Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#146260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi (1)

kеldingmi? (Оybеk). Hа «bаlli»! Аnа endi o‘zingizgа kеldingiz. (Uyg‘un)

Olima Sayfullayeva R., tadqiqotida taqlid so‘zlarni ot, sifat, son, ravish, 
olmosh, fe’l so‘z turkumlari kabi mustaqil ma’no anglatishini aytib o‘tadi.
10
“O‘zbek tilshunosligida so‘z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali 
tavsifi, qo‘llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o‘rganilgan. Substantsial 
yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi [WRm] sifatida e'tirof etilgach, 
ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili 
9
Sapayev Q. Hozirgi o’zbek tili Toshkent, 2007. 
10
Sаyfullаеvа R. vа b. Hоzirgi o‘zbеk tili. O‘quv qo‘llаnmа. –Т, 2007.


10 
asosida yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi va har bir gapning o‘z qolipi mavjud 
bo‘lgani kabi, so‘z-gapning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli 
bo‘lishi shartligi e'tirof etildi”,-deb aytib o‘tadi.
So‘z-gap o‘z ichida bir necha ma'noviy guruhga ajraladi:
1. Modal. 2. Undov. 3. Tasdiq-inkor. 4. Taklif-ishora.
Kishilarning his-tuyg‘usini, haydash, to‘xtatish kabi xitob, buyruqni 
ifodalaydigan so‘z-gap ko‘rinishi – undov so‘z-gap. His-tuyg‘u undoviga [eh], 
[voy], [oh], [barakalla], [rahmat], [ofarin] kabi so‘z, buyruq -xitob undovlariga 
[pisht], [beh-beh], [pisht-pisht], [chuh] kabi xitob so‘z kiradi.
So‘z-gapning uchinchi ma'noviy guruhi bo‘lgan tasdiq/inkor so‘z ko‘pincha 
modal tarkibida o‘rganilgan. [Ha], [mayli], [xo‘sh], [xo‘p] so‘zi tasdiqni, [yo‘q], 
[mutlaqo], [aslo], [sira] so‘zi – inkorni ifodalovchi so‘z-gap.
Taklif/ishora so‘z-gapga qo‘llanishi tana a'zolarining maxsus harakati bilan 
uzviy bog‘liq bo‘lgan [ma], [mang], [qani], [marhamat] so‘zi kiritilgan. Ular 
tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.
So‘z-gap shunday birliklar guruhiki, ularning ko‘pchiligi boshqa so‘z 
turkumidan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida 
shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, [so‘zsiz], [tabiiy] so‘zi sifatdan, [albatta] 
ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, [har qalay], [har holda] modal so‘z-gapi so‘z 
birikmasidan, [nasib bo‘lsa], [xudo xohlasa] kabilar gapdan kelib chiqqan.
Sof so‘z-gapga [albatta], [alhamdulilloh]; [eh], [hoy], [oh], [o‘h]; [ha], [yo‘q], 
[mutlaqo]; [ma], [mang] kabi modal, undov, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zi 
mansub. O‘zbek substantsial tilshunosligida so‘z-gap [W?]-lashgan (modallashgan, 
undovlashgantasdiq/inkorlashgan,taklif/ishoralashgan)so‘zlar,[W?]lashayotgan(mo
dallashayotgan,undovlashayotgan,tasdiq/inkorlashayotgan,taklif/ishoralashayotgan 
so‘zlar, [W?]-simon (modalsimon, undovsimon, tasdiq/inkorsimon) so‘z-gapga 
ajratilib, mufassal o‘rganilgan. 


11 
Tilshunos olim Sh.Raxmatillayev esa undov deb, avvalo, kishining 
his­hayajonini bevosita ifodalaydigan tovush birliklariga aytiladi: 
oh, eh, uh, uf, e, 
be, voy, a, o, iye, he, hah, ehha, o‘hho‘, voydod
kabi.
11 
Ba’zi undovlar aniq bir his­hayajonni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Masalan, 
be
undovi rozi bo‘lmaslik, qo‘shilmaslik kabi his­hayajonni ifodalaydi. 
Tinglovchining diqqatini tortish uchun ishlatiladigan 
hoy 
undovi ishlatiladi. 
Ko‘pchilik undovlar esa har xil ohang bilan aytilib, turli his­hayajonlarni 
ifodalashga xizmat qiladi. Undovning turli ma’nolari deb talqin qilinadigan bunday 
hodisa nutq sharoitida, kontekstda (qurshovda) aniqlashadi. Masalan, 
eh
undovi 
“sevinch”ni ifodalash uchun ishlatilsa, bir ohang bilan, “xafalik”ni ifodalash uchun 
ishlatilsa, boshqa bir ohang bilan talaffuz qilinadi. Ayni bir undovning bunday turli 
his­hayajonni ifodalashini yozuvda aks ettirish qiyin. Shu tufayli undov bilan 
yonma­yon keladigan jumla tarkibida undovning qanday his­hayajonni ifodalab 
kelayotganini aniqlashtiruvchi vositalar ishlatiladi: 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə