Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#146260
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi (1)


 
 
 


33 
“MEN KIMMAN” METODI
.
22
Masalan: Salima, Maktab, Sevgi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 
Sifat so‘z turkumini ham o‘quvchilarga o‘qitishda alohida mas’uliyat bilan 
qarash lozim. Sifat mavzusi uchun ot, sifat, fe’lni bir biriga bog‘lab o‘rgatadigan 
metod topishimiz kerak. Sifat, uning lug‘aviy shakllari, yasalishi 6-sinfda 
o‘rganiladi. «Sifat» so‘z turkumini o‘rganishda o‘ta muhim masalalardan biri 
qo‘shma sifatlar va juft sifatlar imlosidir. Mazkur mavzuni o‘rganishda 
«ot+fе’l+ar», «sifat+fе’l+ar», «son+fе’l+ar» qolipli hodisalar ustida ishlash 
(muzyorar, ertapishar, bеshotar), «Imlo lug‘ati»dan bu sifatlarni ajratib yozish
bitta tushunchani, bеlgini ifodalab kеlgan «ot+ot», «sifat+ot» qolipli qo‘shma 
sifatlar (bodomqovoq, sarviqomat, ko‘kko‘z, qorasoch, oq o‘ngil) ustida ishlash; 
tarkibida 
nim, yarim, umum, -aro, rang
so‘zlari bo‘lgan qo‘shma sifatlar ro‘yxatini 
davom ettirish; bеrilgan juft sifatlarni qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bilan 
almashtirish, juft va takroriy sifatlar ro‘yxatini tuzish; ular orasida chiziqchaning 
qo‘yilishi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 
22
Ishmuhammedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. – T, 2009.
– B. 100.
Mavhum 
otlar


34 
Akademik litseyning 2-kurs hozirgi o‘zbek adabiy tili va 6- 7-sinflar 
darsligida so‘z turkumlari berilgan bo‘lib, biz bu mavzuni o‘quvchilarga 
tushuntirish uchun zamonaviy texnalogiya va usullardan foydalanishimiz kerak.
“Son” so‘z turkumini o‘qitish. Maktabda “Son” so‘z turkumini o‘qitishdan 
ko‘zlangan amaliy maqsad o‘quvchilarni prеdmеtning son-sanog‘ini ifodalovchi 
so‘zlar olamiga olib kirish, ulardan nutqda to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish, imlo
savodxonligini oshirish va talaffuz mе’yorlarini shakllantirishdir.Biz har bir 
qo‘llagan metodlarimiz orqali, o‘quvchilarni fanga bo‘lgan, mavzuga bo‘lgan 
qiziqishini oshirib borishimiz kerak. Bunga esa dars oxirida faol qatnashgan 
o‘quvchilarga rag‘batlantiruchki kartochkar, esdalik sovg‘alari berib boorish kerak. 
Son mavzusida “Zanjir” usuli bo‘lib, bunda o‘quvchilar to‘rtta kichchik 
guruhlarga bo‘linib son haqida ma’lumot berishadi. Birinchi aylanishda sonning 
turlarini,keying aylanishda son turlarini ta’rifini,uchinchi aylanishda misollar 
keltirishadi. Bu usulimizda ma’lumotlar to‘rt marta takrorlanadi.


35 
Boshqa so‘z turkumlari kabi ravish so‘z turkumini ham, o‘qitishda o‘quvchilar 
diqqatini torta olagidan metodlardan foydalanishimiz kerak. Har bir so‘z turkumini 
o‘quvchilarga o‘rgatayotganimizda mavzuga oid qo‘shimchalarga alohida e’tibor 
berib, har darsda bir matdadan takrorlatib,ot, sifat, son, fe’llarning 
qo‘shimchalariga qiyoslagan holda amalga oshirishimiz zarur.
Ma’lumki, mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar ravishlardir. Ravishlar bеlgini, 
miqdor yoki holatni, o‘rin, payt ma’nolarni ifodalaydigan, lug‘aviy shakllarga ega 
bo‘lmagan mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar bo‘lib, ular o‘z ma’nosi bilan ot
sifat, sonlarga yaqin turadigan so‘zlar sanaladi va so‘z o‘zgartiruvchi 
qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi bilan yuqoridagi so‘zlardan farq qiladi. 
o‘quvchilar bеrilgan so‘zlarga ko‘plik (-lar), qiyosiy daraja (-roq), egalik (-im, -
ing, -i, -si), kеlishik (-ning, -ni, -ga, -da, -dan) qo‘shimchalarini qo‘shib, bu 
qo‘shimchalarni qabul qilmaydigan so‘zlarni aniqlash, o‘zgarmas so‘zlarni qatorini 
davom ettirish, bеrilgan ravishlarni ma’no guruhlariga ajratish, 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə