. Biz XIX asr o‘z bek tili morfologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatishda yuqorida nomi tilga olingan Akbar Marg‘oziyevning qarashlarini e’tiborga olib XIX asr so‘z turkumlarining qanday berilishini ko‘rsatgan holda ularni hozirgi davrdagi xolati bilan qiyoslash maqsadida ularga har bir so‘z turkumi bo‘yicha to‘xtaldik.

Ot so‘z turkumining leksik semantik xususiyatlari barcha davrlarda ham konkretklik, mavhumlik, tur va jins kabi manolarni ifodalagan.

Otlarda son kategariyasi. Otlarda ko‘plikni ifodalovchi -lar affiksi tomlik va ko‘plikni ifodalashdan tashqari hurmat, intensivlik va boshqalarni ifodalaydi. Tilshunos olim A.Matg‘oziyev jamlikni ifodalovchi vosita leksik, morfologik, sintaktik usullarni misollar vositasida ko‘rsatib beradi. (16)

XIX asrda o‘zbek tili lug‘at tarkibidan juda ko‘plab arab, fors, tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning istemoldan chiqa borishi alohida o‘rin egallaydi. XIX asr o‘zbek tili morfologiyasi to‘g‘risida mashhur turkolog olim A.N.Kononov otning aniq va noaniq kategoriyasi to‘g‘risida quydagi fikrni beradi.

… otlar: neytral, aniq va noaniq holatda mavjud bo‘ladi-deydi .58

XIX asr o‘zbek tilida otlar aniqlik va noaniqlik manolarining ifodalanishi jihatidan ikki holatga ega bo‘ladi:

aniq holat va noaniq holat

Aniq holat quydagi yo‘llar bilan ifodalanadi.

a) so‘zning leksik manosi bilan atoqli otlar, o‘zida aniq,

konkret predmet tushunchasini ifodalaydi;

b) egalik affiksi yordamida;

v) qaralmish bilan qo‘llanganda;

g) aniqlovchi vazifasidagi ot belgili qo‘llanganda;

d) vositasiz to‘ldiruvchi vazifasidagi ot belgili qo‘llanganda;

ye) ko‘rsatish olmoshi va sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchiga ega

yo) kesim vazifasida kelganda;

Otlarning noaniqlik holati asosan bir so‘zi yordamida ifodalanadi. Professor, akademik A. Rustamovning takidlashicha, bir so‘zi aslida son bo‘lb keyinchalik o‘z leksik ma’nosiniyo‘qotib, noaniqlik-gumon ma’nosini ifodalovchi artiklga otlangan bo‘lib u urg‘u olmaydi, shuning uchun uni proklitika deb atash mumkin.59

Akad. I.Fozilov bir so‘zi qadimgi davrlardayoq o‘zining asosiy manosidan tashqari, gumon-noaniqlik manosida qo‘llanganligini takidlab, XIX asrda esa uning noaniqlik manosida qo‘llanishi yanada kengayganligini ko‘rsatadi.60

Ma’lumki turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida grammatik nuqtai nazardan rod kategoriyasi mavjud emas. Ammo akademik A,N.Kononovning etirof etishicha, XIX asrda biologik jinsni ajratishda maxsus leksik va grammatik vositalar mavjud bo‘lib, bu arab tilidagi jenskiy rodni ifodalovchi “ – a” ning keng ravishda qo‘llanganligini tariflaydi. Akad.A.N.Kononov XIX asr manbalari tilida hozirgi o‘zbek tilidan farqli ravishda rod kategoriyasini faqat shaxs otlarigagina, emas, bal’ki narsa-predmet nomini bildiruvchi ayrim otlarga ham qo‘shilgan.



  1. ayrim otlar o‘ziga bog‘langan aniqlovchi bilan rod va sonda moslashadi. Shularni hisobga olib, XIX asr o‘zbek tilida qisman bo‘lsa-da grammatik rod kategiryasi mavjud bo‘lgan:

  1. Mujskoy rod: mazkur elchi, Mazkur qarg‘an.

  2. Jenskiy rod: Sanam mazkura, mazkura qizlar, mazkura, qala.61

Hozirgi zamon o‘zbek tilida shoir-shoira, muallim-muallima kabi ayrim rodni farqlovchi holatlar uchrab, ular faqat shaxs otlarigagina qo‘shilib, kishilarning biologik jinsi farqlanadi.

Egalik kategoriyasi turkiy tillarga xos spesifik kategoriya bo‘lib, bir qator semantik, morfologik, sintaktik va stilistik xususiyatlarga ega. Egalik kategoriyasi faqat otlarga va ot vazifasidagi so‘zlargagina xos bo‘lib, predmetning uch shaxsdan biriga xosligini ko‘rsatadi. Bu uning dominanmmt ma’nosi sanaladi.

Kelishik kategoriyasi. Kelishiklar so‘zlar o‘rtasidagi semantik-grammatik munosabatlarni ifodalovchi eng muhim vosita bo‘lib, har bir tilning o‘ziga xos grammatik qurilishini belgilovchi asosiy kategoriya sanaladi.

XX asr o‘zbek tilida, hozirgi o‘zbek tilidagi kabi, oltita kelishik bo‘lgan. XIX asrning oxirlarida nashr etilgan ayrim grammatik darsliklarida bila (birla) ko‘makchisi bilan qo‘llangan otlarni “tvoritelniy podej” (vosita kelishigi) deb, ey, yo undov so‘zlari bilan qo‘llangan otlarni esa “zvatelniy podej” (undov – chaqiriq kelishigi) deb yuritilgan. Ammo aslida kelishiklar hind-yevropa tilshunosligida ham, turkologiyada ham doimo ikki guruhga ajratilgan: grammatik kelishiklar (bosh, qaratqich, tushum va jo‘nalish) hamda makon (lokativ) kelishiklari (jo‘nalish o‘rin-payt va chiqish). Olimlarning e’tirof etishicha XIX asr o‘zbek tilidagi kelishiklar semantik va grammatik jihatdan hozirgi o‘zbek tilidagi kelishiklardan unchalik farq qilmaganligi uchun biz kelishiklar haqida boshqa to‘xtalmadik.

Prof. A,G‘ulomov XIX asrda o‘zbek tishunosligida so‘z yasalishi o‘ta maxsuldor bo‘lganligini takidlab, bu davrda ellikdan ortiq ot yasovchi affikslar ot, fe’l, sifat va boshqa ma’nolardagi yangi otlar yasash uchun xizmat qilganligini ko‘rsatadi. Umuman, o‘zbek tilida affiksasiya usuli bilan so‘z yasash boshqa so‘z turkumlariga nisbatan otlarda kuchli taraqqiy etgan:

1. Ot negizlaridan ot yasalishi

Ot o‘zaklaridan ot yasovchi affikslar semantik jihatdan uch guruhga bo‘linadi: shaxs oti yasovchilar, narsa oti yasovchilar, o‘rin-joy oti yasovchilar:

a) shaxs oti yasovchi affikslar:

-chi. Bu affiks eng qadimgi va eng unumli ot yasovchi bo‘lib, XIX asr yozma yoagorliklarida juda aktiv qo‘llangan. U shaxsning mashg‘uloti, kasb-hunarini ifodalovchi ot yasash uchun xizmat qiladi: nayzachi, temirchi, bo‘yoqchi.

Ma’lumki biror affiksning ma’lum bir davrda aktiv yoki passiv qo‘llanilishi o‘sha affiks qo‘shiladigan so‘zlarning qo‘llanilishi darajasiga ham bog‘liq. Masalan, XIX asrda aravakashlik, juvozkashlik, chodir va bo‘z to‘qish, ko‘mir, o‘tin va o‘t qilish kishilarning asosiy mashg‘uloti edi. Shuning uchun bunday so‘zlar tilda faol qo‘llangan va ulardan yangi so‘zlar, affiks yordamida hosil bo‘lgan: juvozchi, aravachi, chodirchi, o‘tinchi va boshqalar.

Tabiyki, bunday so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida deyarli qo‘llanilmaydi.

-gar affiksi otlarga qo‘shilib, mashg‘ulot, kasb-hunarga oid yangi otlar yasaydi: zarar, kimyogar va boshqalar.

-ban (bon) bu affiks narsa oti va shaxs oti yasaydi: darvozabon, soyabon.

-dosh bu affiks hamkorlik manosini ifodalaydi: yo‘ldosh, sirdosh, urug‘dosh va boshqalar.

-kash bu affiks bilan yasalgan otlar biror narsani tashuvchi, tortuvchi, haydovchi yoki chekuvchi shaxs manosini bildiradi: kirakash, noskash,o‘tinkash va boshqalar.

-dar (dor) bu affiks biror narsaga egalik qiluvchi shaxs yoki amal-mansab nomini anglatuvchi ot yasaydi: hazinador, kitobdor, muhrdor va boshqalar.

Bulardan tashqari prof. A.G‘ulomov XIX asrda quydagi affikslarni ot yasashda maxsuldor sifatida ko‘rsatadi:

-voy (voy)- konvoy: -mand – donishmand, hunarmand:

-kar (kor)-xizmatkor: -andoz- otashandoz, tirandoz:

-gir – qalagir: -bin – tomashabin:

-go‘y- duogo‘, rostgo‘y, latifago‘y:

-tarosh-soqoltarosh, sangtarosh:

-parvar- faqirparvar: -zoda-maxsumzoda, haromzoda:

-furush-shakarfurush: -shunos-shershunos, javohirshunos:

-boz- nayrangboz, masxaraboz:

-ham- hansuhbat, hamshahar:

-xon- kitobxon:

b) narsa oti yasovchi affikslar;

-vor- jonivor: -guch- supurguch:

-luq- tuzluq: -andoz- poyondoz:

-don- nosdon, tuzdon:

v) o‘rin-joy oti yasovchi affikslar;

-zor; Bu affiks asosan o‘simliklar nomiga qo‘shlib o‘sha o‘simlik turi o‘sadigan joy ma’nosini anglatadi: sabzazor, lolazor ba’zan qush nomiga ham qo‘shilib keladi: murg‘zor.

-iston; guliston,Qo‘histon, Turkiston.

-goh; Bu affiks kishilar to‘planadigan joy manosini anglatadi; lashkargoh, oromgoh, tomoshagoh va boshqalar.

-xona; Bu affiks biror narsa, soha uchun ajratilgan joy, xona manosini bildiruvchi ot yasaydi: sharobxona, darvozaxona:

2.Fe’l negizlaridan ot yasalishi.

a) -vchi, -chi, -g‘uchi, -nchi: ylovchi, kelguchi, eshitguchi, sotuvchi, quvg‘unchi, o‘tkinchi:

b) narsa-hodisa otini yasovchi affikslar;

-gi- supurgi, kuydirgi:

-g‘, -iq, -uq, - sochig‘, buyruq, buyrug‘:

-in- yog‘in:

v) im oti yasovchi affikslar;

-q - so‘roq:

-m – o‘lum, tujam:

-gu- kulgu:

g) holat oti yasovchi affikslar;

-inch - qo‘rqinch:

-unch - qurqunch:

d) o‘rin-joy oti yasovchi affikslar:

-q, -g‘ - yig‘loq, yig‘log‘:

-loq - o‘yloq:

3. Sifatdosh ot yasalishi;

Prof. A.G‘ulomovning takidlashicha, o‘zbek tilida XIX asr eng aktiv qo‘llanilgan affikslardan biri -lik affiksi bo‘lib, u sifatlarga qo‘shlib, mavxum ot yasash uchun xizmat qilgan; juvonmardlik, poklik, yaxshilik, yomonlik, chuqurlik. Bu affiks ko‘pincha yasama va qo‘shma sifatlarga qo‘shilib mavxum ot yasaydi. Masalan, noxushlik, beboshliq, bevafoliq, qimizxo‘rlik. Shunisi xarakterliki, bu davrda dehqon so‘ziga -chilik emas, balki -lik affiksining o‘zi qo‘shilib ot yasalgan dehqonchilik. Hozirgi davrda esa dehqonchilik tarzida qo‘llaniladi, dehqonchilik so‘zi esa boshqa manoni, yani dehqonga xos, dehqon kabi ifodalanadi.

Shu bilan bu davrda kichraytirish ma’nosini ifodalovchi affikslar ham faol qo‘llanilgan. Masalan, bo‘taloq, doiracha va boshqalar:62

XIX asr o‘zbek tilida sintaktik (kompozisiya) usuli bilan so‘z yasalishi ancha keng bo‘lgan. Kompozisiya usuli bilan yangi so‘ yasalishi boshqa turkumlarga nisbatan otlarda ko‘p uchraydi;

1. Gidronim va toponimlarda. Mergan qirilgan, Muzko‘mgan, Rahmonbergan.

2. Sifat + ot: Qorako‘l, Qoraqalpoq;

3. Son + ot: Beshyog‘och, Beshariq:

4. Ot + ot: Toshhovuz,Gulbadan, Gulbog‘:1.

Bulardan tashqari qaratuvchi va qaralmish, forsiy izofalardan, arabcha izofalardan ham yangi otlar yasalgan; yasavulboshi, beklarbegi, qushbegi, ichburuq, ko‘zog‘riq, Shahrisabz, Dashtiqipchoq, xaamirturush, Movaraunnahr,Shayxulislom, Nurota, Muhammadsolih, Muhammadraxim va boshqalar. Shunisi xarakterliki, ayrim qo‘shma otlar qisqargan shaklda ham qo‘llanilgan. Muhammad so‘zini qisqartirib, Mamad, Mat, Mad, Ma, tarzida qo‘llanila boshlagan. Bu xol asta-sekin yozma adabiy tilida ham aks eta boshlagan. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida bunday ismlar ko‘p uchraydi.63

Bundan tashqari o‘zbek ismlariga bu davrda said, xo‘ja, mirza, qul kabi Izohlovchilarning qo‘shilishi keng tarqalgan.

Juft otlarning qo‘llanilishi XIX asrdagi -lar bilan hozirgi davrdagi -lar bilan deyarli farq qilmaydi; tashvish- g‘am, molu-mulk, savdo-sotiq, axd-paymon, pand-nasihat, hol-ahvol, aka va uka, ota-o‘g‘il, taxta-taxta, etap-etap va shular kabi.

XIX asr o‘zbek tilida otlar xuddi hozirgi o‘zbek tilidagi kabi, birlik, jamlik va ko‘plik ma’nolarida qo‘llangan. Jamlik ma’nosi leksik, morfologik va sintaktik usullar bilan ifodalangan. Ko‘plik ma’nosini ifodalovchi asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan -lar bo‘lib, u ko‘plikdan tashqari, hurmat, umumlashtirish, kuchaytirish va jamlik manolarini ham anglatgan.

Otlar aniq va noaniq xolatda qo‘llangan. Noaniq holati “bir” so‘zi orqali qo‘llanilgan. Hozirgi davrdagidan farqli ravishda XIX asr o‘zbek tilida otlar grammatik jins kategoriyasiga ham ega bo‘lgan.

Arab tilidan kirib o‘zlashgan ko‘p so‘zlar mujskoy (muzakkar) va jenskoy (muannas) rodlarida qo‘llangan egalik kategoriyasi hozirgi davragidan deyarli farq qilmagan.



Sifat

O‘zbek tilida sifatlar miqdor va qo‘llaniloshi jihatidan yuqori chastotali so‘z turkumi hisoblanadi. Belgi tushunchasi sifatning semantik asosdir. Belgi bildirish jihatidan ular ravishlarga yaqin tyradi. Ammo sifatlar faqat otlar bilan grammatik munosabatga kirishib, uning ma’nosini aniqlashtiradi. Bu jiihatdan ular ravishlardan farq qiladi. Bundan tashqari sifatlar otdan boshqa olmoshlarga ham bog‘lanib kela oladi. Sifatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular agar substantivlashmagan bo‘lsa, ko‘plik, egalik va kelishik affikslarini qabul qilmaydi. Sifatlarni otdan farqlovchi eng muhim morfologik belgi- daraja kategoriyasidir.

XIX asr o‘zbek tilida sifatning turli semantik guruhlari keng istemolda bo‘lgan:


    1. Rang-tus bildiruvchi sifatlar; yashil, sariq, oq, qizil, qora, ko‘k, binafsha, gulgun, gulrang, mushkin, rango-rang.

    2. Hajm-shaklni ifodaloovchi sifatlar; ulug‘ , kichik, katta, uzun, qisqa, baland, yumoloq.

    3. Maza-tamni bildiruvchi sifatlar; shirin, achchiq, chuchuk, bemaza, sho‘rmazaliq va shu kabilar.

XIX asr o‘zbek tilida qo‘llanilgan sifat yasovchi affikslar kelib chiqishi jihatidan ikkiga bo‘linadi: o‘zbekcha affikslar hamda boshqa tillardan o‘zlashgan affikslar.

1. O‘zbekcha sifat yasovchi affikslar. Bu davrda qo‘llanilgan sof sifat yasovchi affikslar miqdor jihatidan unchalik ko‘p emas. Masalan, g‘ayratli, g‘amgin, qayg‘uli, keyingi, ertangi, ichkaridagi, bo‘liq, o‘rischa, qo‘chqordek,

2.Fors-tojikcha sifat yasovchi affikslar; Masalan, arabi, rangin, zarrin, oshiqona, g‘azabnok, parivash, kasalmand, boxabar, g‘amgin. Nuqson va boshqalar.

XIX asr o‘zbek tilida sifatlar ham keng ravishda qo‘llanilgan.

1. Ot+ ot:binafsharang, Gulchehra, feruzarang;

2. a) sifat + ot: xushovoz, xushvaqt, xushhavo;

b) sifat + baho: qimmatbaho, kambaho;

3. Ot + sifat: oyoqyalang, boshyalang;

4. Tojikcha izofadan tashkil topgan qo‘shma gap,

sifat; juvonmardroq.

5.Son + ot; yakdil, yakjihat.

XIX asr o‘zbek tilida o‘ttizdan ortiq sifat yasovchi affikslar keng qo‘llanilgan. Ularning ayrimlari hozir ishlatilmaydi; -gun, -fam, -nok, -vash bazi affikslarning qo‘llanilish darajasida yuz bergan; toraygan: (-ir, -dan) –vor, kengaygan (-li, -siz, -dek, -dagi).64

XIX asr manbalari tilida, umuman ruscha so‘zlar miqdori kam bo‘lgani kabi, rus tiliga xos sifatlar ham deyarli uchramaydi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin rus tilidan so‘z o‘zlashtirish bexad faollashdi. Bular ichida bir qancha ruscha va internasional sifatlar ham kirib, o‘zlashib o‘zbek tilida keng qo‘llanila boshladi.65 Shuningdek, hozirgi zamon o‘zbek tilida ayrim ruscha internasional sifat yasovchi affikslar ham faol qo‘llanilmoqda, (-ik, -iv, -al, -non).66

XIX asr o‘zbek tilida sanoq birliklaridan tashqari yana tuman-o‘n ming, lak-yuz ming sonlari ham faol qo‘llanilgan.

Ayrim manbalarda yuzlik va minglikni ifodalovchi sonlar o‘rtasida dag‘ы, taqы bog‘lovchilari qo‘llanilgan. Mazkur davr tiliga xos xususiyatlardan biri shuki, sonlardan keyin chandon, ancha so‘zlari ham qo‘llangan. Ammo, hozirgi zamon o‘zbek tilida bunday holatlarda barobar, hissa so‘zlari qo‘llanadi. XIX asrda sonlar semantik jihatdan dastlab ikki turga bo‘linadi: miqdor son va tartib sonlar. Miqdor sonlarning o‘zi ham yana quyidagi turlarg bo‘linadi: sanoq son, donalik son, chama son, jamlovchi son, taqsim son, karrali son va kasr son. XIX asr o‘zbek tilida numerativlarning quydagi turlari uchraydi:


  1. kishilarning miqdorini ifodalash uchun qo‘llanadigan numerativ- nafar;

  2. narsalarning miqdori va hajmini ifodalash uchun qo‘llanadigan numerativlar: tup, dona, juft, bosh, halta, quti, to‘p kabilar;

  3. Uzunlik o‘lchovini ifodalovchi numerativlar: gaz, archin, quloch, forsak kabi niumerativlar XIX asrda faol qo‘llanilgan;

Yuqorida ko‘rsatilgan numerativlarning ayrimlari boshqa tillardan o‘zlashgan bo‘lib, gaz-forscha o‘lchov birligi bo‘lib, turli davr va turli mamlakatlarda har xil miqdorni bildirgan;

Forsax-forscha termin bo‘lib, sang forsang so‘zlari sinonimdir;

Mil- arabcha bo‘lib, bir forsaxning uchdan bir qismiga tengdir;

Tarib- arabcha so‘z bo‘lib taxminan 11 kv.km.ga teng keladigan hajm manosini anglatadi.



  1. Og‘irlik o‘lchovini ifodalovchi numerativlar: kilo, botmon, pud,

paysa kabilar. Botmon-numerativi qadimgi davrlardan beri deyarli barcha Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq musulmon mamlakatlarida keng istemolda bo‘lib kelgan. U turli joyda turlicha og‘irli birligi sifatida qo‘llangan. Masalan, XIX asrda Xo‘jandda 12 pudni, Farg‘onada 8 pudni, Toshkentda 10 pudni bildirgan.67

5. Pul hisobida qo‘llaniladigan numerativlar: tilla, diram, misqol, ashrafi, tanga, yombu kabilar. Tilla - so‘zi XIX asr manbalarida juda ko‘p qo‘llanilgan. XIX asr boshlarida Xiva tillasi Rossiyaning to‘rt so‘m kumush puliga, keyinroq esa uch so‘m yellik tiyinga barobar bo‘lgan. Diram - bu so‘z qadimgi grek tilidan turli sistemadagi juda ko‘p tillarga, yani rus, chex, slovak, polyak, ukrain, hind, eron, turkey va boshqa tillarga kirib kelgan. U arabcha dirham, forscha diram shaklida qo‘llangan. XIX asr manbalarida diram bazan dirham shaklida uchraydi.

Dinor – so‘zi xuddi diram kabi oltin va kumush pul hisobida qo‘llanilgan.

Misqol – arab tilidan kirib o‘zlashgan numerativ so‘zdir.

Ashrafi – eron oltin puli bo‘lib, XIX asr manbalarida siyrak uchraydi.

Yombu – xitoy tilidan uyg‘ur va undan boshqa turkiy tillarga kirib o‘zlashgan kumush tanga nomi bo‘lib,faqat uyg‘ur kitoblari tomonidan ko‘chirilgan manbalarda uchraydi. Hozirgi zamon o‘zbek tilida bu so‘z oltin quyilma manosida siyrak bo‘lsa ham uchrab turadi.

XIX asrdan boshlab o‘zbek tilida dujna (dyujina), pud, yashik, ki8lo kabi rus tilidan, o‘zlashgan ayrim numerativlar qo‘llanila boshlangan. Masalan, To‘qqiz yashik novvot berib yubordilar. Bir dujna katta qo‘l farang ro‘mol berildi. ellik kilo qand sotqin qilindi. Uch pud nuqul pechak, yarim pud bodom, o‘nbir pud qand, ikki pud novvot oilb kelindi.68

XIX asr o‘zbek tilida qo‘llangan gaz, archin, tash, forsax, farsang, mil, tarib, botmon, sari, ag‘ri, girvonka, xarvor, sari, ag‘ri, diram, dinor, misqol, ashrafi, yombi kabi numerativlar hozir istemoldan chiqqan. Aksincha, hozirgi zamon o‘zbek tilida metr, kilometr, kilogram, gektar, sentner kabi bir qancha internasional numerativlar aktiv qo‘llanilmoqda.

XIX asrda qo‘llanilgan olmoshlar o‘zlarining semantik va grammatik xususiyatlari bilan hozirgi zamon o‘zbek tilidagi olmoshlardan keskin farq qilmaydi. Aaosiy farq ularning formasi va funksional tomonlaridagina seziladi.

XIX asr o‘zbek tilida quyidagi kishilik olmoshlari uchraydi: men, biz, bizlar, sen, siz, sizlar, ul, an-, u, alar, ular anlar.

O‘zlik olmoshi semantik va grammaatik jihatdan kishilik olmoshlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularsiz qo‘llanmaydi va o‘sha olmoshlarning ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlash uchun xizmat qiladi. XIX asr o‘zbek tilida ham o‘zlik olmoshining qayd qilingan, semantik xususiyatlari to‘lasincha saqlangan.

XIX asrda quyidagi ko‘rsatish olmoshlari qo‘llanilgan: u, ul, bu, bul, shu, shul, oshul, oshal, ushbu, hamul. Bulardan u va shu olmioshlari unchalik ko‘p qo‘llanilmagan.

XIX asr o‘zbek tilida qo‘llanilgan ko‘rsatish olmoshlarini ikki guruhga ajratish mumkin:


  1. yaqindagi predmetlarni ko‘rsatuvchi olmoshlar: bu, bul, shu, shul, ushbu;

b) uzoqdagi predmetni ko‘rsatuvchi olmoshlar: u, ul, ashul, hamul.

XIX asr o‘zbek tilida so‘roq olmoshlarining quydagi ma’no turlari uchraydi:



  1. shaxs va predmetni aniqlash uchun qo‘llaniladigan olmoshlar: kim, nima; Nima so‘zi so‘roq olmoshi vazifasida juda kam qo‘llangn. U hozirgi zamon o‘zbek tilidagi narsa so‘zi kabi predmetlarning umumlashgan nomini ifodalagan va shu manodagi nimayei bilan sinonim sifatida qo‘llangan. Shunisi xarakterliki, XIX asrda nima olmoshi ba’zan qandoq, qanaqa manolarida ham qo‘llangan.

  2. Predmetning belgisini aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: ne, na, qays61, qandaq, nag‘u.

  3. Ish harakatni aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: nima qildi, ne qildi ?, na qildi ?.

  4. Ish-harakatning belgisini aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: qaydag‘, nechuk.

  5. Ish-harakatning o‘rnini aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: qayda, qayan, qaydin, qandin.

  6. Ish-harakatning sabab va maqsadini aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: nevchun, necho‘kdin.

  7. Ish-har akatning daraja-miqdorini anglatuvchi olmosh: necha.

Yuqorida qayd etilgan olmoshlarning nog‘u va nevchundan boshqalari hozirgi o‘zbek tilida ham faol qo‘llanib kelinmoqda..

XIX asrda qo‘llanilgan belgilash olmoshlari uch guruhdan iborat:



  1. aniqlov;

  2. umumlashtiruv;

  3. to‘dadan ajratuv manosidagi olmoshlar;

1.Aniqlov olmoshi ham fors-tojik tilidan kirib o‘zlashgan bo‘lib XIX asrda u ikki hil qo‘llanilgan:

    1. otlaran oldin kelib, ularning ma’nosini aniqlash, ta’kidlash va aloxida qilib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.

b) So‘roq-nisbat olmoshlaridan oldin kelib, ularning ma’nosini aniqlash, ta’kidlash uchun xizmat qiladi.

2.Umumlashtiruv ma’nosidagi olmoshlar bari, barcha, hamma, qulli, tamom kabilar.Bulardan bari, barcha, hamma asli o‘zbekcha bo‘lib, qolganlari fors-tojik va arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlardir.

3.To‘dadan ajratish ma’nosidagi belgilash olmoshi arabcha bazi so‘zidir. XIX asrda -dir va -alla elementlari bilan yasalgan gumon olmoshlari kimarsa kabi so‘zlar qo‘llangan. Shu davrda falon gumon olmoshi keng istemolda bo‘lgan.

Bo‘lishsiz olmoshlari huddi hozirgi zamon o‘zbek tilidagidek, hyech so‘zlari yordamida yasalgan. Bu olmoshning qo‘llanilishi quydagicha:

a) hech so‘zi so‘roq- nisbiy olmoshlarga qo‘shilib, bo‘lishsizlik, inkor ma’nolarini ifodalaydi. Hech so‘zi otga bog‘lanib uning ma’nosini inkor etadi.

Hech so‘zi fe’llarga bog‘lanib, harakat ma’nosini inkor etadi. Ba’zan also, hargiz, mutlaqo, zinhor so‘zlari ham bo‘lishsizlik olmoshi vazifasida keladi.

XIX asrda olmoshlardan man, san, men, sen, u, biz, siz, bizlar, sizlar, ular, oz, bu, shu, ushbu, kim, nima, qaysi, qandoq, qachon, qancha, har, hamma, barcha, bari, hyech kabilar hozirgi o‘zbek tilida doim qo‘llanilib, semantik - grammatik jihatdan, deyarli o‘zgarishsiz qo‘llaniladi.

XIX asrda qo‘llanilgan alar, anlar, hamul, nevchun, nag‘u, qamug‘ kabi olmoshlar hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘llanilmaydi. Shular qatorida ul, bul, shul kabilar faqat ayrim shevalardagina saqlanib qolgan.

XIX asr o‘zbek tilida fe’l kategoriyasi o‘zining ayrim semantik va grammatik xususiyatlari bilan eski o‘zbek tili va hozirgi o‘zbek tilidan maum darajada farq qiladi. XIX asr oxir va XX asr boshlariga kelib qator fe’llar istemoldan chiqqan. Masalan, sipqormoq-ichmoq, yitmoq-yo‘qolmoq, sog‘inmoq-o‘ylamoq, hisoblamoq, qolmoq-tilamoq,istamoq, so‘ramoq va boshqalar.

XIX asr o‘zbek tilidagi fe’llar o‘zlarining morfologik strukturasi, turli forma va katregoriyalarining qo‘llanilishi jihatidanoldingi va so‘ngi davrlardan farq qiluvchi spesifik xususiyatlariga ega.

XIX asr o‘zbek tilida ham felning besh xil darajasi bo‘lgan: bosh, o‘zlik, majxul, birgalik va orttirma.

O‘zlik daraja, asosan -n, -in affiksi orqali yasaladi.

Majxul daraja, -l (-il) affiksi yordamida yasalsdi.

Birgalik daraja, -sh, -ish affiksi orqali yasaladi. Birgalik darajadagi fe’llar ko‘plik, jamlik, musobaqa, yordamlashish, hamkorlik kabi ma’nolarni ham anglatadi.

Orttirma daraja, -t, -it, -ut, -tir, -dir, -tur, -dur, -ar, -ur, -qar, -kar, -qur, -kur, -g‘ur, -kuz, -guz, -quz, -gaz, -g‘az.

XIX asrda bir fel negiziga birdan ortiq orttirma daraja affikslarining qo‘shilish xollari ko‘p uchraydi. Bunday konstruksiyalarda ish harakatning bajarilishida uchta shaxs ishtirok etadi: biri ikkinchisiga, ikkinchisi esa uchinchisiga buyuradi va ish-harakatni bevosita uchinchi shaxs bajaradi.

-t + tur; -tur + t; -tur + tur;

Mayl kategortyasi XIX asr o‘zbek tili mayl formalari asosan, uch guruhga ega bo‘lgan:

1. Buyruq-istak mayli;

2. Shart mayli;

3.Aniqlik mayli

XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida buyruq-istak mayli faol qo‘llanilgan. Masalan, suhbat aylaylik kelinglar jo‘ralar, o‘rtoqlar (Muqimiy).



Agarchi topmasam bir yaxshi dilbar, yomondur gar sitamkor axtaraylik (Furqat). Hozirgi zmon o‘zbek tilida buyruq-istak fe’llining I shaxs ko‘pligi faqat -aylik formasida qo‘llaniladi.69

XIX asr o‘zbek tilida shart feli faqat -sa, -sa affiksi bilan yasalib, hozirgi o‘zbek tilidan keskin farqlanuvchi xususiyatlar yo‘q. Shrat mayli fe’llari turli manolarni ifodalagan:

1. Irreal shart ma’nosi, -sa erdi.

2.Shart ma’nosi. Bosh omon bo‘lsa do‘ppi topilur.

3.Istak va iltimos manosi. Bizga ijozat bersangiz.

4.To‘siqsizlik manosi agarchi, har necha, harchand kabi to‘siqsizlik bog‘lovchilari va ham yuiklamasi bilan qo‘llangan.

5.Payt ma’nosi ko‘pincha vaqteki, qachonki vaersa so‘zlaq]ri orqali qo‘llangan.

6.Erkan so‘zi bilan kelib gumon, noaniqlik manosini bildiradi.

7.Lozim, kerak so‘zlari bilan qo‘llangan zaruriyat, lozimlikma’nolarini anglatadi.

Aniqlik mayli ish-harakat va holatning uch zamondan birida real sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. XIX asr o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon formalari xilma-xil bo‘lib, ularning ayrimlari istemoldan chiqib, ayrimlarining esa qo‘llanilish doirasi keskin ravishda toraygan. XIX asr o‘zbek tilida fellar huddi hozirgi zamon o‘zbek tilidagi kabi affiksasiya va kompozisiya usuli bilan yasalib, qo‘shma fellar ot + fel va fe’l + fe’l vositasida yasalgan.

XIX asr o‘zbek tilida edi va erdi kabi to‘liqsiz fe’llar mavjud bo‘lib, ulardan erdi shakli ancha faol bo‘lgan. Ular to‘liq, qisqa va aloxida tuslanish xususiyatiga ega bo‘lgan. Ayrim fe’llar faqat to‘liq formada tuslanib, ayrim fe’llar esa har ikkala variantda tuslangtan. Fe’lning inkor ma’nosi leksik, morfologik va sintaktik usul bilan ifodalanib ular faqat fe’lgagina xos bo‘lmay, boshqa so‘z turkumlariga ham taalluqli bo‘lgan. Bulardan tashqari ne/na yordamchi va nisbiy olmoshlar bilan ham qo‘llanilgan.

XIX asr o‘zbek tilida harakat nomi, sifatdosh, ravishdoshlar turli vositalar orqali qo‘llanilgan. XIX asr o‘zbek tilida oldingi davrlarga nisbatan ravishlar ancha ko‘pva aktiv qo‘llanilgan. Ular kelib chiqishi jihatidan ikki turga bo‘linadi;

1. Asliy o‘zbekcha ravishlar; ko‘p, oz, otru, asru, okush, artыda,qalыn, ichkari,tashqarы, yuqarы, ilgari, burun, keyin, yыraq, yaqыn, allыda, aldыda kabi.

2. Boshqa tillardan kirib o‘zlashgan ravishlar.

a) arab tilidan kirib o‘zlashgan ravishlar asosan, taxminan, filhal,alhal, abas, muntazir, mutlaqa, minbad, ittifaqa, albatta.

b) fors-tojik tilidan kirib o‘zlashgan ravishlar darxol, pinxona, yakbara, tabara, zinhor, ahista, payvasta, hargiz, nagah, hala, hazir, bistar, andak, g‘ayat, baz, hiyla, az tazi dil, mardanavar, sherona kabi.

Morfologik strukturasiga ko‘ra ravishlar soda, qo‘shma, juft xarakterga ega bo‘lgan. Ravishlar oddiy, qiyosiy va orttirma darajalarga ega bo‘lib, semantik nuqtai nazardan holat, miqdor, daraja, o‘rin va payt ravishlaridan iborat bo‘lgan.

XIX asr morfologik strukturasida ravishlar sodda, yasama, qo‘shma va juft shaklda qo‘llangan. XIX asrda bir so‘z turkumidagi so‘zlarning boshqa so‘z turkumiga o‘tishi xos bo‘lib, bu ravish so‘z turkumi uchun ham xosdir. Bunday ko‘chish ravish uchun ham xos bo‘lib (adverbializasiya) ular qatoria yana va birpas so‘zlarini ham keltirish mumkin.

Hozirgi o‘zbek tilida birpas so‘zi ravish vazifasida qo‘llaniladi. Ushbu so‘zning birinchi qismi son bo‘lib, ikkinchi elementi pas hozirda bu so‘z qo‘llanilmaydi. Vaholanki, XIX asrda pas ravishi faol qo‘llanilgan. Shu davrda ravishlarda ham sifatlardagi kabi uch xil oddiy, qiyosiy va orttirma darajalar mavjud bo‘lgan. XIX asrda o‘zbek tilida ravishlar quyidagi semantik turlarga ajratilgan:

1.Holat ravishi: ohista, mardona, piyoda, yayoq, az tahi dil, pinxona, ohista, sekin, zimnan, xob, yashurun, og‘urlukga.

2.O‘xshatish manosidagi holat ravishlari: Bular ko‘proq –ona, -dek, -cha, -vor kabi affiikslar vositasida yasalgan.

3.Ish-harakatning birdaniga, to‘satdan bo‘lganligini anglatuvchi ravishlar: dafatan, birdan (birdan, birdan), nagah, banagah, ittiftraaqa, chust, dast, bot, zud, darhol, filhal, alhal, ildam, tez kabi.

4.Ish-harakatning bajarilish sababini bildiradigan ravishlar: noilaj, lailaj, zaruratdin, zaruratan kabi.

5.Ish-harakatning takroriy bajarilishini anglatuvchi ravishlar: yana, qayta, qaytadin, yanidin, boshqadin, mukarran kabi.

6.Shaxsning psixik holatini ifodalovchi ravishlar: g‘amgin, anduhgin, beihtiyar, bajani dil, shadan kabi.

7.Nutqning qay tarzda ifodalanishini anglatuvchi ravishlar: ozimcha, bilganimcha, oruschasig‘a, abdan kabi.

Miqdor-daraja ravishi:

Miqdor-daraja ravishlari ish-harakatning qanchalik va qay darajada bajarilishini anglatadi. Ular ikki turga bo‘linadi:

a) ish-harakat, ba’zan predmet belgisining ortiqchaligini, kuchli ekanligini ko‘rsatuvchi ravishlar: ko‘p, ziyada, bisyar, artuksi, abadan, asru, g‘ayat, nihayat, nihayasiz, bag‘ayat, benihayat, base, tamoman, tola, hiyla, tabara kabi.

XIX asrda eng, juda kabi daraja ravishlari uncha faol qo‘llanilmagan. O‘z navbatida ayrim juft otlar miqdor-daraja ravishi vazifasida qo‘llanadi alam-alam, guruh-guruh, tob-tob kabi.

b) ish-harakat yoki predmetning miqdorini qiyoslab, chog‘ishtirib ko‘rsatuvchi ravishlar. Bular ot va olmoshlarga –cha affiksining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Masalan, qiyamatcha, meningcha, ulcha, ancha, shuncha kabi.

O‘rin ravishi mano jihatidan uch guruhga bo‘lingan:.

1. O‘rin-joy manosini bildiruvchi ravishlar; ost, ust, o‘za, tashra, tashqarы, ichkari, qoshыda, allыda, aldida, arqada, atra, arasida, anda, munda, andыn, bunda kabi.

O‘rin-joy manosidagi ravishlarning ba’zilari-cha affiksi yordamida yasalgan: sonыncha, atыncha, yolcha kabi.

2. Masofa ma’nosini anglatuvchi ravishlar; uzoq, yыraq, yaqыn kabi

3. Tomon ma’nosini ifodalovchi ravishlar; oq. chap, sag‘, sol, atrru, keyin, soq, ilgari, yuqarы, uchak, ataq, allыda, aldыnda, arqasыda, ul yan, bu yan, bu yaq, tegra kabi.

Payt ravishi: XIX asrda payt ravishi qo‘llanilioshi jihatidan o‘ta maxsuldor bo‘lgan. Ular mano jihatidan uch turni tashkil etgan;

1.Umumiy payt ma’nosini anglatuvchi ravishlar;

a)avvalgi payt ma’nosini ifodsalovchi avisdhlar: avval, avvalin, burun, sobiqon, ul chog‘ kabi.

b) Hozirgi payt ma’nosini ifodalovchi ravishlar: hala, hanuz, alhal kabi.

Alhal, alvaqt so‘zlari arabcha bo‘lib, hozir, shu paytda manolarini anglatgtan. Hala so‘zi XIX asrda hozir, hozircha, shu choq kabi manolarda qo‘llangan.

Bu so‘z keyinchalik forma va mano jihatdan o‘zgarishi tufayli og‘zaki so‘zlashuv nutqida hali shaklida qo‘llana boshlagan. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida bu so‘z faqat hali shaklida qo‘llanib, bir oz avvalroq, hozircha, bir ozdan keyin kabi uch zamonga ham xos bo‘lgan payt manolarini ifodalaydi.

XIX asrda qo‘llanilgan badaz, an, axirul amr, minbad, aknun kabi ravishlar keyinchalik istemoldan chiqib ketgan.

v) doimiy payt manosini ifodalovchi ravishlar: daim, daima, har gah, har chag‘, hamisha kabi.

g) ish-harakat, voqyea-xodisaning bazan ro‘y berishini anglatuvchi ravishlar: bazan, gaha, gah-gah kabi.

d) ish-harakat, voqyea-hodisaning yaqinda, birdaniga yuz berganligini anglatuvchi ravishlar: yana, hamana, filhal, nogoh kabi.

Haftaning kunlarini ifodalovchi avishla: bugun, erta, ertasi, tangla, taqlasы, tuna kun kabi

3.Sutkaning turli vaqtlarini ifodalovchi ravishlar:

a) ertalabki paytni anglatuvchi ravishlar; erta, ertaq, sahar, tan atarda, subh vaqtinda, alsabah kabi.

b) kunduz vaqtini ifodalovchi ravishlar kundsz, chashtgahda, peshinda kabi.

v) kechasi va kechki payt manosini ifodalovchi ravishlar: namoz zigar, asir, nomoz, shom, kech, oqshom, kechqurun, kechalab, shabana kabilar.

XIX asr o‘zbek tilida ravishlarning miqdori va qo‘llanilish darajasi ancha keng bo‘lib, ularning miqdori yuzdan ortiq bo‘lib, yasama ravishlar keng istemolda bo‘lgan

Shu davrda affiksasiya va kompozisiya usuli bilan ravish yasalishi keng tarqalgan. Shu bilan bir qatorda o‘zbek tilida juda ko‘plab o‘zlashma ravishlar ham keng istemolda bo‘lgan. Yuqorida ko‘rsatilganidek, ayrim ravishlar fonetik o‘zgarishlarga uchragan.

Tilshunos olim A.Matg‘oziyev XIX asrda yordamchi so‘z turkumlari to‘g‘risida fikr yuritganda asosan, yordamchi so‘z turkumlari to‘g‘risida olimlarning fikriga tayanib ular to‘g‘risida quyidagi malumotlarni beradi. Biz ushbu berilgan qaydlarni aynan berishni lozim topib, bu to‘g‘ridagi fikrlarimizni kelgusi bobda ko‘rsatib o‘tishni lozim topdik.70

… Ko‘p tilshunoslarning qayd etishicha, yordeamchi so‘zlar tarixan mustaqil so‘zlardan kelib chiqqan. Bu xodisa grammatikalizasiyada birdaniga yuz bermaydi:

a) mustaqil so‘z o‘z leksik manosidan tashqari formal ko‘rsatkich vazifasida ham keladi: mening yonimda…

b) yordamchi so‘z kelib chiqqan mustaqil so‘z (protatip) bilan semantik aloqasini yo‘qotmagan xolda kontekstda o‘zining material (leksik) manosini butunlay yo‘qotadi, Masalan, ko‘ra ko‘makchisi shu formadagi ravishdosh bilan semantik aloqador bo‘lsa ham, konseptda bu mano umuman sezilmaydi;

v) o‘zining leksik manosini yo‘qotgan so‘z bazan fonetik o‘zgarishga ham uchrab, shakl va mano tomondan to‘lasincha yordamchi so‘zga aylanadi. Masalan, ila < bila < birla\\bir+la.71

XIX asr o‘zbek tilida birlan, uchun, kabi, ara, sayin,uza, uzra kabi sof ko‘makchilar hamda bir qancha funksional ko‘makchilar aktiv qo‘llanilgan. Hozirgi zamon o‘zbek tilida uning semantik hamda funksional doirasi yanada kengaygan. Mazkur ko‘makchining qo‘llanilishida hozirgi zamon o‘zbek tilidan farq qiluvchi bazi xususiyatlai seziladi:

XIX asda qo‘llanilgan tegri, atru, tanibig‘a, sayi, uza ko‘makchilari hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanilmaydi.

Tilshunos olim A.Matg‘oziyevning tariflashicha XIX asr o‘zbek tilida sof o‘zbekcha hamda arab va fors-tojik tillaridan kirib o‘zlashgan bog‘lovchilarning miqdori ellikdan oshadi.72 Ular asosan teng, ayiruv, ergashtiruvchi bog;lovchilariga ajratilgan

O‘z navbatida egashtiruvchi bog‘lovchilar quyidagi guruhlarga ajratilgan:



  1. Aniqlov-izohlov bog‘lovchilari: kim, ni, ya’ni.

  2. Shart bog‘lovchilari: agar, gar, ar, vagarka, garna, varna, arna, mabada, basharti.

  3. To‘siqsizlik bog‘liovchilari: agarchi, garchi, archi, garchand, harchand, bavujudikim, bavujudi, ulkim.

  4. Sabab bog‘lovchilari; chunki, chun, chu, zeraki, charaki, aniq, uchunki, negaki, shuning uchun.

  5. Maqsad bog‘lovchilari: ta, deb.

  6. Payt bog‘lovchilari: chunki, chun, chu, ta, taki, vaqtiki, hamonaki.

  7. O‘xshatish-qiyoslash bog‘lovchilari: chun, chu, aylakim, boylakim, go‘yo, go‘yoki.

XIX asrda qo‘llanilgan juda ko‘p bog‘lovchilar hozirgi o‘zbek tilida istemoldan chiqib ketgan. XIX asrda qo‘llanilgan yuklamalar ikki guruhga ajratilib, ular so‘z-yuklamalar va affiks yuklamalariga ajratilgan.

So‘z yuklamalarining aksariyati fors va arab tillariga xos bo‘lib, ular bugungi kunda qo‘llanilmaydi. Affiks yuklamalarining deyarli barchasi o‘zbekcha bo‘lib, miqdori unchalik ko‘p emas.

Hozirgi o‘zbek tilida –oq, -yoq, -ku, -u, -yu, -da, -a, -ya kabi bir qancha affikslar keyinchalik paydo bo‘lgan yuklamalardir. Shuningdek, hozir -gi, -gina yuklamalarining qo‘llanilash darajasi olodingiga nisbatan ancha kengaygan. Nutqning emotsional bo‘yoqdorligini taminlovchi eng muhim hisoblangan undovlar XIX asrda asosan quyidagilarbo‘lgan: ey, hoy, hay-hay, hayu-hu, haya, ah, eh, vay-vay kabi. Ular asosan vokativ va emosional undovlardir. XIX asrda imperativ undovlar deyarli uchramaydi. XIX asrda qo‘llanilgan mimemalar hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanilayotganlardan deyarli farq qilmaydi. Umuman olganda, o‘zbek tili tarixida XIX asr aloxida bir davr sanaladi. Bu davrda o‘zbek xalqining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida o‘zgarishlar yuz berdi. Bularning hammasi o‘zbek tilining taraqqiy etishiga, shu jumladan grammatik qurilishining takomillashuvida ijobiy tasir ko‘rsatdi. Rus madaniyati, tilining o‘zbek tiliga ta’siri kuchaya bordi.

Tilshunos olim A.Matg‘oziyev XIX asr morfologiyasining o‘zgarib, rivojlanish jarayonlarini quyidagi guruhlarga ajratadi:

a) qo‘llanilish darajasi jihatidan, malum bir davrda aktiv qo‘llanilgan so‘z yoki forma keyinchalik passivlashadi yoki faollashadi.

b) material jihatidan o‘zgarish, ilgari qo‘llanilmagan forma vujudga keladi, istemolda bo‘lgan ayrim affikslar istemoldan chiqib ketadi.

v) formal-struktural jihatdan o‘zgarish, bunda ayrim so‘z, grammatik forma va konstruksiya keyinchalik turli shakliy o‘zgarishga uchraydi. Masalan, XIX asrda chiqish kelishigi qo‘shimchasi din, din shaklida bo‘lsa keyinchalik -dan shaklida qo‘llanila boshlagan.

g) semantik jihatdan o‘zgarish, bunda so‘z ma’nosining kengayishi, torayishi, qayta manolanishi, differensiasiyasida yuz beradi. Masalan, ag‘ыr, ko‘p manosida qo‘llangan bo‘lsa, bu hozir qo‘llanilmaydi.

d) funksional jihatdan o‘zgarish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu yozma manbalarda uchraganligini ko‘rish mumkin, og‘zaki nutqda esa butunlay boshqa vazifada ko‘rish mumkin.73

Tabiyki, har bir til o‘z ichki imkoniyatlari asosida immonental rivojlanishi bilan birga, turli faktlar asosdida, yani boshqa tillarning ta’siri natijasida ham rivojlanib boradi. Yuqorida ta’kidlanganidek XIX asrdan boshlab rus tiliga xos leksik va morfologik elementlar o‘zbek tilida qo‘llanila boshlagan.XIX asrning elliginchi yillaridan boshlab Rossiya Turkistonni zabt etgandan boshlab maxalkliy axolini tutqunklikda tutish uchun uning tilini amaliiy jihatdan bilish ehtiyoji tug‘ildi. Ana shu ehtiyoni qondirish maqsadida bir qator asarlar maydonga keldi. Masalan, M.Nalivkinning xotini M.Nalivkina bilan hamkorlikda “Russko-sortovskiy i sortovsko-russkiy slovar’ obsheu po trebitel’nыx slov s prilojeniyem kratkoy grammatiki narechiyem Namanganskogo uyezda. (Kazan’.1884 ikkinchi nashri. Toshkent 1912) asarini yozib, o‘rislarning o‘zbek tilini va ayni paytda o‘zbeklarning rus tilini o‘rganishi uchun imkoniyat yaratadi. 74 Xulosa qilib aytganda XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan o‘zbek tilshunosligiga oid tadqiqotlarda morfologiyaga ancha jiddiy e’tibor berganligini yuqorida ko‘rsatilganlar kafolat beradi.



Yüklə 394,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə