Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/32
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#146260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi (1)

Mavzuning dolzarbligi
. Undov va taqlid so‘zlar yuzasidan o‘rta umumiy 
ta'limda olgan bilimlarni mustahkamlash va uni amaliyotga tadbiq qilish,nazariy 
bilimlarni kerakli o‘rinlarda metod, oyin-topshiriq va usullardan foydalangan holda
amaliyotda qo‘llay olishni o‘quvchilarga o‘rgatish, shu orqali ma’lumotlarni 
xotiraga muhrlashdir. Undov, taqlid, modal so‘zlardan nutqda o‘rinli foydalanish 
ko‘nikmasini hosil qilish, yozma nutqda foydalanayotganda imloviy va 
punktuatsion belgilarga alohida e’tibor berish lozim. 
BMIning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot Alisher 
Navoiy nomidagi TDO‘TAU O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti O‘zbek 
6
. Бобомуродова А.Я. Она тили таълими жараёнида ўйин-топишмоқлардан фойдаланиш. - Пед. 
фан.номзоди ... ёзилган дисс. – Тошкент, 1996. – Б. 8.
7. 
Юқорида номи кўрсатилган адабиёт..



tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasining 2017–2018-yillarga mo‘ljallangan 
BMI mavzulari banki istiqbolli rejasi asosida amalga oshirildi. 
Tadqiqotning maqsadi
. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining 
Ona tili va akademik litseylarning Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida 
Morfologiya bo‘limining alohida olingan so‘z turkumlari mavzularini o‘qitishning 
mazmuni shakli, vositalari va metodlarini, shu jarayonda o‘quvchilarning og‘zaki 
va yozma nutqini o‘stirishga va ularda nutq madaniyatini shakllantirishga 
qaratilgan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqishdan iborat. 
Tadqiqotning vazifalari
. Tadqiqotning bosh vazifasi sifatida ta’lim 
bosqichlari ona tili ta’limi jarayonida morfologiya bo‘limi mavzularini o‘qitish 
metodikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish masalasi belgilandi. Shunga 
ko‘ra tadqiqot ishini yoritish davomida: 

Ta’lim bosqichlarida morfologiya bo‘limining alohida olingan so‘zlar
mavzularini o‘qitishga doir turli xil qarashlarni o‘rganish, uni o‘qitish bilan bog‘liq 
ilmiy-nazariy va metodik adabiyotlarni tahlil qilish, mavzuning yoritilganlik 
darajasini va mavjud muammolarni aniqlash; 

amaldagi “Ona tili” o‘quv dasturi va darsliklarining morfologiya bo‘limining 
alohida olingan so‘zlar mavzularini o‘tish jarayonida innovatsion texnologiyalarni 
qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish

ta’lim bosqichlarida o‘qituvchilar faoliyatida innovatsion texnologiyalardan 
foydalana olishining hozirgi holatini yoritish va tegishli xulosalar chiqarish;

ona tilinining morfologiya bo‘limining alohida olingan so‘zlar mavzusini
o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga doir yondashuv va tamoyillarni 
belgilash; 

ta’lim 
bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning 
samarador usul va vositalarini ishlab chiqish; 

ta’lim bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq 
samarali mashqlar tizimini yaratish, shuningdek, o‘quvchilarning matn yaratish 
ustidagi ishlari, muomala odobini egallashlari bilan bog‘liq o‘quv topshiriqlari va 
mashqlar tizimini ishlab chiqish. 




Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə