Mavzu: ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ot so’z turkumini o’rganish mundarija: kirish I bob. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumi



Yüklə 58,04 Kb.
səhifə1/9
tarix11.12.2023
ölçüsü58,04 Kb.
#143640
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi ot so\'z turk


MAVZU:ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA OT SO’Z TURKUMINI O’RGANISH
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………..2

I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OT SO‘Z TURKUMI………..………………………………..………………………4

1.1. ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY MATN USTIDA ISHLASH O’RQALI “OT” SO’Z TURKUMI YUZASIDAN DASTLABKI GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH…………………………………….…...……………11

1.2.BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSLARI...................................................................................................13

II BOB .BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING OG’ZAKI VA YOZMA NUTQINI O’STIRISHDA GRAMMATIK MASHQLAR BAJARTIRIB BORISHNING AHAMIYATI……………………………………………………………….16

2.1. ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA O’QUVCHILARNING TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI NOAN’ANAVIY DARSLARNI TASHKIL ETISH USULLARI………………………………………………………………….25

2.2. OT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH USULLARI……………………31
XULOSA……………………………………………………………………36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………37
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Davlat ta‟lim standartida uqtirilishicha, “Ona tili ta‟limiga o‟quv fani emas, balki, butun ta‟lim tizimini uyushtiruvchi ta‟lim jarayoni sifatida qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bermasa, boshqa fanlar ta‟limiga ham putur yetishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa – o‟quv jarayonini mukammal isloh qilish, o‟quvchi imkoniyatini ro‟yobga chiqarish, ta‟lim samaradorligini muttasil oshirib borishdir”.
Hozirgi kunda ta‟limga kompetensiyaviy yondashuv eng muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O‟quvchilar har bir fandan olgan nazariy bilimlarini o‟z hayoti davomida qo‟llay bilishlari shart. Shu kunlarda yaratilayotgan boshlang‟ich sinf «Ona tili va o‟qish savodxonligi» darsligi ana shu maqsadlarni amalga oshirishni ko‟zda tutadi.
Demak, ona tili ta‟limi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, nutqiy va madaniy muloqot salohiyatiga ega bo‟lgan shaxsni tarbiyalash vazifasi qo‟yilgan. O‟quvchilаrdа mustаqil vа ijodiy fikrlаsh ko‟nikmаlаrini shаkllаntirish mаktаb tа‟limidа yеtаkchi o‟quv fаnlаridаn hisoblаnаgаn onа tili o‟quv fаnigа bеvositа vа bilvositа dаxldordir.
Joriy qilingan Umumiy o‟rta ta‟limning Milliy o‟quv dasturi asosida yozilgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligida nutqiy mavzuga doir tanlangan matnlar oʻquvchi yoshiga moshamda qiziqishlariga asoslangan, matn osti savollar matn mazmunini anglash bilan birgalikda oʻquvchining oʻziga qaratilgan boʻlib, hayotiy vaziyatlar bilan taqqoslab oʻzlashtirishini talab qiladi. Bundan tashqari matnda qoʻllangan topshiriqlar orqali o‟quvchilarga lingvistik bilimlarni ham singdirish mumkin.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayotida ko’plab o’zgarishlar, islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’li m sohasida katta islohotlar amalga oshirildi. O’rta umumta’lim maktablari to’qqiz yillik tizimga o’tkazilib, o’quvchilar to’qqizinchi sinifni tugatganlaridan so’ng kasb-huhar kollejlarida yoki akademik litseylarda o’qishni davom ettirishadigan bo’ldi. Shu bois Respublikamizda ko’plab akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilib ishga tushirildi.
O’zbekiston kelajagi bo’lmish yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratildi. “Umumta’lim dasturlarini maktabgacha tarbiya, boshlang’ich umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida tuzsak, maqsadga muvofiq bo’ladi,”-degan edi prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Davlatimiz tamonidan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. “Davlat ta’lim standartlari” joriy etildi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. O’rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va o’rta umumta’lim maktablari kapital tamirdan chiqarilib, o’quv-laboratoriya jihozlari va zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuterlar bilan ta’minlandi.
“Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalay olsakkina oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi,”-deydi prezidentimiz o’z nutqlarida.
Shu bois hozirgi kunda yoshlarni ta’lim-tarbiya olishlari uchun zaruriy chora-tadbirlar belgilanib, muayyan ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni ta’lim-tarbiya olishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Davlatimiz va hukumatimizning yoshlarga nisbatan berilayotgan bunday g’amxo’rliklariga ular o’zlarining “a’lo” va “yaxshi” baholarga oqishlari bilan javob berishlari lozim.
“Men Abdulla Avloniynig ”Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir. Chunki ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir.
Pedagog kadrlar, yetuk mutahassislar tayyorlash, o’qituvchilar malakasini oshirish hozirgi kunning dolzarb vazifasiga aylandi. Darslarni yuqori saviyada o’tkazish, darsga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish, yangi-yangi dars uslublarini ishlab chiqish, noan’anaviy dars uslublaridan foydalanish, o’qituvchilarning o’z ustlarida ishlab borishlari, zamon bilan hamnafas yashash, ishlash oily ta’lim va o’rta-maxsus kasb-hunar kollejlari hamda o’rta umumta’lim maktablari o’qituvchilari oldida turgan eng muhim vazifaga aylandi.

Yüklə 58,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə