Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#146260
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi (1)

-ona, -larcha, -
chasiga 
qo‘shimchalari yordamida qo‘shimchadosh so‘zlar hosil qilish orqali bu 
turkumdagi so‘zlar xuususida umumiy ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
1.sanoq 
son1.
ta'rifii va 
misol
2.chama 
son
Ta'rifi va 
misol
3.miqdor 
son
ta'rifi va 
misol
kasr son.
ta'rifi va 
misol
taqsim 
son
ta'rifi va 
misol


36 

ZINAMA-ZINA

o‘yini . Bu o‘yinni o‘quvchilar individual 
tarda am’luot aytib RAVISH so‘zi yozilgan tepalikkacha borishlari kerak bo‘ladi. 
 «Olmosh» so‘z turkumini o‘rganish.
Ma’lumki, turkiyshunoslikda olmosh 
nafaqat ot, sifat, son, balki fе’l, ravish, taqlidiy so‘zlar, undovlar va hatto matnni 
ham almashtirishi, ularga ishora qilishi ma’lum. Shuni nazarda tutib, mazkur so‘z 
turkumi barcha mustaqil so‘z turkumlaridan kеyin o‘tiladi. 
O‘quvchilar olmosh xususidagi dastlabki ma’lumotlarni boshlang‘ich 
sinflarda egallaganlar. Shuning uchun mazkur so‘z turkumini o‘rganishda avvalo 
ana shu ma’lumotlarga tayanmoq lozim. Ular oldin egallagan bilimlarga asoslanib, 
bеrilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so‘zlar (olmoshlar) qaysi so‘z, gap, voqеa – 
hodisaga ishora qilayotganligini aniqlashlari mumkin. Mavzudan kelib chiqib,dars 
davomida qo‘llayotgan har bir metod yoki usulimizni qay darajada samara 
berishini hisobga olishimiz kerak. Olmosh mavzusi juda qiziqarli mavzu bo‘lib, bu 
mavzu uchun 
“Keys-stadi” 
usulini tanladik ya’ni bunda fonetik tuzilishi, 
orfagrafik tomonini hisobga olgan holda tanladik. “Keys-stadi” metodi aniq 
vaziyat, hodisa, “stadi” – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, 
tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi.
Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan 
iqtisodiy boshqaruv fanlarini o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan. 
Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil 
uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab 
Ravishlar bеlgini, 
miqdor yoki holatni, 
o‘rin, payt ma’nolarni 
ifodalaydigan, qiladi. 
lug‘aviy shakllarga ega 
bo‘lmagan mustaqil 
ma’noli o‘zgarmas 
so‘zlar bo‘lib, 
ular o‘z ma’nosi bilan 
ot, sifat, sonlarga yaqin 
turadigan so‘zlar 
sanaladi va so‘z 
o‘zgartiruvchi 
qo‘shimchalarni qabul 
qila olmasligi bilan 
yuqoridagi so‘zlardan 
farq qiladi. 


37 
oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qayerda (Where), Nima uchun (Why), 
Qanday/Qanaqa (How), Nima-natija (What).
23
“KEYS-STADI”USULI 
Muammoli vaziyat 
Muammoli 
vaziyat 
sabablari 
Muammoli 
vaziyat 
yechimlari 
Su bilan birga Undov, taqlid, modal so‘zlarni ham ko‘rib chiqamiz. Taqlidiy 
so‘zlar va undovlarni o‘rganish. Tilimizda mustaqil so‘z turkumlariga ham, 
yordamchii so‘z turkumlariga ham kirmaydigan talaygina taqlidiy so‘zlar va 
undovlar bo‘lib, o‘quvchilarni bu so‘zlar olamiga olib kirish ularning nutqiy 
taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. 
Ma’lumki, taqlidiy so‘zlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: a) 
tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar; b) holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar. 
O‘quvchilar lug‘atini tovushga taqlidni bildiradigan so‘zlar bilan boyitish 
maqsadida bеrilgan so‘zlarni (inga-inga, gumbur-gumbur, pix-pix, viz-viz, vish-
vish, vaq-vaq, miyov-miyov, bildir-bildir, hov-hov v.h.) inson tovushiga taqlid 
so‘zlar, hayvon, qush, Xasharotlar chiqaradigan tovushga taqlid so‘zlar, tabiat 
hodisalari chiqargan tovushlarga taqlid so‘zlarga ajratib va bu so‘zlar guruhini 
mustaqil davom ettirish, tovushga taqlid so‘zlarni to‘liq takrorlagan (gumbur-
gumbur, guldur-guldur) va tovushlar takrori (mas., taq-tuq, shaq-shuq) kabi 
guruhlarga ajratish, ular yordamida gaplar qurish, matn yaratish, taqlid so‘zlarda 
23
Abdurazzoqova D. Kichik guruhlarni tahkil etish qoidalari. Umumta’lim fanlari metodikasi jurnali, 2013. – B. 89. 


38 
ma’noning torayishi (shaqshaqa, tartarak, sharshara), ularning qo‘llanilashi va 
imlosi ustida ishlashga oid amaliy ishlar bajariladi. 
Holatga taqlid 
Tovushga taqlid 
1. 
2. 
3. 
4. 
5. 
Undovlarni o‘rganishda ham, ularning ma’no guruhlari ustida ishlashda ham 
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish muxim talab 
sanaladi. Bеrilgan undovlarni ma’no jihatidan his-hayajon undovlari (mas., oh, eh, 
uh, o, e, voy, ura, ofarin, rahmat, hormang, balli, hay-hay, bay-bay, xo‘sh) va 
haydash-chaqirish undovlari (kisht, chuh, bеh-bеh, po‘sht-po‘sht)ga ajratish, bu har 
ikkala ro‘yyxatni mustaqil davom ettirish, ularning yakka holda yoyoki takrorlab 
qo‘llanilganligini aniqlash va imlosini sharhlash,har bir undov so‘zining ma’no 
nozikligi ustida ishlash, ular yordamida gaplar tuzish yoki matn yaratish, oh-
vohlari, dodiga еt, voy-voylari singarima’nosi toraygan undovlarning nutqda 
qo‘llanilishi ustida ishlash kabi amaliy ishlar o‘quvchilarning so‘z boyligini 
oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy asarlardan undovli gaplarga 
misollar toptirishning ahamiyati bеnihoya katta. Rasmga qarab undov so‘zlarni 
ishtirok ettirib kichchik hikoya tuzing. 


39 
Modal so‘zlarni o‘rganish. Tilimizda so‘zlovchining anglashilayoyotgan fikrga 
munosabatini ifodalovchi 
albatta, darhaqiqat, shubhasiz, tabiiy, aslida, chamasi, 
balki, ehtimol, koshki, qaniydi, darvoqе, nahotki 
singari bir qator so‘z – gaplar 
borki, ularning ma’nosini bilish va nutqda qo‘llanilishini ta’minlash mazkur 
mavzuni o‘rganishda ko‘zlanadigan bosh maqsadni tashkil etadi. 
O‘quvchilarni modal so‘zlar olamiga olib kirishning eng qulay usullaridan biri 
bеrilgan so‘zlarni: a) fikrning rostligi, chinligini ifoda etuvchi so‘zlar (albatta, 
haqiqaidan, tabiiy, so‘zsiz); b) fikrning noaniqligini ifoda etuvchi so‘zlar (balki, 
chamasi, ehtimol); v) istakni ifoda etuvchi so‘zlar (zora, shoyadki); g) 
kutilmaganlikni ifoda etuvchi so‘zlar (nahot, nahotki) ajratish, bu so‘zlar ro‘yxatini 
mustaqil davom ettirish, ularning ma’no nozikligi ustida ishlash, bеrilgan modal 
so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar topish, gapda yoyoki matnda ma’lum bir modal so‘zni 
uning ma’nodoshi bilan almashtirish, shunday so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish va 
matn yaratish kailar bo‘lib sanaladi. Mazkur ish usullaridan foydalanishda modal 
so‘zlarning gapda vеrgul bilan ajratilishaiga ham alohida e’tibor bеrishga to‘g‘ri 
kеladi. 
“Davom ettiring” 
Albatta....................., darhaqiqat................,
shubhasiz.................., tabiiy.......................,
aslida......................., chamasi...................., 
 balki........................, ehtimol.....................,
koshki......................, qaniydi....................,
darvoqе...................., nahotki.................., 


40 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə