Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


III BOB. XX ASR VA MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEK TILI MORFOLOGIYASINING TARAQQOIYTI



Yüklə 394,86 Kb.
səhifə4/5
tarix22.11.2017
ölçüsü394,86 Kb.
#11620
1   2   3   4   5

III BOB. XX ASR VA MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEK TILI MORFOLOGIYASINING TARAQQOIYTI
XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan o‘zbek tilshunosligiga oid tadqiqotlarda morfologiyagi jiddiy e’tibor berilgani barchaga ayondir.

XX asr davomida o‘zbek tilshunosligining boshqa sohalarida bo‘lgani kabi morfologiya sohasida ham jiddiy ishlar amalgam oshirildi. O‘zbek milliy tili qurilishida, uning fonetik sistemasida, grammatik qurilishida baynalminal so‘zlarning morfologik sostaviga mos ravishda ba’zi bir grammatik formalar-so‘z yasovchi yangi affikslar, so‘z birikmaklari, gapda so‘zlarning erkin tartibda qo‘llanilishi va gap qurilishining ba’zi bir yangi tiplari vujudga keldi. …Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilining fonetik sistemasi va lug‘at sostavida ma’lum darajada o‘zgarishlar yuz berdi, asosiy lug‘at fondining doirasi kengaydi, grammatik qurilishi takomillashdi, yangi stilistik priyemlar vujudga keldi.75

XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ziyolilar o‘rtasida milliy o‘z-o‘zini anglash hissi kuchaydi. Bu davrda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi ziyolilarning tilshunoslik taraqqiyotiga qo‘shgan hissasa o‘ziga xos. Biroq bu olimlar o‘zbek tili morfologiyasining tadqiq qilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan edi. Ashurali Zohiriyning tilshunoslikka doir ayrim ishida morfologiyaga oid qimmatli fikrlar bayon etilgan.

XX asrning boshlarida Turkistonda bir qancha nomdagi gazeta va jurnallar nashr qilina boshladi. Matbuotning yo‘lga qo‘yilishi o‘zbek adabiy tilining shakllanilishi va rivojlanishi uchun ham qulay imkoniyat yaratdi. Avvalo, jadidlar xalqimizning ajoyib ma’naviy merosi bo‘lgan til masalasiga alohida e’tibor berdilar. Jadidlar harakatining yetakchisi Abdurauf Fitrat jahon madaniyati hazinasiga al-Beruniy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy , Jaloliddin Rumiy, Bedil singari buyuk daholarni yetkazib berganligi, lekin bu daholar o‘z asarlarini ona tillarida emas, arab va fors tillarida yaratganliklari uchun turkiy til imkoniyatlari ochilmay qolganligi, hazrat Navoiy bu tilning keng imkoniyatlarga ega ekanligini ham badiy, ham ilmiy asarlari bilan isbotlab bertganligi, lekin ul hazratdan so‘ng turkey til yana etiborsiz ekanligini, uning tarixda baxtsiz bo‘lganligini afsus-nadomat bilan tilga oladi.76

Abdurauf Fitrat o‘zbek tili morfologiyasini bevosita tadqiq qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi o‘zbek tili grammatikasini yaxlit ya’ni morfologiya, so‘z yasalishi va sintasisni o‘zaro zich bog‘langan sathlar ilining fonetik tizimi tarzida tadqiq qildi.

Fitrat o‘zbek tilshunosligining o‘sha davr uchun eng dolzarb bo‘lgan masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi, unga o‘z munosabatini bildirdi. Uning “Ishtirokiyun ” gazetasida nashr qilingan “Tilimiz” maqolasining o‘zi ham bunga asos bo‘la oladi. Olimning “O‘zbek tili qoidasi to‘g‘risida bir tajriba;Sarf“ asarida o‘zbek tilining fonetik tizimi chuqur tahlil qilingan. Fitratning sof morfologik qarashi uning “Sarf“ morfologiya asarida o‘z ifodasini topgan. Fitratning so‘zga jiddiy e’tibor berganligi, ayniqsa, so‘zga ham, avvalo, ma’no anglatish nuqtai nazaridan yondashganligi, birinchi o‘ringa mazmunni qo‘yganligi, ya’ni ma’nodan shaklga qarab borganligi muhim.

Olim, avvalo so‘zga tarif beradi: “So‘z bir ma’noni bildirgan, o‘ziga maxsus ohangi va bosimi bo‘lgan tovush to‘dasi “ degan fikr bildiriladi.77

So‘z ma’nosini asos qilib olgan xolda turkumga ajratadi: ot, sifat, son, fe’l, olmosh, ko‘makchi kabi. Ot turkumiga to‘xtalgan Fitrat, u mavxum, ya’ni ko‘zga ko‘rinmas otning mavjudligiga e’tibor qaratadi. U otni tub va yasama otga ajratadi. Sistemaga amal qilgan xolda yasama otning o‘rni oti, qurol oti, ish oti kabi turlarni farqlaydi. Xullas, otning barcha, eng muhim o‘ziga xos xususiyatlariga atroflicha to‘xtaladi.



Umuman olganda, Fitrat so‘z turkumlari, so‘zlarning grammatik kategoriyalari haqida ham izchil ma’lumotlar beradi. Har bir tilning morfologiyasida so‘z tushunchsi markaziy o‘rinni egallaydi. Fitrat so‘z tushunchasiga onomosiologik nuqtai nazardan, ya’ni obyektiv olamdan uning umumlashgan obrazining ongda aks etishi orqali bu umumlashgan obrazning muayyan moddiy vosita-tovushlar silsilasi yordamida ifodalanishi nuqtai nazardan yondashadi.

Uning fikricha “miyalarimizda tuqqan o‘yni ” bir-birimizga bildirmak uchun eng muhim qurolimiz bu gapdir. O‘zingizni o‘ylasangiz , hayvonlardan birini (otni) o‘ylasangiz u hayvon ustiga ergashmak uchun bo‘lg‘on tebranishingizni o‘ylasangiz uch ma’no o‘ylagan bo‘lursiz. Bu uch ma’noni birlashtirib, bir-biriga bog‘lab, o‘zingizni otga minganingizni o‘ylaganingizda, miyangizda bir “o‘y” tuqqandir. Shu o‘yni bir kishiga bildirmoqchi bo‘lsangiz, “Men ot mindim ”deb qo‘yasizkim, bu aytganingiz bir “gap”dir. Ko‘rinadikim, yuqoridagi o‘yda uch ma’no sbo‘lgani kabi, u o‘yni bildirguchi “ gap ”da uch so‘z bor: “men, ot, mindim”. Fitratning yuqoridagi fikrlaridan, so‘zga ham, gapga ham” ma’nodan shaklga” tamoyili asosida yondashganini payqash qiyin emas.78 Fitrat so‘zlarni semantik tamoyil asosida, ya’ni qanday ma’noni bildirishiga ko‘ra ot, sifat, fe’l, ilmosh va ko‘makchilarga ajratadi. So‘zlarni leksik-grammatik guruhlarga tasniflashda arab tilshunosligi an’analaridan chetlashgan holda Yevropa tilshnosligi an’analariga asoslanib barcha so‘z turkumlariga alohida-alohida to‘xtalib, uning o‘ziga xos jihatini yoritib beradi. Jumladan, sifat, olmosh, son, fe’l, ko‘makchining deyarli barcha xususiyatini imkon doirasida, o‘sha davrdagi holatiga ko‘ra baholaydi. Ayniqsa, olimning fe’l turkumiga oid qarashi katta ahamiyatga ega. Uning har bir fe’l ish bilan uning ishlovchisi hamda bir zamonni bildiradi, tqrzida aytilgan fikri muhim. Olim fe’lning zamon, shaxs-son, shuningdek bo‘lishli-bo‘lishsizlik, o‘timli-o‘timsizlik, nisbat kabi kategoriyalarga nisbatan o‘z qarashini bayon qiladi. Uning e’tiboridan ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’l ham chetda qolmadi. O‘zbek tilshunosligi tarixida morfologiyani bevosita tadqiq qilish, bu sohada alohida kitob yaratish XX asrning boshiga to‘g‘ri keldi. Buni Abdurauf Fitrat amalga oshirdi. Umuman, o‘zbek tillshunosligida morfologiyani emas, balki tilshunoslikning barcha sathini Yevropa tilshunosligihga tayangan xolda tadqiq etishni boshlab bergan olimlardan biri ham, asosiysi ham Abdurauf Fitratdir. Fitrat har bir so‘z turkumi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar beradi. Masalan, “ Ot” so‘z turkumi bo‘yicha quydagi fikrni bayon etadi:” …bildirgan ma’noga ot bo‘lib taqalg‘on so‘z ot deyiladi. Otlarning hammasi barmoqdagi “ ko‘zga ko‘rinarlik narsa”ni ifodalash shart emas. es, qayg‘u, zulm kabi manosi ko‘zga ko‘rinmas otlarning ham mavjudligi ta’kidlanadi. Bu bilan olim otlarning ma’no jihatdan aniq va mavhum turlarga ajralishiga ishora qiladi. Fitrat yuqorida ta’kidlanganidek, otlarni tub va yasama otlarga ajratadi. Yasama otlarni ot yasovchi qo‘shimchalar orqali ot va ot bo‘lmagan boshqa so‘zlardan hosil qilinishini ta’kidlaydi. Yasama otlarni ma’nolariga ko‘ra quydagi guruhlarga ajratadi. kichraytirish shakllariga ega bo‘lgan otlarni “ kichiklangan otlar” deb nomlaydi. Uning fikricha bir narsani, yo bir kishini siylamak yo kiciiklikni ko‘rsatmoq uchun unga berilgan otga “kichiklangan ot” deyiladi. Kichiklangan otlar yasamoq uchun otga -cha, -gina, -g‘ina, -kina, -qina qo‘shiladir: og‘acha, kitobcha, kelincha, qizgina, qushqina kabi. Shuningdek, -chiq, -choq, -chak, -loq qo‘shimchalari bilan kichraytirish shakllari hosil qilish mumkinligi, lekin ular kam istemolda ekanligi takidlanadi: qizaloq, kelinchak, qopchiq kabi.

Otlarni tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma otlarga ajratadi. Qo‘shma otlarga quyidagicha ta’rif beradi: “ Ikki ot yo bir sifat bilan bir ot qo‘shilib, bir narsaning oti bo‘lg‘onda qo‘shma ot deyiladir”. Qo‘shma otlarning qo‘shilib yozilishi bayon qilinadi. Masalan, oybolta, oqsoqol kabi. Shuningdek, maorif idorasi, markaziy ijroya komiteti singari ikki-uch so‘zdan tashkil topgan va ularning har qaysisi o‘z ma’nosini saqlab qolgan otlar ham qo‘shma ot sanalishi va ular ajratib yozilishi ta’kidlanadi.79 Fitratning morfologik qarashlari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, so‘z turkumlari orasida ayniqsa ot to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar beradi.

…so‘z bir ma’noni bildirgan, o‘ziga maxsus ohangi va bosimi bo‘lgan tovushlar to‘dasidir. So‘z, ot, sifat, fe’l, olmosh, ko‘makchi so‘zlari kabi qismlarga ajraladir. “Quyosh, bulut, yog‘och, temir, Ahmat” deganda shu so‘zlarning har biri birga bir narsani eslatadi. Boshqacha aytganda bu so‘zlarning har biri birga eslatkani narsaning otidir. Bildirgani ma’noga ot bo‘lib taqalgan so‘z- “ot” dir. Ot ma’nosining tutash ko‘zga ko‘rinarlik narsa bo‘lishi lozim emas. Jon, es, tun, qayg‘u, zulm kabi. Ma’nosi ko‘zga ko‘rinmas otlar ham bordir. Qizil olma, qora taxta, uzun yog‘och, yiroq kent deganda olma, taxta, yog‘och, kent so‘zlarining biror ot ekanini bilamiz. Shu otlarnin “nuchuklik” (belgi)larni anglyatmoq uchun qizil, qora, uzun, lyiroq so‘lari unlarg‘a qorishilg‘ondir. Bir otning “nuchuklik”ni anglatmoq uchun uning bosh tomoniga keltirilgan so‘ziga “sutat” va shu otning o‘ziga “ sutatli” deyiladir.

…Qo‘y, sigir, Ergash, O‘ktam. Bu otlarning har biri tub otdir. Negakim: bir o‘zakka qo‘shimcha qo‘shib yasalgani ko‘rinib turadir.

Yasama otlar esa shunlardir:

O‘rin oti-bir narsaning o‘rnini bildirmak uchun shu narsaning otiga “lloq” qo‘shiladir: ovloq, toshloq, qishloq, o‘tloq kabi. Xo‘jandning ovloq qishlog‘i ko‘bdur (“Boburnoma”).

Bir ishning bo‘laturgan o‘rnin bildirmak uchun shu ishning o‘zagiga (buyruqqa)” oq” qo‘shimchasi qo‘shiladir: yotoq, yaloq, botqoq kabi.

Qurol oti-bir ishni qilmoq uchun qurol bo‘lguchi narsani bildirgali o‘zakka –gich, -g‘ich, -kich ch qo‘shiladir: ochgich, uchgich, suzgich kabi. O‘zakka “ gi-ki ” qo‘shilganda ham qurol oti bo‘ladur: sipirgi, uzangi, chalg‘u kabi. O‘zakka “ oq-ak” qo‘shilganda ham qurol oyi bo‘ladir: pichoq, tayoq, o‘roq, qayroq, qurshoq, kurak, elak kabi.

So‘zga “ -choq, -chak” qo‘shilganda ham qurol oti bo‘ladir: yorg‘uchoq, o‘yinchoq, qo‘g‘urchoq, belanchak kabi. Sufatga “ liq-lik” qo‘shilganda ismga aylanadir: shodlik, yaxshilik, qizillik, kattalik, bilmsizlik kabi.

Buyruqqa “maslik-mosliq” qo‘shilsa ish otining bo‘lishsizlari hosil bo‘ladir: yozmasliq, kelmaslik, o‘qimaslik kabi.

Buyruqqa “ im ” qo‘shib uchinchi turliy “ ish oti ” yasaladir: bilim, unim, chiqim, terim kabi. Buyruqqa “ sh ” qo‘shilib ikkinchi turliy ish oti yasaladir: bilish, o‘qish, yozish, chopish kabi. Buyruqqa “ uv-v ” qo‘shilib to‘rtinchi turli ish oti yasaladir: yozg‘u, keluv, kulgu, oluv, beruv kabi. Buyruqning ketida cho‘zg‘i bo‘lsa, yolg‘iz “ v ” qo‘shiladir: saylov, tilov.

Buyruqqa “ nch ” qo‘shilib, beshinchi turli ish oti yasaladir: ishonch, qo‘rqinch, quvonch, o‘kunch kabi. Bu turliy ish otini har so‘zidan yasab bo‘lmaydi. Buyruqqa “ qin-gin ” qo‘shib, turliy sh oti yasaladir: toshqin, bosqin,chopqin, shovqin, yong‘in, buzg‘in, qochqin kabi. otliq, soliq, soqit, yoziq, toniq kabi buyruqqa “ g-g‘ ” qo‘shilib ish oti bo‘lib emas, “ soda ot ” bo‘lib ishlatiladir.

Kichiklangan otlar, bir narsani, yo bir kishini siylamak, yo uning kichikligini ko‘rsatmak uchun uni berilgan otga kichiklangan ot deyiladir. Kichiklangan otlar bir narsani, yo bir kishini siylamak, yo uning kichikligini ko‘rsatmak uchun uni berilgan otga “ kichiklangan ot ” deyiladir. qizaloq, kichiklangan otlar yasamaq uchun otga “ cho, cha, gina, g‘ina,kina, qina ” qo‘shiladir: og‘acha, kitobcha, kelicha, qizgina, qushgina kabi. “Chiq, choq, chak, loq ”bilan yasalish kichraygan otlar bo‘lsa ham ozdir: chaqaloq, qizaloq, kelinchak, qopchiq kabi.

Fitrat sifat so‘z turkumi to‘g‘risida alohida to‘xtalmasa-da uning tub va yasama turlarga ega bo‘lishini ko‘rsatadi.

… yasama sifatlar quydagicha hosil bo‘ladi:

1) -li qo‘shimchasi yordamida: bilimli, otli, aqchali, enli kabi.

2) -siz qo‘shimchasi yordamida: aqchasiz, bilimsiz, otsiz kabi.

3) -ki, -qi, -g‘i, -gi qo‘shimchalari yordamida: tashqi, ichki, kechagi, shahardagi, keyingi, burungi kabi.



  1. sarg‘imtil, qizg‘imtil, kio‘kimtir kabi bo‘yoqning kuchsizligini bildiruvchi sifatlar sifatdan -imtil qo‘shimchasi qo‘shish bilan hosil qilinadi. Shuningdek, -ish qo‘shimchasi yordamida ham hosil bo‘ladi. Masalan sarg‘ish, qizg‘ish, ko‘kish, oqish kabi.

5) -ma qo‘shimchasi qo‘shish bilan bir narsaning bir turli ishlatilganini bildiradigan sifat hosil qilinadi: yozma kitob, bosma kitob, qo‘shma ot kabi.

Fitrat sifatlarning yozilishi haqida to‘xtalib, ularni o‘rtoqlik sifati, jins sifati va o‘xshatish sifatlariga bo‘ladi:

a) -iy, -viy qo‘shimchalari yordamida hosil bo‘lgan sifatlar nisbiy sifat sanaladi: adabiy jurnal, tarixiy so‘z kabi.

b) otlardan –dash, -dosh qo‘shimchasi qo‘shib yasalgan sifatlar o‘rtoqlik sifati hisoblanadi: qo‘ldosh, mingdosh kabi.

v) ikki otdan birinchisi ikkinchisidan nimadan qilinganini bildirgan so‘zlart jins sifati sanaladi: kumush qoshiq, temir sovut, oltin uzuk kabi.

g) kabi, o‘xshatish –dek, -day, yanglig‘, sjngari yordamchilari bilan kelgan otlar o‘xshatish sifati hisoblanadi: quyosh kabi yuzli, olovday ko‘zi.tlardagi Fitrat sifatlarning kuchaytiruv shakllarini ham yasama sifatlar qatorida beradi va ular bir narsaning sifatiga kuch berib aytilgan so‘zlar sifatida qaraladi: oppoq, yap-yalong‘och, qip-qizil kabi.

Sifatlarda belgining darajalanishi haqida ham malum fikrlar bayon qilinadi. Jumladan, sifatning -roq, -rak shakli haqida fikr yuritib ” bir sifatning ikkinchi narsadagi shu sifatdan ortiq bo‘lmaganini bildirishi ” aytiladi. Karim yaxshi,juma yaxshiroq, pichoq keskin, qilich keskinroq, ongliroq, bilimsizroq kabi. Shuningdek, otlardagi kabi sifatlarda ham “ kichiklangan sifat”ni ajratadi va bunday sifatlar –kina, -gina qo‘shimchalari yordamida hosil bo‘lishi ko‘rsatiladi; yaxshigina, kattagina kabi

Fitrat o‘z navbatida son so‘z turkumi to‘g‘risida ham to‘xtalib ularni tub va yasama turlartga ajratadi: Tub sonlarni sanoq deb ularni bir, ikki, uch, to‘rt, o‘n, yigirma, qirq besh kabi sonlar kiritiladi.

Yasama sonlar ma’nosi va yasovchi qo‘shimchalariga ko‘ra:


    1. sira son;

    2. ulush son;

    3. chama son;

    4. sanalmishsiz son;

    5. o‘rtoqlik son;

    6. oshirma son;

    7. o‘lchov sonlariga bo‘linadi.

Tub sonlarga -inchi qo‘shimchasi qo‘shlishidan hosil bo‘lgan sonlar sira sonlar qatoriga kiritiladi: birinchi, ikkinchi kabi. Tub sonlarga –ar, -tadan qo‘shimchalari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sonlar ulush son hisoblanadi: biror tangadan, ikkita qalamdan, uchar daftar, bitar kitob; birsdan kitob, beshtadan daftar kabi.

-lab qo‘shimchasi qo‘shilgan va ”chin sonlarni anglatmay, chamalabg‘ino aytilg‘on” son chama sonlar sanaladi: o‘nlab kitob, yuzlab kishi, yigirmalab bola kabi. Shuningdek, “ikki sanoqni birga qoshib aytg‘onda ham chama son bo‘ladi: ikki, uch talaba, yigirma, o‘ttiz uy kabi.

Sanoq sonlarga -ov qo‘shimchasi qo‘shilishidan sanalmish son hosil bo‘lishi aytiladi: birov keldi . Ular uchov bordilar . Bunday sonlarni sifatlar qatorida emas, balki otlar qatorida o‘rganish lozimligini takidlaydi.

Sanoq sonlar –ala qo‘shimchasi qo‘shlishidan hosil bo‘lgan son o‘rtoqlik son deb hisoblanadi. Chunki bunday sonlar “bir ishni birdan ortiq kishilarni o‘rtoqlashib qilganlarini bildiradi ” . Masalan, Biz ikkalamiz keldik. Ular uchalasi qoldi kabi. Bunday sonlarni ham xuddi “sanalmishsiz son kabi ismlar qatorida sanamoq yaxshi”ligi takidlanadi.

Sanoq sonlarga -larcha qo‘shimchasi qo‘shilib, “ sanalmishsizlarni oshiribroq ko‘rsatish uchun ishlatiladigan” sonlarga oshirma son deyiladi: yuzlarcha, minglarcha kabi. Bulardan tashqari, hozirgi kunda numerativ so‘zlar qatorida ishlatilayotgan o‘lchov bildiruvchi so‘zlar bilan birga qo‘llanuvchi sonlarni bir butun holda o‘lchov sonlari deb hisoblaydi. Masalan, bir yutum suv, o‘n qop arpa, bir chekim tamaki, ikki qadoq uzum kabi birikmalarda yutum, chekim, qadoq so‘zlari o‘lchov otlari sanaladi. Ulardan keyin kelgan suv, arpa, uzum so‘zlari esa, o‘lchov sonlarning sanalmishi hisoblanadi.

Fitrat fe’lga mazmuniy va grammatik nuqtai nazardan yondashadi. Felning harakat bildirishini hamda shaxs va zamon grammatik ma’nolarini bildiruvchi shakllarga ega bo‘lishini quydagicha bayon qiladi “Har bir fe’l bir ish bilan uning ishlovchisi hamda bir zamonni bildiradir” fe’lning bu uch jihati uning uch “ butog‘i “ sanaladi. Shu uch butoqning o‘zgarishiga qarab, fe’llar turli o‘zgarishlarga uchrashi ko‘rsatiladi. “Harakat” tushunchasi ” ish” atamasi bilan “shaxs” tushunchasi “ishlovchi” atamasi bilan nomlanadi. Masalan, “Ish ishlovchi tomonidan ishlansa “ men yozdim” deyiladir. eshituvchi tomonidan bajarilsa “sen yozding” deyiladir” -deb bayon qilinadi.

Fitrat zamon ma’nosini ifodalashiga ko‘ra, fe’lni uch zamonga ajratadi; so‘ngi zamon, hozirgi zamon va o‘tgan zamon. Bu fe’llarning har qaysisiga alohidaq-alohida to‘xtaladi. Unda fe’llar o‘z navbatida, buyruq, kelajak, shart, o‘tinch, qo‘zg‘atish fe’llariga bo‘linadi.

Fe’llarning bo‘lishli va bo‘lishsiz “tub shakli” buyruq fe’llari deb yuritiladi. Masalan, kel, ket; kelma, ketma kabi. Bu fe’llarning shaxs-son o‘zgarishiga ko‘ra olti shaklga ega bo‘lishi ta’kidlanadi

-arva -ajak shakllari qo‘shilgan fe’llar kelajak fe’llari hisoblanad.

-gay,-g‘ay qo‘shimchasi qo‘shilgan fe’llar o‘tinch fe’llari -sa qo‘shimchasi qo‘shilgan fe’llar shart fe’llari, shart fe’llariga –chi qo‘shilgan fe’llar esa qo‘zag‘atish feli hisoblanadi. Masalan, yozsa-chi, yozmasa-chi.

Fitrat fe’lning mayl, nisbat kategoriyalarini alohida ajratmay, zamon kategoriyasi tarkibida o‘rganadi. Hozirgi zamon fe’llari -yotir, -moqda hamda (y) dir, -adir qo‘shimchalari ifodalanishi bayon qilinadi va har qaysi shaklning shaxs-son bo‘yicha paradigmasini beradi.

O‘tgan zamon fe’llari ham o‘z ichida uch tiurga bo‘linadi:

1) ko‘rilgan fe’l;

2) eshitilgan fe’;l

3)hiokoya fe’li;

-di qo‘shimchasi yordamida ifodalangan o‘tgan zamon ma’nosi ko‘rilgan fe’l atamasi ostida beriladi. Masalan, y ozdi, yozdim, yozding kabi -gan, -g‘on, -mish qo‘shimchal;ari qo‘shilgan fe’l eshitilgan fe’l hisoblanadi: yozg‘on, yozg‘onsan, yozmish, yozmishman, yozmishsan.

-ib qo‘shimchasi qo‘shilgan fe’l o‘tgan zamon hikoya fe’li hiosoblanadi: yozibdir, yozibman, yozibsan.

Fe’llarning nisbat kategoriyasi alohida ajratilmasa ham, lekin bu kategoriya ifodalagan mano va uning muayyan shakllari yordamida ifodalanishi haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi.

O‘timli fe’llarni o‘timsizga, o‘timsiz fe’llarni esa o‘timliga aylantirish yo‘llari haqida fikr yuritganda –il qo‘shimchasi ishtirok etgan fe’llar majhul fe’l (-in) qo‘shimchasini olgan fe’l o‘zlik fe’l deyilishi takidlanadi. Masalan, yuvildi, yuvindi.

Fitrat fe’ldan anglashilgan harakat obyekt bilan munosabatining ifodalanishiga ko‘ra o‘timli va o‘timsiz fe’llarga bo‘linadiki, bu bo‘linish keyingi grammatikalardan qat’iy o‘rin oldi.

U fe’llarni tuzilishiga ko‘ra soda va qo‘shma fe’llarga bo‘ladi. Qo‘shma fe’llarning hosil bo‘lishi, ularning imlosi haqida batafsil malumot beradi. Ikki va undan ortiq so‘zlardan tashkil topgan fe’llar qo‘shma fe’l sanaladi. Masalan, yoza boshladi. Qo‘shma fe’llarda birinchi qism so‘zning leksik ma’nosini, ikkinchi qismi esa unga turli hil qo‘shimcha ma’nolarni ifodalaydi. Fitrat ifodasi bilan aytgaqnda, “ Ma’noning og‘irligi birinchi fe’lda bo‘lib, ikkinchi fe’lning ma’nosi unga “ qayd ” bo‘lib qoladir. Fe’lning barcha kategorial shakllari ikkinchi qismga qo‘shilishi ta’kidlanadi.

Qo‘shma fe’l ko‘makchi qismning qanday ma’no ifodalashiga ko‘ra olti qismga ajratiladi:



  1. boshlov fe’li: yoza boshla, ko‘ra boshla kabi;

  2. yaqinlash fe’li: ko‘ra yozdi, qila yozdi;

  3. oshiqma fe’li: yozaqol, aytaqol;

  4. davom fe’li: bora berdi, yoza berdi;

  5. bo‘ldiorish fe’li: bora olarman, kela olarman;

  6. bo‘lmoq, qilmoq, etmak kabi fe’llar: Bularning otga qo‘shilib qo‘shma fe’l hosil qilishi aytiladi. Masalan, mumkin bo‘ldi, yaxshi eding, do‘st tutdim.

Fitrat hozigi o‘zbek tilshunosligida to‘liqsiz fe’l atamasi ostida o‘rganilayotgani edi, ekan, emish fe’llari shuningdek esa, emas yordamchilarini ko‘makchi fe’llar atamasi ostida o‘rganadi

Fitrat olmoshlarni uch turga bo‘ladi:



  1. ot olmoshlari: u, men, sen, ular, biz, bizlar;

  2. ko‘rsatgich olmoshlari:siz,

bu-bul, bular-bunlar;

shu-shul, shular;

ushbu ushbular;

mana manavlar;

mana bu mana bular;

mana u mana ular;

u-ul ular-unlar;

usha-ushal o‘shalar;

ana anavlar;

ana u ana ular;



  1. so‘rash olmoshlari: kim, nima, qachonqiyqa, qiyoq, qancha, necha, nuchuk, nega kabi.

Fitrat ko‘makchi so‘zlar haqida ham alohida to‘xtaladi. Hozirgi tilshunoslikda yuklama, bog‘lovchi, ko‘makchilar hamda modal va undov so‘zlar tarkibida o‘rganilayotgan lisoniy birliklarning hammasi ko‘makchi so‘zlar atamasi ostida beriladi.

  1. kuchaytiruv ko‘machilari: asru, juda, hech, albatta, also, sira, eng, butun, huddi.

  2. O‘rin ko‘makchilari: ara, ichra, uza, uzra;

  3. Qavatlov ko‘makchisi: tag‘in, dahi, bilan, -la, yana, ham, -da;

  4. Shart ko‘makchilari: yo‘qsa, agar, agarchi;

  5. Aniqsizlik ko‘makchilari: balkim, yo, yoki, yohud;

  6. Orzu ko‘makchilari: koshki, shoyad;

  7. Hasrat-armon ko‘makchilari: essiz, afsus, attang;

  8. Hol ko‘makchilari: ayniqsa, xususan, umuman, zotan;

  9. Nisbat ko‘makchisi: sayin;

  10. Cheklash ko‘makchilari: -gina, -g‘ina, -kina, faqat;

  11. Chiqarish ko‘makchilari: biroq, lekin;

  12. Tavsif-izoh ko‘makchilari: -kim, -ki;

  13. Sabab ko‘makchilari: uchun, chunki;

  14. Chama ko‘makchisi: -cha (yigirmatacha);

  15. Tuyg‘u ko‘makchilari: oh, uy, oy va boshqalar.80

Fitrat o‘zbek tilshunosligi tarixida o‘zbek tili grammatikasiga asos soldi. Uning “Sarf” va “Nahv” nomli darsliklari 1925-yildan 1930-yilgacha olti marta nashr qilindi.81

Yuqoridagilardan ko‘rinuib turibdiki Fitrat morfologiya xususan so‘z turkumlari, so‘zlarning grammatik kategoriyalari haqida izchil ma’lumotlar beradi. Har bir tilning morfologiyasida so‘z tushunchasi markaziy o‘rinni egallashini ta’kidlagan xolda so‘z tushunchasiga onomosologik nuqtai nazardan ya’ni obyektiv olamdan uning uumumlashgan obrazining ongda aks etishi orqali bu umumlashgan obrazning muayyan moddiy vosita-tovushlar sistemasi yordamida ifodalanishi nuqtai nazardan yondashadi.82

XX asrning boshlarida o‘zbek tili morfologiyasining shakllanishida Abdurauf Fiyratning ilmiy faoliyati asosiy o‘rinni rgallagani bugungi kunda barchaga ayondir. U o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga turkiy tillar tizuimidagi o‘rnini va istiqbolini ochib berishga harakat qildi. U so‘zlarni semantik tomonlar asosdida guruhlarga ajratdi.83

Fitratning so‘z turkumlari borasidagi ilmiy qarashlarini bugungi kun nuqtai nazaridan sinchiklab o‘rganish bizningcha, dolzarb muammolardan biridir. Zero, olimning, ayniqsa grammatik sohadagi araslari hozirgacha o”z qimmatini yo‘qotgan emas.

…O‘zbek tilshunosl;igi tarixida morfologiyani bevosita tadqiq qilish, bu sohaga oid alohida kitob yaratish XX asrning boshiga to‘g‘ri keladi. Abdurauf Fitrat bu ishni o‘zi amalgam oshirgan. O‘zbek tili morfologiyasini jiddiy o‘rganishni biroz keyinroq bo‘lsa-da, Abdurauf Fitrat boshlab bergan deyish mumkin. O‘zbek tilshunosligida mlorfologiyani emas umuman, barcha sathni Yevropa tilshunosligiga tayangan xolda tadqiq etishni boshlab bergan olimlardan biri ham, asoschisi ham Abdurauf Fitrat edi. 84

Umuman olganda XX asrning 40-yillarida o‘zbek tilshunoslik fanining jiddiy rivojlanish pallasiga kirganligini ko‘ramiz.

Shu davrga kelib Ye.D.Polivanovning “O‘zbek tilining qisqacha grammatikasi” (Toshkent, 1925), Qayum Ramazonning “ O‘zbek tili ” kitobi morfologiyaga bag‘ishlangan edi. Keyinchalik Faxri Kamolovning . taxriri ostida nashr qilingan fundamental asari “ Hozirgi zamon o‘zbek tili” (1975) yuzaga keldi. Haqiqatdan ham o‘zbek adabiy tili morfologiyasini ilmiy asosda izchil o‘rganish, shuningdek, sistema tarzida jiddiy tadqiq etish ham ana shu davrdan boshlandi, deyish mumkin. Chunki bu asarda o‘zbek tilidagi so‘z turkumi, uning barcha morfologik xususiyati ham oldingi Sharq tuilshunosligidagi taiqini ham, keyingi davr Yevropa tilshunosligida

“ Morfologiya” bo‘yicha aytilgan barcha fikr, qarashni ham hisobga olgan xolda talqin qilindi.

… So‘z nutqning eng asosiy birliklaridandir, chunki insonlarning o‘zaro aloqa-aralashuvida, fikrlashuvida eng muhim vazifani gap va so‘z bajaradi. Grammatika so‘zning strukturasini, sostavini-morfemalarini, so‘zning turkumlarga bo‘linishini, so‘zlarning bog‘lanishini tekshiradi.

Morfologiya so‘zlarning nutqda o‘zgarish qoidalarini belgilaydi. Morfologiyada so‘z formasini hosil qilish qoidalari va so‘z yasash qoidalari o‘rganiladi: shuningdek morfologiya so‘zlarning malum belgilar asosida gruppalarga-turkumlarga bo‘linishini ham tekshiradi.

Morfologiya grammatikaning bir qismidir. Tilning qurilishi-so‘zning tuzilishi va gapning tuzilishi haqidagi bu fan-grammatika kishilarning fikr almashinuvida , o‘z fikrlarini bayon qilishlarida juda katta ahamiyatga egadir; har bir tildagi so‘zlarning yig‘indisi- lug‘at sostavi til uchun qurilish materialidir. Morfologiya bilan sintaksis grammatikaning o‘zaro bog‘langan, teng huquqli, mustaqil qismlaridir.85

Tilning lug‘at sostavini va asosiy lug‘at fondini aniqlash masalasi morfologiya bilan ham aloqador. Masalan, affiksasiya orqali tildagi so‘zlarning ko‘payishi masalasi morfologiya bilan bevosita bog‘liqdir. Yuqoridagilarga etibor qaratadigan bo‘lsak, XXI asr tilshunosligida ganilapnda malum kompleks o‘rganilyotgan xodisa unda malum darajada o‘z ifodasini topganligi malum bo‘ladi. Ushbu darslikda til sathi bir-biri bilan o‘zaro dialektik bog‘liq ekanligi, va u shunga ko‘ra malum bir sistemani tashkil etishini inkor qilmaydi. Darslikdagi so‘z yasash usuli, soda va qo‘shma so‘z, juft va takroriy so‘z, uning yuzaga kelish sababi, ko‘rinishi, qisqartma, juft so‘zning joylashish tartibi, yakka va yirik sonning bir kishi kabi holat haqidagi qarash ham hozirgi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Ushbu kitobda turkumlashga tasnif berilar ekan, unda quydagini kuzatamiz: “So‘z ma’nosiga va grammatik xususiyatga morfologik xususiyatiga va sintaktik roliga qarab bir qancha to‘daga bo‘linadi. So‘zning bu to‘dasi so‘z turkumi sanaladi. Har bir so‘z semantik va grammatik xususiyati bilan gapning malum bir bo‘lagi vazifasida kelishga mosbo‘ladi, har bir bo‘lak uchun tipik so‘z semantik va grammatik xususiyati bilan shu bo‘lakka mos keladigan so‘z mavjud bo‘ladi.

“Hozirgi zamon o‘zbek tili” 1957 kitobida so‘z dastlab mustaqil so‘z, yordamchi so‘z, modal so‘z, undov va mimemalarga ajratiladi. Mustaqil so‘zga ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish kiritilgan; yordamchi so‘z sifatida ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama qayd etiladi. Modal so‘z alohida so‘z turkumi tarzida berilgan. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri modal so‘z- gap tarzida emas, balki, avvalo, so‘z sifatida qaqyd etilgan. So‘ngra uning gapdagi vazifasi, yani kirish birlik, gap bo‘lib kelishi kabi boshqa holat sifatida alohida baholangan. Modal va undov so‘zni avval so‘z sifatidaqayd etish, keyin uning vazifasini belgilash 50-yillar tilshunosligiga xosdir. Bu davr tilshunosligida undov bilan mimema birlikda bir turkum sifatida talqin qilingan: undov va mimema kabi. Chunki rus tilshunosligida ushbu turkum-mejdometiye deb atalgan.

Hozirgi kunda esa taqlid(mimema) mustaqil so‘z turkumi doirasida qaralmoqda. Zero o‘zbek tilshunosligida 60-yillardayoq tasviriy so‘z (harakat-holatga taqlid so‘z) va taqlidiy so‘z (tovushga taqlid so‘z) alohida so‘z turkumi sifatida ajratilgan. Umuman, bu davrga kelib, so‘zni mustaqil so‘z turkumi, yordamchi so‘z turkumi va alohida so‘z turkumi (mustaqil so‘ turkumi doirasiga ham , yordamchi so‘z to‘dasiga ham kirmaydigan alohida bir to‘dani tashkil etuvchi so‘z) tarzida tasniflash amalgam oshirildi. Bu talqin XX asr boshida ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas.

XX asrda jiddiy tadqiq etilgan o‘zbek tilshunosligining taraqqiyotida rus va yevropa tilshunosligining tasiri muhim o‘rin egallagan .

Dastlab, o‘tgan asrning 40-yillarida U.Tursunov «O‘zbek tilida so‘z turkumlarining yasalishi» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqladi. U.Tursunov o‘zbek tili morfologiyasining eng dolzarb muammosini tadqiq etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bir so‘z bilan aytganda U.Tursunovning morfologiyaga oid talqini, boshqa asaridagi kabi shu kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.86

XX asr o‘rtasida o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida, ayniqsa, uning morfologiyasini o‘rganish bo‘yicha qilingan ishi doirasida S.Usmonov, F.Abdullayev, T.Ibrohimov, A.G‘ulomov, V.V.Reshetov, A.N.Kononov, M.Asqarova, S.Mutallibov kabi olimlarning xizmatlari beqiyosdir.

O‘zbek tilining taraqqiyotida, xususan morfologiya sohasida qilingan ishlar orasida prof. A.G‘ulomovning hissasi alohida o‘rin egallaydi.

A.G‘ulomovning til hodisasiga yondashuvida unga sistema sfatida munosabatda bo‘lishining til-lison-nutq munosabatini hisobga olishning, dialektikaga e’tibor qaratishning, shuningdek, tilga formaldir. Olim imkoniyatning nutqda voqyealanish qonuniyatini mazmun-shakl, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqyelik, sabab-oqibat, umumiylik-xususiylik kategoriyasini ham hisobga olgan holda lison va nutqni yaxlit holda talqin qildi. Jumladan, tilshunoslikning eng muhim vazifasi hisoblangan masalaga, ya’ni til birligi imkoniyatini belgilay olish va bu imkoniyatning nutqda namoyon bo‘lishini ochib berish masalasiga juda jiddiy e’tibor qaratilganligi kuzatiladi.

A.G‘ulomovning 50-yillar o‘rtasiga yaratgan «O‘zbek tili morfologiyasiga kirish» (1953) monografiyasi tilga sistema tarzda yondashuvning yorqin namunasi. Kitobda so‘z tarkibi, so‘z va uning xususiyati, so‘z yasalishi, qo‘shma so‘z, so‘z turkumi muammosiga nisbatan olim o‘z qarashini bayon qiladi hamda mavjud qarashini boyitadi. Keyinchalik olimning morfologiya sohasidagi qarashlari XX asrning ikkinchi yarmida akademik A.Hojiyev, O.Usmon, X.Komilova, Z.Ma’rupov, S.Fuzailov, Sh.Rahmatullayev, S.Dolimov, Yo.Tojiyev, M.Jo‘raboyeva, A.Berdaliyev, T.Mirzaqulov, N.Mahkamovlar o‘z ishlarida bu sohadagi ishlarni izchil davom ettirdi. Xullas XX asrning 70-90-yillarida o‘zbek tilshunosligida morfologiya sathini o‘rganish bo‘yicha ancha jiddiy tadqiqot ishlari olib borilganligi diqqatga sazovordir.

Mustaqillik barcha fan sohasi bo‘yicha jiddiy ilmiy-tadqiqot olib borishga keng yo‘l ochdi. O‘zbek tilshunosligini Yevropa, ayniqsa, rus tilshunosligi andoщasi ta’siridan chiqardi. Endi o‘zbek tilshunosligi mustaqil tarzda, asosan, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda til hodisasini baholash yo‘lini tanladi. Tabiiyki istiqlol sharofati bilan tadqiqot ko‘lami kengayib bormoqda.

Mofologiya sohasida N.Mahmudov, A.Nurmonov va boshqalar tomonidan «Nazariy grammatika», R.Saydullayeva, B.menkliyev, T.Boqiyeva va boshqalar tomonidan substansial yo‘nalish asosida «Hoizrgi o‘zbek adabiy tili. Morfemika. So‘z yasalishi. Morfologiya» qo‘llanmasi va boshqa darslik va qo‘llanmalarning nashr etilganligi diqqatga sazovordir.

O‘zbek tilshunosligida morflogiya sohasi o‘zining munosib taraqqiyot tarixiga egadir. Ayniqsa, o‘zbek formal an’anaviy) morfologiyasining davomi sifatida shakllangan substansial (formal-funsional) morfologiya o‘zbek tilining grammatik qurilishini o‘rgani shborasida tadqiq metodologiyasi, metodikasi, tomoyillari va o‘rganish predmetining o‘ziga xosligi bilan to‘la ma’noda yangi yo‘nalish sifatida shakllanib ulgurdi.87

Substansial morfologiya va uning tadqiq tamoyillarida narsa va hodisani o‘rganish jarayoni ikki zaruriy bosqichda kechadi. Birinchisi sezgi orqali fahmiy bilish, ikkinchisi aqliy idrokiy bilish. Borliqni bilishning bu ikki bosqichi falsafiy metodik adabiyotda empirik va teoretik, hissiy va idrokiy, hayotiy va oddiy (formal) kabi o‘ndan ortiq xilma-xil atama bilan nomlansa-da, mohiyatan bu ikki bilish bosqichi orasida farq behad soda. Biri, ya’ni fahmiy hissiy sezgi uzvi-ko‘rish, sezish, tuyish va hatto tushunish, qabul qilish orqali hosil qilingan bilimni mutlaq haqiqat deb biladi. Ikkinchisi idrokiy (aqliy) bilim ko‘rgan, sezgan, eshitgan, tuygan narsasi mohiyat emas, balki qandaydir boshqa bir hodisaning yuzaga chiqish shakli. Ya’ni qandaydir imkoniyatning bir tasodifiy voqyeaanish ko‘rinishi deb biladi. Bunda hodisa zamirida yotgan asosni, mohiyatni munosabat asosida ochishga harakat qiladi. Shuning uchun fahmiy usul tasvirlasa, idrokiy usul ochadi. Bunday yondashishda, odatda, fahmiy hissiy bilim idroiky usul bilan ochiladjigan mohiyatni to‘sib turadi. Fahmiy jarayonda narsadagi bevosita kuzatishda berilgan turli jihat tasvirlanadi. Fahmiy (zohiriy, hissiy, tashqi) bilim insonning sezgi a’zosi vositasida hosil qilinadi. Fahmiy bilish orqali tilshunos til birligining tashqi his qilib bo‘ladigan belgi-xususiyati haqida bilimga ega bo‘ladi. Fahmiy bilim istagan fanda, jumladan, tilshunoslikda beqiyos ahamiyatga ega. U barcha turdagi nazariy ish uchun zamin, moddiy asos.

Falsafiy-metodologik adabiyotda narsani fahmiy o‘rganishga xid turgan bilish ususli sifatida ijrokiy (botiniy, ichki, aqliy) bilim qayd etiladi.

Fahmiy bilish, asosan, nutq birligini yakkalik, hodisa, voqyea – YaHVO sifatida tahlil va tavsif etsa, umumiylik, mohiyat, imkoniyat va sabab – UMIS tabiatiga ega bo‘lgan ijrokiy bilim aniqlangan, tavsiflangan hodisaning xilma-xillik sabab va qonuniyatini, ular mohiyatini aniqlashga asoslanadi.

Idrokiy bilish uchun esa asosi bo‘ladigan tomon – narsaning munosabat tizimi, butun ichida bo‘lakning o‘rni, narsaning mazmun, vazifa, munosabat tomonidir. Ya’ni bevosita kuzatishda berilmaganligidir.

Idrokiy bilim YaHVOning sabab va qonuniyatini ochadi. Bu ikki bilim orasida keskiye chegara qo‘yib bo‘lmaydi. U o‘zaro bog‘liq, biri ikknchisi asosida rivojlanib boradi.

Falsafiy metodologik adabiyotda narsani fahmiy o‘rganish ususli seksualizm, empirizm, realizm, atalizm, fenomenalizm kabi atama qo‘llaniladi. Bu oddiy materialistik yondashish ususli. Narsaga mustaqil barqaror alohidalik sifatida yondashadi. Oddiy materialistik yondashuv bevosita kuzatishda berilgan narsa voqyelikda qanday mavjud bo‘lsa, uni xudi shunday tasvirlashga asoslanadi. Uning turli yo‘nalishi mana shu bevosita kuzatishda berilgan narsa hodisaning turli tomoniga alohida e’tibor qaratish bilan bir-biridan ajralib tursa-da, bevosita kuzatishda bergan ma’lumotni haqiqat deb bilganligi bilan birlashadi. Chunonchi, atomizm – alohida zarra so‘zidan olingan narsa, materiya tuzilishining fizikaviy-ximiyaviy asosiga tayanadi.

Seksualizm – sensus – his, sezgi-gnoseologiya sohasidagi ta’limot, u sezgini bilishning birdan-bir manbai deb e’tirof etadi. Sezgi bilish jarayonining boshqa tomoni bilan, ya’ni tajriba va asbtrakt tafakkur bilan uzviy birlikda bo‘lgan taqdirdagina bilishning zarur tomoni bo‘lishi mumkin.

Empirizm – (emperia – tajriba) hissiy tadribani bilimning birdan-bir manbai deb hisoblaydi.

Empiriokritizm – «tajribani tanqid» degan ma’noni bildirib, tajriba tushunchasini substansiya, zarurat, sababiyat tushunchasini taqozo etadi88.

Insoniyat tarixida fanlar taraqqiyoti dialektikasi shuni ko‘rsatadiki, har bir fanning taraqqiyoti uzluksiщ «empirik-dialektik-empirik-dialektik»… zanjirdan iborat. «Avvalo. Narsa jonli mushohada, bevosita kuzatish vositasida o‘rganilib, uning xususiyati, qirrasi, tomoni aniqlanadi, natijada bu xususiyat, dalil, hodisa to‘planadi saralanadi; aqliy, dialektik tahlil usuliga o‘tish ehtiyoj paydo bo‘ladi89.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki keyingi yillarda masalaga substansial morfologiya tadqiq tamoyillariga asoslanib o‘zbek tilshunosligida so‘zlarni turkumlarga ajratishda yangicha qarashlar vujudga kelmoqda.

Zamonaviy tilshunoslik materiallari asosida so‘zlarni turkumlarga ajratish so‘zlashuvchi uchun «umumiy», «tayyor», «majburiy» bo‘lgan leksemani so‘zdan farqlash, shu kungacha nutq-til sharoiti asosida amalga oshirilgan so‘z turkumi tasnifi masalasini yangi asosda ko‘rib chiqishni taqozo etadi90.

Zero, tilshunoslikda so‘z va leksemaga turlicha ta’rif va izoh berib kelinmoqda. Barcha narsa singari leksema ham serqirra hodisa. Leksemaning bir qirrasi sifatida uning ma’no xususiyati ham tan olinadi.

Leksema «so‘z» shaklida yuzaga chiqar ekan, bunda u grammatik jihatdan tugal shakllangan. Ya’ni grammatik morfema bilan birikkan holda namoyon bo‘ladi. Albatta, leksema har qanday grammatik morfema bilan birika olmaydi. Shuning uchun grammatik kategoriya hamda shaklga xilma-xil munosabatiga ko‘ra leksemaning yana bir qirrasi aniqlanadi. Chunonchi. O‘zbek tilida «Ochilar chechakdi» deb bo‘lmaydi. Vaholanki, «Chechaklar ochildi» – gap. Buning sababi, ochil fe’lining –lar bilan, chechak leksemasining –di bilan birika olmasligi va, aksincha, chechakning –lar bilan, ochilning –di bilan birika olishi. Shu bois qanda ygrammatik kategoriya va uning shakli qo‘shimcha bilan qo‘shnichilik (sintogmatik) munosabatiga kirisha olish xususiyatiga serqiqqa leksemaning qirrasidan biri sifatida qarash lozim.

Leksema nutqda so‘z shakida gap tarkibida ma’lum bir sintaktik bog‘lanishida, qurshovda va sintaktik vazifada keladi. Leksemaga «yaxlitlik» (butunlik, substansiallik) nazariyasi asosida yondoshilsa, leksemaning gap qurilishida tuta oladigan o‘rni ham uning qirrasidan biri.

Leksemaning ma’no jihati, o‘xshashlik (paradigmatik) va qo‘shnichilik (sintagmatik), gap qurilishidagi o‘rni kabi atigi uch qirrasi mavjuddir. Leksemada bundan boshqa qirra, chunonchi, fonologik tarkib (sostav), qo‘llanish doirasi, qo‘llanish darajasi va h.k. ham ajratilishi mumkin bo‘ladi.

Leksema serqirraligi izchil va qarama-qarshilikdan holi tasnifning nazariy asosi yuzasidan bildirilgan fikr bilan birlashtirilsa, uning har bir qirrasi bo‘yicha alohida-alohida tasnifni berish hamda leksema guruhini aniqlash lozim. Shu yo‘l bilan leksemaning har bir tasnifda tutgan o‘rni asosida kashf etgan belgining yig‘indisi uning (leksemaning) nisbiy mohiyatini tashkil etishi ravshanlashadi.

Leksemaning tasnifini quyidagicha izohlash mumkin:

Birinchi tasnif: leksemaning ma’no xususiyati asosidagi izchil tasnifi;

Ikkinchi tasnif: leksemaning morfologik kategoriya va shaklga munosabati jihatidan tasnifi;

Uchinchi tasnif; leksemaning gap ko‘rinishida tuta oladigan o‘rni va bajara oladigan vazifasiga ko‘ra tasnifi.

Har bir tasnif natijasida leksemaning alohida-alohida ma’naviy (semantik) morfologik hamda sintaktik guruhi ajratiladi.

Ajratiladigan har bir guruh ega nisbiy mustaqil.

Leksemani zamonaviy tilshunoslik tasnifi bo‘yicha ma’naviy, sintaktik va morfologik tomoni har bir leksemaning alohida bir qirrasi ekanligi sababli leksemaning ma’naviy, sintaktik va morfologik izchil tasnifi uchun mazkur jihat alohida asos bo‘la oladi. Har bir leksemada yuqorida ko‘rsatilgan uchta qirra mavjud ekan, shuning uchun har bir leksemaning mohiyati aniqlanar ekan, uning har uch tomoniga e’tbior berilishi hamda tavsiflanishi zarurdir. Bundan tashqari, bu qirra har bir tasnifda umumlashtirilishi ham lozim. Chunonchi, kitob leksemasini tahlil etish uchun, mazkur leksemaning har uch tasnifdagi o‘rnini mumkin qadar aniq ko‘rsatish darkor: kitob – ma’naviy jihatdan mustaqil leksema tipii, atovchi leksema sinfi, nomlovchi leksema tipii, ot turkumi muayyan ot turi, «Fan-madaniyat» mavzu guruhining «O‘quv quroli» lug‘aviy-ma’naviy guruhi (lug‘aviy ma’no)ning «O‘qiladigan buyum» LQ – lug‘aviy qatoriga mansub leksema; sintaktik jihatdan bog‘lanuvchimuchaanuvchi, sintaktik vazifasi cheklanmagan leksema; morfologik jihatdan o‘zgaruvchi sonlashuvchi leksema.

Leksemaning bunday uch jihatdan – ma’naviy-grammatik tasniflanishi leksema haqida batafsil chuqur va bir-birini to‘ldiradigan xulosa chiqarishga imkoniyat beradi hamda an’anaviy o‘zbek tilshunosligidagi lisoniy tahlil jarayonida so‘zga beriladigan tavsif (tahlili)dan boy va mukammalroq.

Ma’naviy, sintaktik va morfologik izchil tasnif asosida leksemaning quyidagi katta guruhi ajralib chiqadi.




Bosqich

Jihat guruh nomi

Ma’naviy

Sintaktik

Morfologik

I

Tip

1. Yordamchi

2. Mustaqil



1. Ajraluvchi

2. Bog‘lanuvchi



1. O‘zgarmas

2. O‘zgaruvchi



II

Sinf

1. Tasvirlovchi

2. Atovchi



1. Muchalanmas

2. Muchalanuvchi



1. Sog‘lanuvchi

2. Darajalanuvchi

3. Tartiblanuvchi

4. Nisbatlanuvchi



III

To‘p

1. Shiora

2. Nom


1. Cheklangan

2. Cheklanmas



Sintagmatik munosabatga ko‘ra

IV

Turkum

1. Ot

2. Sifat


3. Son

4. Fe’l


5. Ravish

6. Modal


7. Undov

8. Taqlid



1. Bog‘lovchi

2. Ko‘makchi

3. Yuklama


Sintagmatik munosabatga ko‘ra

V

Tur

Turkum ichida

Turkum ichida

Sintagmatik munosabatga ko‘ra

VI

Mavzu guruhi

Tur ichida







VII

Lug‘aviy ma’no guruhi

Mavzu guruhi ichida







VIII

Lug‘aviy qator

Lug‘aviy ma’no guruhi ichida







IX

Alohida olingan leksema

Lug‘aviy qator ichida







X

Leksemaning nutqdagi ma’nosi

Matnda91







Yüklə 394,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə